«Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz!..», (Moida surasi 2 – oyati) deb marhamat qilgan.
Mamlakatimizda e’tiqod erkinligi davlatimizning Asosiy qonunida kafolatlab qo‘yildi. Barcha islomiy qadriyatlar – masjid va madrasalarning binolari, nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar musulmonlarga qaytarib berildi. Ularning emin-erkin ibodat qilishlari, diniy ta’lim olishlari, diniy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalaridan bahramand bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Barchamizga ma’lumki, yurtimizga hijriy to‘qqizinchi asrdan boshlab hanafiy mazhabi kirib kelgan. Bu ulug‘ xizmat imom A’zam Abu Hanifaning shogirdlari imom Muhammad bo‘lsa, u kishining shogirdlari hazrati imom Abu Hafs Kabirga nasib qilgan. Hozirgi kunda Buxoroda u zotning masjidlari, ziyoratgohlari bor. Buxoroda, umuman O‘rta Osiyoda hanafiy mazhabini ilk bor olib kelib, tarqatgan inson ana shu Abu Hafs Kabir rohimahulloh bo‘ladilar. Bu zot mujtahid alloma bo‘lganlar. Shu zot sabab bo‘lib, o‘sha davrda bizning diyorimizga hanafiy mazhabi kirib kelgan. Imom A’zam mazhabi boshqa mazhablarga qaraganda o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan ancha erkinlik berishi bilan ham farq qiladi. Bu mazhab ana shunday xalqparvar mazhabdir. Hanafiya ta’limotini kamoliga yetkazgan vatandoshlarimiz, Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashlikka barham berish, Islom dinining, ahli sunna val jamoa yo‘lining barqaror bo‘lib qolishiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Xususan, bu zotlar islomiy bag‘rikenglik ruhini tarqatish borasida ham katta xizmatlar qilishgan. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida diniy bag‘rikenglik bilan bog‘lik qadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni ko‘p uchratamiz.
Masalan, buyuk alloma, moturidiya aqiydaviy yo‘nalishining asoschisi Abu Mansur Moturidiyning «Ta’vilotu ahlis-sunna» degan butun olamga mashhur tafsir kitoblari bor. U zot mazkur tafsirlarida, Haj surasining 40-oyati oyat tafsirida: «Cherkov va sinagogalarni (cherkov – nasroniylarning, sinagoga – yahudiylarning ibodatxonasi) vayron qilish man etiladi. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo‘qdir» deb yozganlar. Shuning uchun ham o‘n to‘rt asr musulmonlar hukmron bo‘lib yashagan yurtlarda ham cherkov va sinagogalar bugungi kungacha buzilmay saqlanib qolgan.
Xulosa.
Yurtimizda qaysi dinga millatga mansub bo’lishidan qa’tiy nazar ularni hurmat qilish, ularning urf-otadlarini, rasm rusumlarini udumlarini hurmat qilishimiz zarur. Birinchi prezidendimiz o’z asarlarida ham diniy bag’rikenglik alohida etibor berib ketgan. Undan tashqari konstitutsiyamizda ham din erkinligi etiqot erkinligi haqida alohida moddalar ishlab chiqilgan. Shunday ekan qayerda bo’lishimizdan qa’tiy nazar ona vatanimizdami yoki boshqa davlatlarda bolsak ham boshqa din vakillarini hurmat qilishimiz zarur, huddi ular bizni dinimizni hurmat qilishgani kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |