Taktik yechimlar:
- Dasturlar, masalan, konsorsium elektron zaxiralarni va ularning sotilishini litsenziyalashni ta’minlash, zaxiralardan hamkorlikda foydalanish dasturlarini amalga oshirish, yig‘ma katalog, raqamli kutubxonalar loyihalari yoki fondlarini saqlash dasturlarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash kabilarni bajara oladimi?
- Xizmat ko‘rsatishlar, masalan, konsorsium o‘qitish, maslahat berish, texnik yordam ko‘rsatish, texnologik ko‘mak, kutubxonalarga adabiyotlar yetkazib berish (shu jumladan, elektron kitoblar) bo‘yicha xizmatlar yoki moliyaviy xizmatlar (markazlashgan sotib olish yoki mablag‘ bilan ta’minlash, hisobotlar tuzish) ko‘rsata oladimi?
- Texnologiya, masalan, konsorsium hamma uchun qulay texnologik muhit, birgalikda ishlatiladigan kutubxona sistemalari, portal boshqaruvi yoki boshqa sistemalarni yarata oladimi va ularni ta’minlay oladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |