Regeneratsiya qilish impulslar shaklini qayta tiklash jarayoni hisoblanadi. 13.29- rasmda impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilinishini tushuntiradigan vaqt diagrammalari keltirilgan. 13.29a- rasmda uzatiladigan Sim.uz(t) impulsli modulyatsiyalangan signal tasvirlangan. 13.29b- rasmda qabul qilingan Zqab(t) signal tasvirlangan. Bu signalning shakli aloqa kanalida fluktuatsion va impulsli halaqitli signallarning ta’siri tufayli buzilgan. Regeneratsiya qilish impulslar maksimum qiymatining yarmiga yaqin sathda maksimum va minimum bo‘yicha impulslarning amplitudalari cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi (13.29v- rasm). Regeneratsiya qilishda impulsli halaqitlarning katta amplitudasi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signalning buzilishi bo‘lishi mumkin, lekin halaqitlarning katta qismi so‘ndiriladi. Binobarin, regeneratsiya qilishda impulslarning amplitudalari cheklash amalga oshiriladi, u holda AIM signallarni regeneratsiya qilish mumkin emas, chunki bu signallarning amplitudasi axborot parametri hisoblnadi.
13.29- rasm. Impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |