Muhammad al-
Хorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Kompyuter injineringi fakultetining 1-kurs talabasi
Rozubayev Xushnudbek tomonidan tayyorlangan" Molekulyar fizika.
M.A.Karabayev " o'quv qo'llanmasiga
TAQRIZ
Qo'llanma Oliy o`quv yurtlaring fizika yo`nalishida tahsil olayotgn talabalar,
abiturentlar va molekuryar fizikani o`rganmoqchi hamda o`rganayotganlar
bo`lganlar uchun mo'ljallangan bo'lib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Maskur qo`llanmada asosiy termodinamik tushunchalar, ideal gazlar xossalari,
termodinamikaning birinchi qonuni asosi, MKN ( molekuryar kinetik nazariya ),
ko`chish hodisalari, real gazlar, suyuqliklarning va qattiq jismlarning xossalari
haqida mazmunli, aniq va to`liq yoritilgan. Qo`llanmada grafiklar, diagrammmalar,
formulalarning kelib chiqishi, teoremalarning isboti keltirilgan va bu esa
foydalanuvchini molekuryar fizikani chuqurroq o`rganishga imkon beradi.
Talabalar va abiturentlar uchun mo'ljallangan ushbu qo'llanma ta'lim olishda,
oldingi bilimlarini takrorlab mustahkamlash uchun va qo'shimchа bilimlar olishda
talabga bemalol javob beradi. Uni o'quv jarayonida qo'llash uchun ma'qul deb
hisoblayman va nashrga tavsiya etaman.
KIF AT-servis talabasi Rozubayev Xushnudbek
EKSPERT TIZIMLAR
( tezis)
Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot
texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning
murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator
vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini
insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish
yo‘llaridan biri — bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert
o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab
oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul
yo‘llarini vujudga keltiradi. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini
ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash,
uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning
yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil
variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish
paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari
sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Sun’iy intellekt deganda aqliy
xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi.
Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U
foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta
oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara
oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari
keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi,
identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va
hokazo.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday
bayon etish mumkin:
• erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro
etilishi va ko‘payishi mumkin;
• nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa
ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;
• tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past.
Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq
tushadi.
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik
moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu
tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past
malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng
oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirshi
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida
mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi
yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |