Kirish signali quvvatini kuchaytirish uchun mo`ljallangan qurilmaga kuchaytirgich deb ataladi. Hozirgi kunda integral tuzilishdagi kuchaytirgichlar ko`proq qo`llaniladi.Umuman olganda elektr kuchaytirgichlar ko`pkaskadli qurilmalar hisoblanadi. Kaskadlarumumiy emitterli, umumiy kollektorli va umumiy bazali sxemalar asosida quriladi.Umumiy emitterli kaskadlar kuchaytirgich kaskadlari, umumiy kollektorli kaskadlar kuchlanish takrorlovchilari va umumiy bazali kaskadlar tok takrorlovchilari (povtoriteli) hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |