Saytning himoyalanganligini bilish mumkinmi?
Albatta, manzil yozilgan qatorga (URL) e`tibor qilsangiz, yashil yozuv bilan saytning qaysi kompaniyaga tegishli ekani bildirilgan bo'ladi. Bundan tashqari http protokoliga s (secure - xavfsiz) qo'shimchasi qo'shiladi.
Qonunga xilof ish qilinmaganda ham, nega saytning xavfsizligi haqida qayg'urish kerak?
Internet saytdan foydalangan har bir foydalanuvchi o'zi haqida ko'plab ma`lumotlarni oshkor etadi. Agar saytning SSL-sertifikati bo'lmasa, kiritilgan shaxsiy ma`lumotlar uchinchi shaxs tomonidan o'g'rilanishi hech gap emas. Shuning uchun, internet-do'kon, bank, to'lov tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurganda sayt sertifikatiga e`tibor qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |