· kalitdagi yoki boshlang’ich ochiq matndagi kichik o’zgarishlar shifrlangan matnni tubdan o’zgartirib yuborishi kerak; · shifrlash algoritmining tarkibiy elementlari o’zgarmas bo’lishi lozim; · shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi; · shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak; · shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak; · mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak; · algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |