Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti «axborot xavfsizligi» fakulteti «kriptologiya» kafedrasi



Download 1,41 Mb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#270859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Курс иши Firdavs

Elektron raqamli imzoning o‘zbekistonda joriy etilishi, istiqbollari va huquqiy asoslari

Bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llagan holda axborot almashishning elektron uslubiga o`tish jarayoni jadallashmoqda. Elektron hujjat almashish xizmatlariga davlat boshqaruvi, tijorat faoliyati, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va boshqa turli sohalarda talab ortib borayotir. 2003 yilda O`zbekiston Respublikasining ―Elektron raqamli imzo to`g`risida‖gi qonuni qabul qilingach, mamlakatimizda ushbu qonunni qo`llash uchun huquqiy baza yaratildi.

Elektron raqamli imzodan elektron hujjatlarni imzolashda foydalanilmoqda va u qog`oz hujjatga qo`lda qo`yiladigan imzoga tenglashtirilmoqda. Elektron hujjatda, elektron raqamli imzoni qo`llagan holda, uning muallifini aniqlash mumkin. Shu tufayli rasmiy hujjatlarni qog`ozda emas, balki Internet tarmog`i orqali elektron shaklda jo`natish, bu bilan vaqt va mablag`ni tejash imkoni tug`iladi.

Hukumatimizning yuqorida qayd etilgan qarori qabul qilinganidan so`ng respublikada elektron raqamli imzoni qo`llash infratuzilmasi shakllandi. Elektron raqamli imzo kalitlarini ro`yxatga olish, kalit va sertifikatlar beradigan dastlabki markazlar tashkil etila boshladi. Elektron raqamli imzo kalitlari elektron hujjatlardagi raqamli imzolarni shakllantirish va tekshirish uchun xizmat qiladi, sertifikatlar esa kalit va elektron raqamli imzoning egasiga tegishli ekanini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.

Mamlakatimizda birinchi elektron raqamli imzoni ro`yxatdan o`tkazish markazi 2006 yilda Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi huzurida tashkil etilgan edi. Bugungi kunda markaz tomonidan elektron raqamli imzoning 600 ga yaqin kalit va sertifikati berildi.



Oxirgi yillarda elektron tijorat jahon bo`ylab jadal rivojlanmoqda.Tabiiyki, bu jarayon moliya-kredit tashkilotlari a‘zoligida amalga oshiriladi. Savdoning bu turi ommalashib borar ekan, shuni unutmaslik kerakki, ―tanga‖ ning orqa tomoni ham mavjud. Xorijda elektron tijorat keng rivojlangan mamlakatlarda Internet orqali

sotib olinadigan tovar yoki bitimning tannarxi 300 – 400 $ bilan chegaralanadi.



Buning sababi tarmoqda axborot xavfsizligi muommolari yetarlicha hal qilinmaganligi bilan tushuntiriladi. BMT ning jinoyatchilikning oldini olish va u bilan kurashish Qo`mitasi baholashiga ko`ra kompyuter jinoyatchiligi xalqaro muommo darajasiga ko`tarilgan. AQSH da bu jinoiy faoliyat daromadliligi bilan qurol va narkotik savdosidan keyin uchinchi o`rinni egallaydi. Xorijlik yetakchi mutaxassislar fikriga ko`ra elektron tijorat jarayonining rivojlanishi asosan axborot xavfsizligi sohasidagi taraqqiyot bilan belgilanadi. Xo`sh axborot xafsizligi deganda nima tushuniladi? Axborot xavfsizligi – axborot egasi va undan foydalanuvchining moddiy va ma‘naviy zarar ko`rishiga sabab bo`luvchi ma‘lumotning yo`qotilishini, buzilishini, ochilish imkoniyatini yo`q qiluvchi, tasodifiy va atayin uyushtirilgan ta‘sirlarga axborotning bardoshliligidir. Axborot xavfsizligiga erishishda bazis vazifalar – axborotni konfedensialligi, to`liqligi, unga erkin kirish yo`li va huquqiy ahamiyatini ta‘minlashdir.

Huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan elektron hujjat almashinuvi (EHA) bugungi kunda munozarali mavzu darajasidan real hizmat turiga aylandi. Bu hizmatga talab fond bozorida elektron savdoning rivojlanishi bilan kundan – kunga oshib bormoqda. ―Internet orqali savdo‖ni amalga oshirish avval amal qilgan tizimdan butunlay farq qiladi. Avvaldagi kabi maxsus aloqa kanali orqali savdo tizimiga kirish huquqiga huddi o`sha savdo qatnashchisining o`zi javob beradi. Biroq treyder mijozning ―qog`oz‖ talabnomalarini savdo terminaliga o`z qo`li bilan kiritish imkoniyatidan tashqari, mijozlarda ―shlyuz‖ dasturi orqali talabnomalarni shaxsan o`zlari to`ldirgan elektron va kompyuter tizimlari orqali yo`naltirgan shakllarini savdo tizimiga yuborish imkoniyati tug`ildi. Elektron talabnomalarni qayta ishlash jadalligi ularni birma-bir qo`lda tekshirishdan ming marotaba tezroq amalga oshadi. Bunday talabnomalar tayyorlanadi va kirish nazoratiga maxsus dasturiy ta‘minot orqali o`tkaziladi. Nazoratning muhim bosqichlaridan biri talabnomaning aslligi va muallifligini tekshirilishdadir. Ya‘ni, talabnoma matni yuboruvchidan qabul qiluvchiga kompyuter tizimi orqali yetkazib berish jarayonida buzilmaganligini va aynan uni yuborgan shaxs (firma) nomidan

kelganligi aniqlanadi. Endilikda hujjat kurer tomonidan disketada yoki Internet



tarmog`ining ochiq kanallari orqali kelganmi muhim rol o`ynamaydi.Tekshirish jarayoni shunday ishonchli bo`lishi kerakki, sudda ishni ko`rish holatida sudya baxsli masalani hal qilishda tekshiruv natijalaridan foydalanishga rozi bo`lishi kerak.

Mana shunday maqsadlarda an‘anaviy imzodan farqli ravishda ERI shaxs bilan emas, hujjat va yopiq kalit bilan bog`liq. Agar sizning ERI saqlagan disketangizni kimdir topib olsa, tabiiy u sizni o`rningizga imzo qo`yishi mumkin. Lekin imzoni oddiy imzo kabi bir hujjatdan ikkinchisiga o`tkazish imkoniyati yo`q. Har bir hujjat uchun u takrorlanmasdir. Shu yo`l bilan ERI bilan imzolangan hujjatni qabul qiluvchi shaxs berilgan hujjatni matni va muallifligi o`zgartirilmaganligi bilan kafolatlanadi.

O`zbekistonda internet biznes rivojlanish bosqichidagi istiqbolli, yangi tijorat faoliyatidir. Bu yo`nalishda biz ham birinchi qadamni tashladik va bizni ham jiddiy axborot havfsizligi muommolari kutyapti. Tahlillarga ko`ra O`zbekistonda elektron tijoratning shiddat bilan o`sishi ERI ning online operatsiyalarda rasmiy ravishda keng qo`llanilishi bilan boshlanadi.

Davlatimiz ochiq kalitlar infratuzilmasini (Public Key Infrastructure PKI) amaliyotga tatbiq etar ekan, elektron hujjat almashinuvida kriptografik kalitlarni boshqarish masalasining yechimini topishda xalqaro tajribaga ham tayanadi. Bu infratuzilma Х.509 ITU-T xalqaro standarti tafsiyalarini qoniqtiruvchi raqamli sertifikatlardan foydalanishni nazarda tutadi. Mazmun jihatdan raqamli sertifikatlar funksiyasiga ko`ra oddiy qog`oz hujjatda imzoni tasdiqlovchi muhrning analogidir.

Hozirda ERI Internet orqali axborot almashishning qonuniy rasmiylashtirilgan jarayoni hisoblanadi. Jumladan, 2003 yil 11 dekabrda 562-II-son Ozbekiston Respublikasi ―Elektron raqamli imzo to`g`risida‖ va 2004 yil 29 aprelda 611-II-son ―Elektron hujjat aylanishi to`g`risida‖ qonuni qabul qilindi. Qonundan maqsad elektron raqamli imzodan foydalanish va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdir. Qonunga ko`ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O`zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan maxsus organ amalga oshiradi. Bularga

muhim komponent sifatida bir qator normativ hujjatlar, davlat standartlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.

2005 yil 8 iyulda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ERI dan foydalanish sohasi bo`yicha maxsus vakolatli organ deb e‘lon qilindi va 2006 yilning 15 martida O`zbekiston Respublikasida internet-banking, himoyalangan hujjat aylanishi, elektron tijorat rivojlanishida muhim o`rin egallaydigan ochiq kalitli infratuzilma texnologiyalaridan foydalanuvchi ERI kalitlarini ro`yhatdan o`tkazuvchi markaz ochildi.



2007 yilning birinchi yarim yilligi mobaynida Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) qoshidagi ERI kalitlarini ro`yhatga olish markazi tomonidan 326 ta kalit va ERI kalitlari sertifikatlari berilgan . Ular tomonidan berilgan kalit va ERI kalitlari sertifikatlari soni 435 taga yetdi. Bundan tashqari FTMTM qoshidagi ERI kalitlarini ro`yhatga olish markazi tomonidan ERI va milliy standartlar asosidagi shifrlashdan foydalanadigan himoyalangan E-XAT elektron pochta tizimining dasturiy ta‘minoti ishlab chiqildi. Berilgan hizmatdan ommaviy foydalanish maqsadida himoyalangan E-XAT elektron pochta tizimi ―UzNet‖ filialining ma‘lumotlar uzatish tarmog`iga o`rnatildi va hozirda bu hizmatdan internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi foydalanishi mumkin.

2007 yilniing 25 may kuni esa ERI kalitlarini ro`yhatga olish markazini ro`yhatga olinganligi haqida ikkinchi guvohnoma O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasining yangi texnologiyalar Ilmiy-axborot markaziga taqdim etildi. Bu markaz tomonidan soliq tizimi foydalanuvchilariga 6888 ta kalit va ERI kalitlari sertifikatlari berildi.

2008 yil 7 aprel kuni axborot-kommunikatsion va internet texnologiyalari sohasida dasturiy yechimlarni ishlab chiqaruvchi ―Multisoft Solutions‖ kompaniyasi birinchi nodavlat ERI kalitlarini ro`yhatga oluvchi markaz sifatida ro`yhatdan o`tib, davlat guvohnomasiga ega bo`ldi.

Foydalanuvchilarga ochiq kalitlar infratuzilmasi, undagi huquqiy va

texnologik tartibga solishni takomillashtirish masalasini ko`rib chiqish, axborot xavfsizligi sohasida texnologik yechimlar va yangi yutuqlar, mahsulotlardan boxabar etuvchi PKI.uz sayti ham ishlab chiqildi.

Xususan, bu sohada xalqaro hamkorlik loyihalari belgilangan, Rossiya Federatsiyasining Axborot texnologiyalar bo`yicha federal agentligi va PKI texnologik vakolat markazi hisoblangan ―ANK‖ yopiq aksionerlik jamiyati O`zbekiston PKI vakolatli organi bilan hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, ERI dan foydalanib Shanxay hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlarning o`zaro elektron transchegaraviy aloqasini tashkillashtirish va EReports ERI dan foydalanib moliyaviy hisobotlar va soliq to`lovchilarning xisob-kitoblarini internet tarmog`i orqali topshirish bo`yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish