Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan. - Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan.
.«Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi. Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy Avgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |