Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Download 5,55 Mb.
bet112/204
Sana21.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#395291
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

4.KUTUBXONA KONSORSIUMLARI
4.1.Kutubxona konsorsiumlarining maqsad va vazifalari, afzalliklari
Kutubxonalar imkoniyatini birlashtirish ularning individual imkoniyati va faoliyatlariga nisbatan ancha ko‘p narsalarni berishi mumkin. Odatda, konsorsiumlar o‘xshash maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan tashkilotlar orasida strategik hamkorlar sifatida shakllanadi va umumiy zaxiralardan birgalikda foydalanishga harakat qiladilar. Ko‘pgina konsorsiumlar elektron axborot zaxiralarini patent olishga (litsenziyalashga) qaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, konsorsiumning ko‘pgina boshqa dasturlari va xizmatlari mavjudki, ular konsorsium a’zolarining imkoniyatlarini yetarli darajada oshirishi mumkin. Ma’lum bir konsorsium ko‘radigan foyda asosan konsorsiumning tashkil qilinishiga, dasturga va xizmat ko‘rsatishlariga bog‘liq bo‘ladi. Konsorsium samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

Hamkorlikni va zaxiralardan birgalikda foydalanishni kengaytirish. Konsorsium ma’lum ishlarini birgalikda bajarilishiga, uning natijasidan samarali foydalanishga, birgalikda malakali tekshiruvlarni amalga oshirishga, har xil zaxiralardan birgalikda foydalanishga imkon beradi. Bu esa quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:



  • Bir xil amallar takrorlanishini oldini olish uchun umumiy harakat, dastur va xizmatlarni yaxshi tashkil qilish;

  • Hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazish va uning natijasidan birgalikda foydalanishga imkon berib, lokal kutubxona boshqaruvini yaxshilash. Bu boshqa holatlar bajarilmasligi yoki vaqtning qisqa oralig‘i uchun zarur bo‘lishligi mumkin;

  • Kutubxonalararo kelishuvlar, o‘zaro qarz berib turishlarni yo‘lga qo‘yish va yig‘ma elektron katalog orqali kutubxona zaxiralaridan birgalikda foydalanishini yaxshilash.

Elektron axborotlarni sotib olishni va umumiy axborot zaxiralari bilan kutubxona boshqaruvini yaxshilash. Konsorsium o‘z a’zolarini sotib olish imkoniyatlarini yetarli darajada oshirib yuborishi mumkin. Bu quyidagilarda ifodalanadi:

  • Xarid qilinadigan axborot birligi narxini pasaytirib, shu narxga yoki kamroq narxga ko‘p miqdordagi axborot (misol uchun, ko‘p miqdordagi jurnallar) bilan ta’minlanish imkoniyati;

  • Kutubxonaning o‘z kuchi bilan erishishiga nisbatan taqqoslaganda elektron axborotlarni standart litsenziyalashning qulay sharoitlari;

  • Konsorsium a’zolarining milliy axborot zaxiralariga xalqaro kirishni kengaytirish;

  • Bosma va elektron kutubxona kolleksiya (ma’lumot bazasi) yaratish va ulardan birgalikda foydalanish uchun qulay boshqaruv;

  • Ancha nozik narx-navo siyosati imkoniyatining kengayishi;

  • Vositachilarsiz, nashriyotlar bilan bevosita ishlash hisobiga xarajatlarni kamaytirish;

  • Alohida kutubxonalar olishi mumkin bo‘lmagan maslahat va yo‘riqnomalar olishning qonuniy shakl va vositalariga kirish imkoniyatini ta’minlashi.



Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish