3-topshiriq dinning primitik shakllarini jadval asosida izohlng Fateshizm
Fetishizm" - narsalarga siginish, bosh chanog‘ining o‘zini butga aylantirishgan, butparastlik animizm va fetishizmdan keyingi pog‘ona, ajdodlar kuch-kudratining moddiylashtirilgan e’tikodi, "balbal", "tul", marhum "ruhining nuri", Fargona vodiysi Qayrag‘och ibodatxonasining butlari, De-si ruhiga atalgan ibodatxona, butlar o‘rniga olov yokishdi, Poykent butxonasining 400 missol ogirligidagi kumush buti, Ibn Sino suratining 40 nusxasi, "ko‘g‘irchokparast"lar, fetish katoridagi tumor bilan bog‘lik sehr-jodu va afsun (magiya), kabila boshi ko‘lida siyosiy va diniy rahbarlik mujassamlashgan, yomon ruhlarni "haydash" marosimi, tumor shakllari, tumor sifatidagi ostona e’tikodi, "meditsina" — "Sino davosi", narigi dunyoning bu dunyodan ustunligi e’tikod darajasiga ko‘tariladi. Ibtidoiy inson ayrim jonsiz narsalar ham voqealarga ta’sir etib, o‘ziga kerakli natijaga yordam berishiga ishongan va ulardan himoya so‘ragan. XVIII asr mutafakkiri De Bross, afrikalik kabilalarning shu niyat bilan jonsiz narsalarga topinishidan hayratlanib, bu ibtidoiy e’tiqodni "fetishizm" - narsalarga sig‘inish, deb ataydi.
Anenizm
Animizm (lot. anima – jon, ruh) – jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o‘z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko‘rish, gallyu-sinatsiya, o‘lim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog‘langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog‘liq ruh to‘g‘risidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo‘lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko‘rsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.
Toteizm
Totemizm (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi "ototem" — "uning urug'i" so'zidan) — ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o'simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko'pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o'ldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.
Shamanizim
Shamanizm - bu transga o'tish bilan tangri va insonlar orasidagi muloqotga, bemorlarni davolashga, yaxshi ruhlarning foydali ta'sirini saqlab qolishga va yovuz ruhlarning zararli ta'sirini oldini olishga qodir bo'lgan eng eski diniy rituellardan biridir. Markaziy Osiyo shamanizmining asoslari osmon, tangri quyosh, er, suv, olov va ota-bobolar madaniyatiga asoslanadi. Ko’p hududlarda ta’siri ko’rsatgan shamanismning ta’siri shubxasiz Anatoliyada ham kuzatilgan. Bugunki kungacha yetib kelgan shamanizmning an’anlaridan daraxtlarga, toshlarga, su manbalari atroflariga mato bog’lash yaxsh’ bilinadigan misollardan biridir. Hozirgi kunda ham qabrlarga va daraxtlarga mato o’rab istak bildirish yoki duo qilish an’anasi Shamanizmdan kelgan urf-odadlar hisoblanadi.
Tangrichilik
Tangrichilik — qad. turkiy va qad. oltoy xalqlari dini. Kad. Shumer davlatida (mil. av. 3ming yillik) Tangrip sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qad. Shumerdan Oltoygacha boʻlgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Kdd. shumerlar kad. turk tiliga yakin boʻlgan protooltoy tili laxjasida soʻzlashganlar. Shu davrda T. protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2ming yilliqsa Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hozirgi Eron, Afgʻoniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan togʻlari, hozirgi Shim. Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur boʻlishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, gʻolib xalqlarga muayyan darajada qoʻshilib keyin paydo boʻlgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. T. qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlgan. Qad. oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalklarida T.ning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalkdarining turkiy xalqlar guruhi Gʻarbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, hozirgi xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan koʻp narsalarning boshlangʻich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroklari va boshqalar) mil. 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan.
Zardushlilik
dudlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mo'l» Sogd (Sug'd), «Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland ko'tarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baktriya) zikr etiladi.Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, Sug'd, Farg'ona yoki Baktriyani ayta olamiz.Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutoasa va Shoh Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht taʼlimotini qabul qiladilar. Natijada qo'shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g'alaba qozonadi. Shundan so'ng bu taʼlimot xalqlar o'rtasida keng tarqala boshlagan.Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi «Gotni» yozib shohning otashkadasiga topshirgan.
4-topshiriq. Berilgan savollarga jadval asosida javob bering
Savollar
|
Yaxudiylik
|
Buddizm
|
Xristianlik
|
vujudga kelishi
|
Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. Av. 10—6-asrlarda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan.
|
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.
|
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga
keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi
bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz
Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning
dunyoga kelishi bilan bog’liq.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |