Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS). ChRFAQS analog ChFAQSga o‘xshash ishlaydi, lekin to‘liq raqamli sxemalar yordamida amalga oshiriladi. KBG o‘rniga tizim soatlari yoki raqamli boshqariladigan hisoblagich-bo‘lgich ishlatiladi. ChRFAQS ishlab chiqishda va yig‘ishda oddiyroq, kuchlanish shovqinlariga kam sezgir (analog ChFAQSga qaraganda), lekin odatda u raqamli generator ishlatilganida kvantlash shovqinining mavjudligi sababli fazaviy shovqinga ega. Buning natijasida ChRFAQS yuqori chastotada ishlash yoki yuqori chastotali tayanch signallarini boshqarish uchun yaramaydi. ChRFAQS ba’zan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |