Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, muayyan hollarda birinchi marta qonunni buzgan shaxs yoki tashkilotga ma'muriy jazo qo‘llaniladi. Agarda o‘sha shaxs yoki tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa, unga endi jinoyat kodeksidagi choralar qo‘llaniladi.
«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi» normalariga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi harakatlar ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsa, bu «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da belgilanganidan ko‘ra og‘irroq jazolar qo‘llanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |