Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali kompyuter injineringi fakulteti



Download 0,61 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0,61 Mb.
#895710
Bog'liq
mustaqi899


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
961-20 GURUH TALABASI ISAKOV SHAHZODNING

Mustaqil ishi

Topshirdi: _______________
Qabul qildi: _______________

Urganch-2022 yil.


Mavzu: Jadvallar orasidagi bog’lanish.
Reja:

  1. Ro’yxat bilan bog’liqlikni o’rnatish.

Jadvalga ma`lumotlarni kiritishda ayrim maydonlar qiymati takrorlanadi. Masalan, “Millati”, “Kursi”, “Yashash viloyati” kabi maydon qiymatlari takrorlanadi. Takrorlanuvchi qiymatlarni har safar yozmasdan balki boshqa jadval bilan bog’lash orqali, tanlash orqali qiymatlarni kiritishimiz mumkin.Jadvallarni bir-birlari bilan bog’lash uchun bog’lanayotgan jadvalda kamida 2 ta ustun mavjud bo’lib, birinchi ustun kalit maydon bo’lsa, ikkinchi ustun qiymatlar ro’yxatini saqlaydi. Asosiy jadvalda esa kalit maydonning qiymati saqlanadi. Jadvallarni bir-birlari bilan bog’lash quyidagi afzalliklarga ega:


1. Ma`lumotlar bazasini hajmini ortishidan saqlaydi. Asosiy jadvalda kalit (sonli qiymat) maydon qiymati saqlangani uchun ma`lumot hajmi sezilarli tarzda kamayadi. Masalan, “Andijon” viloyatini saqlashda 7 bayt o’rniga, kalit maydon qiymati saqlangani uchun 1 bayt joy olinadi.
2. Ma`lumotlar bazasini to’liqligi va to’g’ri to’ldirilishini ta`minlaydi.
3. Ma`lumotlar bazasini tuzilishi oson tahlil qilish imkonini beradi.
Asosiy jadvalni ikkinchi unga bo’ysunuvchi jadval bilan bog’lash uchun “Podstanovka i otnosheniye” (“Bog’liqlik va aloqadorlik”) tanlaymiz. Bog’liqlik 2 xil usul bilan hosil qilinadi. Bular:
1.Boshqa jadval.
2.Ro’yxat bilan bog’lash orqali.
1.Boshqa jadval bilan bog’liqlikni o’rnatish. Avval “Millatlar” nomli bo’ysunuvchi jadvalni hosil qilib olamiz. Jadvalimizda 2 ta maydon «MK» -kalit maydon, “Millatlar nomi” -oddiy matnli maydonlarni qo’shamiz.

Jadvalni “Millatlar” nomi bilan saqlaymiz. Ma`lumotlarni kiritib, jadvalni to’ldiramiz.

Keyingi qadamda “Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz.


“Ma`lumotlar boshqa jadval yoki so’rovdan olinadi” qismini tanlaymiz. Keyingi qadamda bog’lanish uchun “Millatlar” jadvalini tanlaymiz.


“Millatlar” jadvalidagi mavjud 2 ta maydonni tanlaymiz.

Biror maydon bo’yicha ma`lumotlarni saralashni (o’sish yoki kamayish tartibida) qo’llash imkoni mavjud.

Kalit maydonni yashirib, “Millatlar nomi” ustuni kengligini kerakli o’lchamga keltirib olamiz.

“Asosiy” jadvalimizga qo’shilayotgan maydon nomini “Millati” deb kiritib “Gotovo” (“Tayyor”) tugmasini bosamiz.

“Asosiy” jadvalimizga “Millati” maydoni qo’shiladi. “Asosiy” va “Millatlar” jadvallarini o’zaro bog’lash orqali, talabalar millatini tanlash orqali kiritish imkoni yaratildi.

Yuqoridagi amallarni yana bir marotaba takrorlab, “Kurslar” jadvalini hosil qilamiz va “Asosiy” jadval bilan bog’lagan holda, “Asosiy” jadvalda “Kursi” maydonini hosil qilamiz.

2. Ro’yxat bilan bog’liqlikni o’rnatish.
“Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz.


Talabalarning doimiy yashaydigan viloyatini nomini saqlovchi maydonni hosil qilaylik. Avval ustunlar sonini kiritib, so’ngra qiymatlarni kiritib chiqamiz.


“Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – avvaldan kiritilgan qiymatlar bilan cheklanish. Bizning misolimizga ko’ra, talabaning yashaydigan viloyatining nomi faqatgina ro’yxatdan tanlab olinadi. Agar (“Ro’yxat bilan cheklanish”ni tanlamasak, u holda boshqa qiymatlarni ham kiritish mumkin bo’ladi. “Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”)- maydonda bir nechta qiymatlarni tanlab, saqlashga ruxsat berish. Misolimizga ko’ra agar talaba bir nechta viloyatlarda istiqomat qilgan hollarda qo’llaniladi.

Shu usuldan foydalanib, talabaning yashash tumanini saqlovchi maydonni hosil qilamiz. Bunda 2 ta “Tuman nomi uchun kalit maydon” va “Tumanlar nomi” ustunlaridan foydalanaylik. 

Keyingi qadamda aynan qaysi ustun qiymatlari “Asosiy” jadvalimizda saqlanishini ko’rsatamiz. Keyingi qulayliklar uchun qiymati saqlanadigan ustun sifatida “Tuman nomi uchun kalit maydon” ni tanlaymiz.

“Tumani” maydoni uchun bir nechta qiymatni saqlashni tanlab olamiz.

“Asosiy” jadvalimizga “Tumani” maydoni qo’shildi.

Ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatlari.


Jadvalimizni “Konstruktor” (“Loyihalash”) holatida ochib, ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatini ko’ramiz. Bu xususiyatlar “Podstanovka” (“Almashtirish (tanlash)”) ilovasida keltirilgan.
“Tip elementa upravleniya” (“Boshqaruv elementi turi”) – boshqaruv elementini turini tanlash (maydon, ro’yxat, ro’yxatdan iborat maydon);
“Tip istochnika strok” (“Qator manbaa turi”) – manbaa turi tanlash (jadval yoki so’rov, qiymatlar iborat ro’yxat, maydonlar ro’yxati);
“Istochnik strok” (“Manbaa qatori”) – bu qatordan ro’yxatni tashkil qiluvchi qiymatlar o’rin olgan. Qiymatlar o’zaro “;” bilan ajratiladi. Qiymatlarni qo’shish, o’zgartirish va o’chirish mumkin. Qator oxiridagi  tugmani bosish orqali qiymatlarni ustun shaklida ko’rgan holda o’zgartira olamiz.

“Prisoyedinenny stolbets” (“Bog’langan ustun”) – bog’langan ustunlar soni;
“Chislo stolbtsov” (“Ustunlar soni”) – jami ustunlar soni;
“Zagolovki stolbtsov” (“Ustunlar sarlavhasi”) – har bir ustundagi birinchi qiymatni ustun sarlavhasi sifatida olish;
“Shirina stolbtsov” (“Ustunlar kengligi”) –ustunlar kengligini o’zgartirish;
“Chislo strok spiska” (“Ro’yxatdagi qatorlar soni”) – qiymatlardan iborat ro’yxatdagi qatorlar soni;
“Shirina spiska” (“Ro’yxat kengligi”) – ro’yxat kengligini o’zgartirish;
“Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – ro’yxat qiymatlaridan boshqa foydalanuvchi qiymatlarini kiritishga cheklov qo’yish;
“Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”) – bir nechta qiymatlarni tanlashga ruxsat berish;
“Razreshit izmeneniye spiska znacheniy” (“Ro’yxat qiymatlarini o’zgartirishga ruxsat berish”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirishga ruxsat berish;
“Forma izmeneniya elementov spiska” (“Ro’yxat elementlarini o’zgartirish formasi”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirish uchun MBdagi biror formani tanlab olish;
“Tolko znacheniya istochnika strok” (“Manbaa qatoridagi qiymatlarnigina”) – faqatgina manbaa qatorida keltirilgan qiymatlarnigina ko’rsatish. Boshqa qiymatlar bo’lsa, ular bo’sh holda ko’rsatiladi.

Jadvallar orasidagi bog’liqlik turlari.
Ma`lumotlar bazasini loyihalashda jadvallar orasidagai mantiqiy bog’lanishga alohida e`tiborni qaratish kerak. Bog’lanish bir necha jadvallardagi ma`lumotlarni umumlashtirish, takrorlanadigan ma`lumotlarni kiritish, ma`lumotlarni tahrilash va ko’rsatishda keng qo’llaniladi.Jadvallar orasidagi mantiqiy bog’lanishni grafik ko’rinishdagi ifodasi “Rabota s bazami dannx” (“Ma`lumotlar bazasi bilan ishlash”) ilovasidagi “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) orqali ko’riladi.

Hosil qilayotgan ma`lumotlar bazamizning jadvallari orasidagi bog’lanish quyidagi ko’rinishda ifodalanmoqda.

Bog’liqlik “Asosiy”, “Millatlar”, “Kurslar” jadvallari orasida o’rnatilgan. “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) faqatgina jadvallar orasidagi mantiqiy bog’lanishni grafik ko’rinishdagi ifodasini ko’rsatib qolmasdan, ma`lumotlar bilan ishlashda MS Access tomonidan foydalaniladi. Shuningdek, ko’plab jadvallardan tuzilgan forma, so’rov, hisobotlarni shakllantirishda ishlatiladi. “Konstruktor” (“Loyihalash”) – ilovasi bilan tanishaylik:
Bog’lanish uchun jadval yoki so’rovlarni qo’shish “Konstruktor” (“Loyihalash”) ilovasi orqali birinchi usul bilan bajarilsa, ikkinchi usulda kontekst menyudan “Dobavit tablitsu...” (“Jadvalni qo’shish...”) ni tanlash orqali ham bajarish mumkin.
Bog’lanish uchun jadval yoki so’rov nomini tanlab olib “Dobavit” (“Qo’shish”) tugmasini bosamiz.

Jadval va so’rovlar orasida bog’liqlikni o’rnatish.
Bog’liqlik turlari.
Jadval va so’rovlar orasidagi bog’liqlik relyatsion bazamizni mantiqiy tuzilishidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, jadvallar va so’rovlar orasidagi bog’liqlik kalit maydonlarni o’zaro bog’lash orqali amalga oshiriladi. Jadvallar va so’rovlar bir yoki bir nechta kalit maydonlar bilan bog’alanishi mumkin. Bog’liqlik chizig’i jadvallar yoki so’rovlarning qaysi maydonlari o’zaro bog’langanligini ko’rsatib turadi.

Bog’liqlik “Asosiy” jadvalning “Millati” maydoni va “Millatlar” jadvalining “MK” kalit maydoni o’rtasida, shuningdek Asosiy” jadvalning “Kursi” maydoni va “Kurslar” jadvalining “Kod” kalit maydoni o’rtasida mavjud. Bog’liqlik chizig’i ustiga sichqoncha qo’rsatkichini olib kelib chap tugmani ikki marotaba bosish orqali, bog’liqlikni ko’ramiz .

“Tip otnosheniya” (“Bog’liqlik turi”) – maydonlardagi yozuvlarning bir-birlari bilan mosligiga qarab 3 turga bo’linadi.
“Birga-ko’p” bog’liqlik (“odin-ko-mnogim”) – bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga ikkinchi jadvalimizdan bir nechta yozuvlar mos keladi. Misolimizga ko’ra “Millatlar” jadvalimizdagi har bir millat nomiga “Asosiy” jadvalimizdagi “Millati” maydonida bir qancha millati bir xil bo’lgan yozuvlar mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa 1 : M (One-To-Many), 1:¥ ko’rinishlarda ifodalanadi.
“Birga-bir” bog’liqlik (“odin-k-odnomu”) - bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga ikkinchi jadvalimizdagi bitta yozuv (yoki uning teskarisi ikkinchi jadvalimizdagi bitta yozuvga birinchi jadvalimizdagi bitta yozuv) mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa 1 : 1 ko’rinishda ifodalanadi.
“Ko’pga-ko’p” bog’liqlik (“mnogiye-ko-mnogim”) – bu bog’liqlik turida birinchi jadvalimizdagi bir nechta yozuvga ikkinchi jadvalimizdan ham bir nechta yozuvlar mos keladi. Bu bog’liqlik qisqa M : M (Many-To-Many), ¥:¥ ko’rinishlarda ifodalanadi.
“Obespecheniye tselostnosti dannx” (“Ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash”) - jadvallar orasida 1 : 1 yoki 1 : M turidagi bog’liqlik bo’lgan hollarda ishlatiladi. “Ma`lumotlar to’liqliqligini ta`minlash” tanlansa quyidagi shartlar bajariladi:
bog’langan jadvalda mavjud bo’lmagan kalitni saqlovchi yozuvni asosiy jadvalimizga qo’sha olmaymiz;
avval asosiy jadvaldagi barcha bir xil kalitli yozuvlarni o’chirsak, undan keyingina bog’langan jadvaldagi aynan shu kalitli yozuvni o’chirishimiz mumkin;
bog’langan jadvaldagi biror kalitni o’zgartirish uchun, asosiy jadvalda shunday kalitli yozuvlar mavjud bo’lmasligi kerak.

“Kaskadnogo obnovleniya svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich yangilash”) – bog’langan jadvaldagi biror yozuvni o’zgartirsak, asosiy jadvaldagi barcha shu qiymatlar o’zgaradi. Bog’langan jadvaldagi o’zgargan yozuvlar yana boshqa jadvallarda ham ishtirok etgan bo’lsa, ular ham yangilanadi.“Kaskadnogo udaleniye svyazannx poley” (“Bog’langan maydonlarni bosqichma-bosqich o’chirish”) – bog’langan jadvaldagi biror yozuvni o’chirsak, asosiy va shu yozuv mavjud bo’lgan boshqa jadvallardagi shu qiymatlar ham o’chadi.
Foydalanuvchi tomonidan bog’liqliklar hosil qilish.
Siz bilan avvalgi mavzuda tizim tomonidan hosil qilingan bog’liqliklarni ko’rib chiqdik. Bog’liqlik chizig’i avvaldan tanlangan maydonlarimiz o’rtasida tizim tomonidan o’rnatilgan.Foydalanuvchi tomonidan jadvallardagi maydonlarni “Sxema dannx” (“Ma`lumotlar tuzilishi”) orqali bog’lash uchun quyidagi amallarni bajaradi:1.birinchi jadvaldagi biror maydonni sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali belgilanadi,belgilangan maydonni surish orqali, ikkinchi jadvalning maydoni ustiga sichqon ko’rsatkichini olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasini qo’yib yuboriladi;
Bog’liqlikni o’zgartirish oynasidagi “Sozdat” (“Hosil qilish”) tugmasini bosish orqali tasdiqlanadi.







Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish