Narxni shakllantirish. Narxning shakllanish nazariyasi asoslarini mikroiqtisodiyot fani tariflab beradi. U akademik fan bo‘lib, uning ko‘pgina tushunchalari, asoslari, modellari haqiqiy ko‘rsatkichlarida aks etmaydi yoki amaliyotda qo‘llanilishi qiyin (ko‘pgina hollarda bu modellardan foydalanib ham bo‘lmaydi). Shu sababli mikroiqtisodiy nazariyani amaliyotda qo‘llashda cheklovlar mavjud. Bu fanning asosiy ko‘rsatmalariga tayangan holda tashkilot ma’lum vaqt ichida amalga oshirilishi shart bo‘lgan maqsadlari uchun narx bo‘yicha o‘z harakatlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |