MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING
AWR027-GURUH TALABASI NASULLOYEVA FERANGIZ NING
AKADEMIK YOZUV FANI BO’YICHA TAYYORLAGAN 1-TOPSHIRIG’I.
TAQRIZ.
Said Ahmadning “Qorako’z majnun” hikoyasiga taqriz.
Bizga "Ufq" roman trilogiyasi, "Jimjitlik" ,kabi romanlari orqali yaxshigina tanish bo'lgan ijodkorimiz Said Ahmad hikoyalar yozishda ham mohir yozuvchi desam adashmagan bo'laman.Jumladan, Qorako'z Majnun nomli hikoyasi ham adibning Mustaqillik yillarida yozilgan eng yaxshi hikoyasi sanaladi. O'zbek adabiyotining zabardast vakili hisoblanmish Said Ahmad qalamiga mansub "Qorako'z majnun" hikoyasi o'ziga xos mahorat va ta'sirchanlik bilan yozilgan bo’lib, insonning dindan chiqishi, o’z ona tilisini unutishi ma'naviy o’lim bilan barobar ekanligini anglab olamiz. Said Ahmadning ushbu hikoyasi hajman kichik bo'lishiga qaramay o'qib tugatganingizda butun bir romanni o'qib tugatganday ancha vaqt shu asar ta'sirida bo'lasiz. Hikoyadagi epigraflar ham juda mahorat bilan tanlanganligi ham bunga sababdir. "Qorako‘z majnun" hikoyasida Saodat aya, Qorako‘z, Qumri, Bo‘rixon asosiy qahramonlardir. Asarda bir onaning farzandiga boʻlgan mehr- muhabbati, farzandi uchun chekkan iztiroblari tasvirlangan. Asar qahramoni Saodat aya dindor, dono ayol edi. U qizi Qumrixon bilan birga turardi. Qumrixon ikki marta turmushga chiqqan, lekin farzand koʻrmay, qaytib kelgan edi. Bu Saodat ayani tashvishlantirardi. Saodat aya har namozida Qumrixonni baxtini tilab duo qilardi. Saodat aya qaysi farzandi uyiga bormasin, Qumrixonni oʻylab qaytib kelardi.
Saodat ayaning toʻngʻich oʻgʻli Boʻrixon Rossiyaga harbiy hizmat safariga ketib qaytib kelmagan, onasini holidan xabar olmagan bir farzand edi. Shunga qaramay Saodat aya oʻgʻlini kelishini umid bilan kutardi. Boʻrixon harbiy xizmat safari paytida bir xristian dindagi qizni sevib qoladi. Buning natijasida, bir musulmon yigit sevgi deb, oʻz dinidan, tilidan, oilasidan voz kechdi. Boʻrixon onasiga bir itchalik vafodor boʻlolmadi. Saodat ayaning Qorako’z nomli iti bor edi. Saodat aya oʻgʻliga berolmagan mehrni "Qorakoʻz" nomli itiga berdi. U shu it bilan ovundi.It Saodat aya bergan mehrni oqladi, lekin Boʻrixon onaning oqsutini oqlolmadi. Qorakoʻz Saodat ayaning ketidan qolmas, qayerga borsa ortidan borardi. Saodat aya kasalxonaga tushganida, Qorakoʻz qish boʻlishiga qaramay, uni bir oy kasalxona hovlisida kutadi. Keyin kunlarning birida Bo’rixon uyga qaytdi. Onasi esa bor gapdan xabar topdi. U bunga dosh berolmadi. Boʻrixon onasining oʻlimiga sababchi boʻldi. Bir kechada uni adoyi tamom qildi. Balki kelmaganida, Saodat aya oʻlmasdi. Farzandini kutishda davom etardi. Saodat aya vafot etgandan soʻng, Qorakoʻz Saodat ayani qidirib, farzandlari uyiga borib kelardi, lekin topolmasdi. Bundan Qorakoʻzning vafodorligini yana bir bor koʻrishimiz mumkin. Afsuski Qorakoʻz ham uzoq yashamadi. U ham vafot etdi. Ba’zan, hayvonlarda shunday ezgu fazilatlarni koʻrib qolamizki, ularni insonlarning barchasida ham koʻrish imkonsiz. Buning bir isboti Saodat ayaning iti Qorako’zdir. Bu yerda Saodat ayaning o'limini fojia deb atash noto'g'ri. Saodat ayaning o'limi Bo'rixonning fojiasidir. Chunki u ma'lum jihatdan onasining o'limiga sababchi bo'ldi. Bo'rixonning Noqobil farzand bo'lishiga sabab o'z dinidan kechganidir. O'z dinidan kechib u barcha narsasidan ajraldi. Dini, o'zligi, halol hayoti va onasidan ham. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, u yuqoridagi barcha sanaganlarimizni sevgisiga qurbon qildi. Lekin bu sevgiga asarda izoh qoldirilmaganligi uchun uning mukammal va sof sevgi ekanligiga shubha qilishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda asarda o'z dinidan kechgan insonning ayanchli taqdiri va o'z farzandidan olmagan mehrni Olloh yaratgan mahluqotdan olgan ayolning hayoti ajoyib tarzda yoritib berilgan.
TEZIS.
“O‘zbekiston xotin-qizlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar” mavzusida tezis.
Bugungi kunda jamiyatimizda xotin qizlarga ta’lim uchun tadbirkorlik uchun ko‘plab shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu mamlakatimizda ayollarning jamiyatda ham o‘rni beqiyos ekanligidan dalolatdir. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev ta’lim sohasida ham anchagina imtiyozlar yaratib berdilar. Xususan, o‘qish istagi bor ammo sharoiti yo‘q qizlarga tavsiyanomalar beriladigan bo‘ldi. Bu tavsiyanomalar hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul ko‘rsatgichlari doirasida xotin qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun beriladi. Demakki, bu to‘g‘risida nizm tasdiqlangan. Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi: * kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin –qizlar; * to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar; * 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan yolg’iz ayol (erkak)larning qizlari; * shaxsiy uy joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashaydigan oilalar; * ota onalardan biri yoki ikkisi ham ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazida hisobda turganlar; * nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin- qizlar; * oliy ma’lumotli xotin –qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatgichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar; shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi xotin qizlar;
Bunday tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Bundan tashqari 5 yil ish tajribasiga ega ayollarga ham o‘qishga kirish uchun alohida kvotalar ajratildi. Hattoki yosh bolasi bor ayollar ham o‘qish uchun imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Mamalakatimizda bunday imtiyozlar talaygina. Hususan tadbirkorlikka qiziqqan ayollar uchun ham 33 milliongacha kreditlar va mikro kreditlar ajratilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatda xotin qizlarning ham o‘z o‘rinlarni topishiga ko‘maklashish. Bundan tashqari, magistraturada o‘qiydigan barcha xotin qizlarning kontrakt puli to‘lab beriladigan bo‘ldi. Bu ham xotin qizlarimiz uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. Yana bundan tashqari ishlaydiga onalarga bolani ovqatlantirish uchun tanaffus berilmoqda. Bunda ikki yoshga to‘lmagan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun berilgan vaqtdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri o‘ttiz daqiqadan kam bo‘lmagan tannaffus beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq ko‘p bolali ayollarga esa kamida bir soat qilib belgilandi. Mazkur tanaffuslar uchun esa ish haqi kamaytirilmaydi. Prezidentning “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivolantirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qabul qilingan qaroriga ko‘ra, yoshlar va xotin- qizlarni o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlantirilmoqda. Faol va tashabbuskor xotin qizlar “ Mo’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanmoqda. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin qizlarga imtiyozli uy joylar berilmoqda. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’til beriladi. Ayrim xotin qizlarning kontrakt puli davlat tomonida to‘lab beriladi. Bunday imtiyozlarni sanasak sanog‘i yo‘q aslida. Bunday imkoniyatlarning barchasi biz xotin qizlarni tadbrkorlikka, kasb hunarga bilim saviyamizni oshirishga xizmat qiladi. Shunday ekan bunday imkoniyatlardan, imtiyozlardan foydalanmaslik mumkinmi? Aslida shunda ham jamiyatda o‘z o‘rnimizni topa ololmasak shunday imtiyozlardan foydalana olmasak bunday imkoniyatlar samarasiz ketganiga achinamiz xolos. Boshqa davlatlarda ayollarga ko‘plab cheklovlar mavjud bizda esa oliy ta’lim, tadbirkorlik, kasb hunarga o‘qitish tizimida yangidan yangi imtiyozlar yaratib berilmoqda. Shunday ekan berilyotgan imkoniyatlardan oqilona foydalana olish o‘zimizga bog‘liq. Bu o‘zimiz uchun ham O‘zbekiston ravnaqi uchun ham ajoyib poydevor bo‘lib xizmt qiladi.
Annontatsiya: ushbu maqolada mamlakatimizdagi xotin qizlarga yaratilyotgan shart- sharoitlar, imtiyozlar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida fikr mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kvota, ta’lim, imtiyoz, mutaxassis, prezident, grant.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. https://review.uz
2. “Jamiyatda ayollar”
3. https://advise.uz
4. “Olima ayollar jamiyati”
Do'stlaringiz bilan baham: |