QAYTA YOZILMAYDIGAN KOMPAKT DISK (CD-ROM COMPACT DISK READ ONLI MEMORY) - matnli, grafik, tovushli va turli axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan optik disk. U taqsimlanayotgan dasturiy ta’minot, ma’lumotnoma materiallari, bibliografik ma’lumotlar bazasini saqlash vositasi hisoblanadi.
LOKAL HISOBLASH TARMOG‘I (LOCAL AREANETWORK) - uzatish kanallari (optik tolali kabel va boshqalar) orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmui, kompyuter orqali boshqariladigan qurilmalar, bir yoki bir necha ob’yekt (binolar) doirasidagi axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida birlashtiriladi.
LITSENZIYA – shartnoma huquqi bilan boshqariladigan ma’lum bir faoliyat olib borishga formal huquq beradigan ruxsatnomadir. Litsenziya – elektron mahsulotlar: kompyuter dasturlari, kompyuter o‘yinlari, onlayn filmlar, musiqiy asarlar, ma’lumot bazalaridan foydalanish huquqini berishni boshqarishda qo‘llaniladi. Bu shuni anglatadiki, kutubxonaga kelgan ko‘pgina elektron materiallar litsenziya shartnomalari bilan boshqariladi.
bir yoki bir necha tugmachasi bosish orqali, variantlardan birini tanlash imkonini beruvchi ro‘yxat tasviri.
Do'stlaringiz bilan baham: |