-4-
O’rnatilgan tizimlarda axborotlarni kiritish/chiqarish.
Kompyuter
tarmoqlarining
rivojlanishi
taqsimlangan
axborot boshqaruv
tizimlarinini rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Integral mikrosxemalarining rivojlanishi
boshqaruv obyektlarining mikroprotsessorlarini (MP) ish jarayonini o‘zgarishiga
sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar kiritish sharoitida mutaxassislar oldida
texnologiya jarayonlarini o‘rnatish tarkibiy qismlarining qo‘llanilishi, zamonaviy
texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti dolzarblashdi.
Xususan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish
jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Foydalanilayotgan platada asosiy modulli
mikrokontroller ATmega128 bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, platada turli
periferiya qurilmalari, kuchlanish stabilizatori va yordamchi qurilmalar mavjud.
SN ATMega128A platasining umumiy ko‘rinishi
Kontroller modul platasi to‘g‘irlagich va kuchlanish stabilizatori bilan jihozlangan.
Kirish kuchlanishi 6–15 V. Plata manbaga ulanishi bilan mos svetodiodlar yonadi.
Mikrokontrollerni ISP va JTAG interfeysi orqali dasturlash mumkin. MK
chiqishlari multipleksorga ulangan bo‘lib, uning vazifasi mikrokontrollerning
chiqishlarini kerakli funksiyalar uchun ulashga kerak bo‘ladi. Mikrokontroller
ATmega128 ikkita ketma-ket interfeys bilan jihozlangan bo‘lib, signallari RS-232
pog‘onasiga MAX232 o‘zgartirgich bilan o‘zgartirilgan. Plataga qo‘shimcha xotira
— 4 Mb Atmel AT45DB041B Flash-xotira o‘rnatilgan. Xotira mikrokontroller
bilan SPI interfeys orqali ulangan va uni ma’lumotlarni saqlash uchun
foydalaniladi. Qurilma modullarini boshqarish uchun mikrokontroller kiritish
chiqarish portalirini moslashtirish kerak bo‘ladi.
Kiritish chiqarish portlarini tashkillashtirish
Plataning modullari sxemasida har bir modulning kiritish va chiqarish ulanish
portlari ko‘rsatilgan. Dasturlash jarayonida aynan keltirilgan portlar orqali
murojaat etiladi. Platada sozlash jarayonlarini amalga oshirishda bir qancha
dasturlash muhitlari mavjuddir. Ushbu muhitlardan biri — AVR Studio 4 muhiti
hisoblanadi.
AVR Studio 4 — bu ishlab chiqarish muhiti bo‘lib, (IDE, Integrated Development
Environment), AVR-operatsion tizimlar uchun juda ham qulay muhit hisoblanadi.
Ushbu muhit 8 razryadli AVR RISC mikrokontrollerlari uchun dasturiy muhit
hisoblanadi. Muhitda assembler va S (si) dasturlash tillaridan foydalaniladi.
AVR Studio 4 muhiti oynasi
Hosil qilingan dastur .hex kengaytmali faylini mikrokontrollerga yuklab boshqaruv
qurilmalarini ishga tushiramiz. Uning uchun maxsus dasturiy muhitlar mavjud
bo‘lib, ulardan AVRDUDE muhitidir.
AVRDUDE oynasi
Xulosa qilib aytganda, o‘rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN
ATMega128A platasida sozlash afzalliklaridan tashqari, yaratilgan dasturiy
ta’minotni qurilmalarga yuklab, ish jarayonini vizual kuzatishda bir qancha
muammolar kelib chiqadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun SN
ATMega128A platasida sozlash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari,
keltirilgan dasturiy muhitlar foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay bo‘lishi bilan
birga, murakkab o‘rnatilgan tizimlar uchun dasturni yaratish jarayonining
oddiyligi, mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning qurilmalarini ish
jarayonini tarkibiy qismini ishlash imkoniyatining mavjudligi va boshqa
imkoniyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |