Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash, tashkiliy tuzilma hamda dastlabki hujjatlar bilan tanishish.
Bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o`z ichiga oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo`naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo`yicha oladigan foiz o`rtasidagi farqdan iborat bo`ladi.
Banklar faoliyati rivojlanishiga quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi
Davlat va aholi tomonidan banklarga bo`lgan ishonchning ortishi ularning ixtiyoridagi vaqtincha bo`sh pul mablag’larni bankka jalb qilish imkonini beradi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi koxonalar ham o`z pul mablag’larini depozit sifatida banklarga joylashtira boshladi
XVI asrda Amerikadan Evropaga juda katta miqdorda oltin va kumushning kirib kelishi Italiya va Gollandiya banklarining monopoliyasiga barham berdi. Natijada Evropada banklararo raqobat shakllandi.
Banklar faoliyati rivojlanib borishi bilan ular endigna qimmatli qog’ozlar bzorida paydo bo`lgan. Shu tariqa banklarning yangi operatsiyalari paydo bo`ldi.
Banklar o`zining spitsifik ya`ni “o`ziga xos” xususiyatiga ko`ra milliy to`lov tizimining tayanchiga aylantirildi. endi iqtisodiyotdagi barcha to`lovlar banklar orqali o`tadigan bo`ldi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi mavqeini keskin oshirdi.
Bank tizimi - tashkiliy to`zilma sifatida yirik tizim bo`lib - mamlakatningiqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o`zviy ravishda bog’liq.
“Turon bank” ATB ning tashkiliy tuzilmasi va iqtisodiy faoliyat yo’nalishi
«Turonbank» aktsiyadorlik tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 1990 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda oʼsib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obroʼ-eʼtiborini mustahkamlab kelmoqda. Oʼzbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablagʼ bilan taʼminlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qoʼllab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |