MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOHSKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT YO`NALISHI
111-20-GURUH TALABALARI
JUMAYEV ASADBEKNING MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ob’ektga yo`naltirilgan
ma’lumotlar bazasi
REJA:
Kirish
Ma’lumotlar bazasi
Ob’ektga yo`naltirilgan ma’lumotlar modellari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Bu mustaqil ishda “Ma’lumotlar bazasi” haqida qisqacha ma’lumot beriladi, bunda: “Ma’lumotlar bazasi o`zi asli nima?” degan savolga javob beriladi, uning afzallilkari va kamchiliklari qisqacha bayon qilinadi va ma’lumotlar bazasiga misollar orqali tushuntirishlar berib boriladi. Shu bilan birga “ob’ekt”, “ma’lumot”, “ma’lumotlar tizimi”, “ma’lumotlar banki” va shunga o`xshash ayrim atamalarga tushuntirish va ta’riflar orqali ma’lumotlar beriladi. Va undan so`ng esa “Ob’ektga yo`naltirilgan ma’lumotlar modellari” mavzusi atroflicha yoritiladi va shu bilan birga uning afzalliklari va kamchiliklari qisqacha tahlil qilinadi.
Ma’lumotlar bazasi.
Ko`pgina masalalarni yechish asosida axborotlarni qayta ishlash yotadi. Axborotlarni qayta ishlashni yengillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari deb shunday tizimlarga aytiladiki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumaladan shaxsiy kompyuterlar ishtirok etadi. Axborot tizimlari deb keng ma`noda axborotlarni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab axborot tizimlarni ishlab chiqarish, ta`lim, sog`liqni saqlash, harbiy va boshqa soha tizimlariga ajratish mumkin.
Axborot tizimlarini maqsadli ishlatilishiga qarab
bir qancha kategoriyalarga bo`lish mumkin.
Ma`lumot beruvchi tizim
Qidiruv tizimi
Boshqaruv tizimi
va boshqa tizimlar. Bularning barchasi avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo`la oladi.
Axborot tizimlari asosida ma`lumotlar bazasi(MB) yotadi. MB deganda ma`lumotlarni shunday o`zaro bog`lanishi tushiniladiki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi dasturtiy vositasi yo`rdamida to`ldirilishi, o`zgartirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zi bir ob’ektlarni o‘rganishgina qiziqish uyg‘otadi. Bunday ob’ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |