10.5. Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Z amonaviy radiostansiyalarning qabul qilish qismida ko‘p hollarda murakkabroq supergeterodinli sxema – chastotani ikki marta o‘zgartirishli supergeterodinli sxema qo‘llanadi. Oddiy supergeterodindan u ikkinchi o‘zgartirgich va ikkinchi oraliq chastotaning mavjudligi bilan farqlanadi (10.6- rasm). Bu yanada katta sezgirlikni, tanlovchanlikni va halaqitbardoshlikni ta’minlashga imkon beradi. Chastotani ikkilangan o‘zgartirishli supergeterodin sxemasi oddiy supergeterodinning sxemasiga o‘xshash, lekin yana bir geterodin, aralashtirgich, shuningdek mos kuchaytirish va filtrlash kaskadlarini qo‘shilishili bo‘ladi. Birinchi oraliq chastota odatda yuqoriroq (10.7, 17, 21, 45… MGs), ikkinchisi pastroq (455 MGs) bo‘ladi.
10.6-rasm. Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Qabul qilgichning bunday arxitekturasi juda yaxshi tanlovchanlik va sezgirlikni ta’minlaydi. Geterodinning chastotasi kirish YuCh-signalining chastotasi orqali sinxronlashtiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichdan farqli ravishda supergeterodinli qabul qilgichda foydali signalning chastotasiga nisbatan qayd etilgan qiymatga surilgan geterodin chastotasi ishlatiladi. Chastotaning bunday surilishi geterodin chastotasini YuCh-signal bilan nochiziqli element – diodli yoki FET-aralashtirgich yordamida aralashtirish yordamida generatsiyalangan oraliq chastotani olishga imkon beradi.
Geterodin sifatida ko‘pincha kuchlanish bilan boshqariladigan sinxron generator ishlatiladi, u kirish YuCh-signalni OCh-signalga o‘zgartirish chastotalari diapazonida ishlaydi. So‘nggi vaqtlarda geterodin signallarini generatsiyalash uchun simsiz qabul qilgichlarda to‘g‘ri raqamli sintez (direct-digital-synthesis — DDS), shuningdek kasrli (fractional-N) va butun sonli (integer-N) bo‘lish koeffitsentili analog sintezatorlar ishlatilmoqda. Geterodinning istalgan qurilishi usuli chastotalar polosasida chastotani bosqichma-bosqich oshirish imkoniyati bilan zarur signallar chastotalari diapazonlarini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari, geterodin tizim kanallari orsidagi chastotalar intervali bilan mos tushadigan surish chastotasida o‘ziga xos bo‘lgan bir polosali fazaviy shovqinning ma’qul darajasini ta’minlashi kerak.
Geterodin aralashtirgichga beriladigan signalning yetarli quvvatini ta’minlashi kerak. Ayrim hollarda geterodinning chiqishiga bufer kuchaytirgichi qo‘yiladi, u aralashtirgichdagi o‘zgartirishda yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lgan chiqish signali sathini ta’minlaydi.
Aralashtirgichlar istalgan zamonaviy qabul qilgich YuCh-tarktining integral qismi hisoblanadi. Chastotani aralashtirgichlar turli nochiziqli elementlar, ham diodlar, ham tranzistorlarga asoslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |