Tadqiqotning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan.
Strategiya “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi uzoq muddatli asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi:
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish;
Strategiyaning maqsadi:
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish:
qishloq xo‘jaligi texnikasi, issiqxonalar, asbob-uskunalar, foydalaniladigan ma’lumotlar oqimi va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishning hamda kuzatuv tizimlarini boshqarishning “buyumlar interneti” (kiber-fizik tizimlar) platformasini joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan hamda energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish.
“Aqlli issiqxona” yo‘nalishidagi texnologik yechimlarni joriy etish quyidagilarni nazarda tutadi:
yopiq tizimlar uchun dasturiy vositalar va robotlashtirilgan intellektual texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ish unumdorligini oshirish;
issiqxona xo‘jaliklarida buyumlar internetini (himoyalangan tarmoqdan, sensorlar va analitik tizimgacha olib boruvchi qurilma) qo‘llashga asoslangan zamonaviy va tugallangan texnologiyalarni joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bo‘yicha monitoring olib borish;
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda simsiz sensor, signallarni qayta ishlash va yuborishning raqamli shakldagi mikroelektron tizimi qo‘llaniladigan issiqxona xo‘jaliklarini masofaviy boshqarish tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning eng muhim sohalaridan biri boʻlib, texnologik yutuqlar taqdim etgan imkoniyatlardan samarali foydalanish har doim ushbu sohaning barqaror oʻsishi va rivojlanishi uchun asos boʻlib kelgan.
2050 yilga kelib dunyo aholisi 9,5 milliardga yetadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining FAO (Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti) hisobotiga asoslanib, dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmi 2050 yilda tez oʻsib boruvchi global aholi soniga yetarli boʻlish uchun 70% ga oʻsishi kerak. Zamon talabi qishloq xoʻjaligi mahsuldorligi va samaradorligi darajasini muntazam oshirib borishdir.
Bu ish, birinchi navbatda, yaxshi hosil olish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo'jaligining joriy usullarini takomillashtirishga qaratilgan. Bu ish aqlli issiqxona modelini taqdim etadi, bu fermerlarga qishloq xo'jaligidagi ishlarni ko'p qo'lda tekshirishdan foydalanmasdan avtomatik ravishda bajarishga yordam beradi.
IoT asosida aqlli issiqxonada hosildorlikni oshirish, monitoring qilish, inson aralashuvisiz boshqaruv tizimlarini yaratish, resurslardan samarali foydalanish, har qanday ob-havo sharoitlarida issiqxonadagi oʻsimliklar uchun kerakli iqlim sharoitini ta’minlash, issiqxona parametrlarini masofadan manitoring qilish va boshqarish dolzarb hisoblanadi.