Lexis-Nexis
http://www.lexisnexis.com
Lexis-Nexis ilmiy elektron axborotni to‘plovchi dunyodagi yirik agregatorlardan biri hisoblanadi. To‘liq kolleksiya turli fan sohalariga oid 35000 dan ziyod axborotni o‘z ichiga oladi. Amerika va G‘arbiy Yevropa qonunchiligiga oid noyob manbalar, sud qarorlari, moliyaviy va biznes-yangiliklarni o‘z ichiga olib, xalqaro yuristlar, iqtisodiy va biznes tahlilchilari, iqtisodchi talabalar uchun qimmatbaho vosita hisoblanadi. Lexis-Nexis bazasi qonunchilik, sud, soliq va moliyaviy axborotlarni, korporativ hisobotlarni, davriy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatlidir. Xususan, Abeledo-Perrot, Martindale-Hubbell(r), Butterworths, Les Editions du Juris-Classeur, Matthew Bender(r), Shepard,s(r) va Orac kabi nashriyotlarning materiallarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |