Rasm - Ofis tarmog‘i.
Kichik tarmoqda ulanish nuqtasini joylashtirishda barcha ish o‘rinlarida etarlicha aloqa sifatini, shuningdek, nuqtaning o‘zini joylashtirishda qulaylikni ta’minlash kerak. Oddiy echim ulanish nuqtasini shipga mahkamlash kerak, bunda elektr ta’minoti va simli tarmoq simlari ship ustidan yoki qutilarda o‘tkaziladi.
Shuni e’tiborga olish zarurki, tarmoq kengaytirilganda va foydalanuvchilar soni ortganda aloqa tezligi kamayadi (foydalanuvchilar soniga proporsional). Eng ma’qul foydalanuvchilar soni 16-20. Bundan tashqari, aloqa tezligi va sifati mijoz va nuqta orasidagi masofaga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu bazaviy tarmoqning kengaytirilishini talab qilishi mumkin.
Ofisda barcha ulanish nuqtalarini lokal tarmoqqa birlashtirishni bir necha usullarda amalga oshirish mumkin. Tashkil etishning eng oddiy va eng keng tarqalgan usuli simli infratuzilma orqali birlashtirish hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |