MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI PHY011-GURUH TALABASI Abdurasulov Shohjahon FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI. MAVZU: TO’LQIN OPTIKASI. TEKSHIRDI: ABDURAXMANOV KAXAR TOSHKENT 2023 Reja: 1.Yorug‘lik nurining tabiati; 2.Yorug‘lik nurining elektromagnit to‘lqin nazariyasi; 3.Yorug‘lik to‘lqinning asosiy xususiyatlari – to‘lqin fronti, tezligi, chastotasi, uzunligi, amplitudasi va kogerentligi; 4.Yorug‘lik to‘lqini hodisalari – interferensiya, difraksiya, yorug‘lik dispersiyasi, to‘lqinlarning yutilishi, qaytishi va sinishi jarayonlari; 5.Xulosa; 6.Foydalanilgan adabiyotlar. Yorug‘lik nurining tabiati Korpuskulyar nazariya: Ushbu nazariya yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqalishini ham, yorug'likning aksini ham tushuntirib bera oldi, ammo sinishni qoniqarli darajada tushuntirmadi. Uning xulosasi shuki, oq nur kamalakning barcha ranglaridan iborat bo'lib, u o'z modelida yorug'lik korpuskalari ularning rangiga qarab har xil bo'lganligi bilan izohlagan. Yorug‘lik nurining tabiati Yorug’lik nurining to’lqin nazariyasi, Gyugens prinsipi. To’lqin yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi, manbaini o’rab oluvchi egri chiziq keyingi ondagi to’lqin fronti holatini belgilaydi. Yorug‘lik nurining elektromagnit to‘lqin nazariyasi Maksvell nazariyasi:Yorug’lik har xil muhitlarda har xil tezlik bilan tarqaluvchi , juda qisqa elektromagnit to’lqinlardan iborat deb hisoblandi, yorug’likning vakuumdagi tarqalish tezligi ga teng ekanligi isbotladi. Yorug‘lik to‘lqinning asosiy xususiyatlari – to‘lqin fronti, tezligi, chastotasi, uzunligi, amplitudasi va kogerentligi To'lqin deganda tebranishlarining muhitda tarqalish jarayoni tushuniladi. Yorug’lik to'lqinining tarqalish yo'nalishi nur deb, ixtiyoriy vaqtda tebranishlar yetib kelgan muhit zarralarining geometrik o'rinlari to'lqin fronti deb ataladi. Yorug‘lik to‘lqinning asosiy xususiyatlari – to‘lqin fronti, tezligi, chastotasi, uzunligi, amplitudasi va kogerentligi To'lqin uzunligi deb bir xil fazada tebranayotgan 2 ta eng yaqin nuqtalar orasidagi masofaga aytiladi. To'lqinning tarqalish tezligi fazaning ko'chish tezligini anglatadi. Yorug‘lik to‘lqinning asosiy xususiyatlari – to‘lqin fronti, tezligi, chastotasi, uzunligi, amplitudasi va kogerentligi Yorug’lik nurining chastotasi: Kogerent to’lqinlar deb, chastotalari (to’lqin uzunliklari) o’zaro teng, fazalar farqi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan to’lqinlar hisoblanadi. Yorug‘lik to‘lqini hodisalari – interferensiya, difraksiya, yorug‘lik dispersiyasi, to‘lqinlarning yutilishi, qaytishi va sinishi jarayonlari; Yorug’lik interferensiyasi deb, ikki yorug’lik to’lqinining qo’shilishi natijasida fazoning ma’lum sohalarida intensivlikning kuchayishi yok susayishiga aytiladi. Yorug‘lik to‘lqini hodisalari – interferensiya, difraksiya, yorug‘lik dispersiyasi, to‘lqinlarning yutilishi, qaytishi va sinishi jarayonlari; Yorug’lik to’lqinlarining to’siqni aylanib o’tishi va geometrik soya sohasiga og’ishi yorug’lik difraksiyasi deyiladi. Yorug‘lik to‘lqini hodisalari – interferensiya, difraksiya, yorug‘lik dispersiyasi, to‘lqinlarning yutilishi, qaytishi va sinishi jarayonlari Muhitning nur sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga yoki chastotasiga bog’likligiga yorug’lik dispersiyasi deyiladi. Yorug‘lik to‘lqini hodisalari – interferensiya, difraksiya, yorug‘lik dispersiyasi, to‘lqinlarning yutilishi, qaytishi va sinishi jarayonlari Yorug’lik moddadan o’tgandan so’ng, energiyasi kamayadi intensivligi ham yorug’liknig moddada yutilishi Buger-Lamberd qonuni bilan aniqlanadi: Xulosa To’lqin optikasi bo’limidan shuni xulosa qilamizki, yorug’lik nuri holatini bir vaqtning o’zida ham zarracha (korpuskulyar), ham to’lqin holatida tasavvur qilish mumkin. To’lqin nazariyasi difraksiya , dispersiya , interferensiya hodisasini ifodalasa, zarracha nazariyasi esa fotoeffekt hodisasi va yorug’likning sinishi va qaytishi qonunlarini ifodalab beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2.Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2. 3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ. Internet resurslari: 1 . www.Orbita.uz 2 . https://forumshoes.ru/ 3 . https://phet.colorado.edu/ 4. www.fizika.uz 5,www.hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |