Muhammad Al – Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2019
Hajmi1,03 Mb.
#28318
Bog'liq
05)kollayder


 

Muhammad Al – Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot 

Texnologiyalari universiteti  

 

 

 

 

 

 

Mustaqil ish №5  

Mavzu 



Katta adron kollayderi

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Guruh: FIZ011 

Bajardi : Hotamov Javlonbek 

Tekshirdi : Ochilova O.O

 

 

 



Reja: 

1)  Katta adron kollayderi 

2)  Ishlash prinsipi 

3)  Xulosa  

 

 


      Katta adron kollayderi 

Bundan yuz yilcha muqaddam koinot cheksiz fazo, unda yulduzlar bir tekis 

taqsimlangan, degan tasavvur hukmronlik qilardi. O‘tgan asrning 20-yillarida 

amerikalik astronom Edvin Xabbl ko‘zga ko‘ringan barcha galaktikalar bizdan turli 

yo‘nalishlar bo‘yicha juda katta tezlik bilan uzoqlashayotganini aniqladi. Bu olam 

tuzilishi nazariyasini qayta qarab chiqishni taqozo etdi. Shu kashfiyot sabab bo‘lib 

butun koinot bundan 15-20 milliard yil oldin ro‘y bergan “katta portlash”ning 

natijasidir, degan xulosaga kelindi.  

 

 

Uzoq yillar bu qat’iy nazariya sifatida qabul qilib kelindi. Keyinroq bunday 



nazariyani tasdiqlovchi dalillar ham topila boshlandi. Shulardan birinchisi NASA 

(AQSH kosmik tadqiqotlar markazi) sun’iy yo‘ldoshi — “Sove” uzoq kosmosning 

turli tomonlaridan kelayotgan fon nurlanishining haroratini aniqladi. Bunday 

nurlanish qadimda kuzatilgan “katta portlash”ning qoldiq nurlanishi ekani ma’lum 



bo‘lib, uning qiymati nazariy hisob-kitoblar orqali topilgan issiqlik qiymati bilan 

bir xil chiqdi. Ushbu dalil “katta portlash” ro‘y berganini tasdiqladi.  

Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi elementar 

zarrachalar tezlatgichida elektronlardan ozod qilingan oltin atomini yorug‘lik 

tezligining 99,9 qismiga qadar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda tezlatib

to‘qnashtirish orqali sun’iy «katta portlash»ni vujudga keltirmoqchi bo‘lishdi. 

Bunda “katta portlash”dan keyingi jarayonning dastlabki daqiqalaridagi holatini 

kuzatish maqsad qilingan edi. Bu ikki bosqichda — “Feniks” deb ataluvchi 

birinchi loyiha Kolumbiya universitetining professori Nagamiya rahbarligidagi 355 

mutaxassisdan iborat jamoa tomonidan, “Star” nomli ikkinchi loyiha esa Berkli 

Lourens laboratoriyasidan Jon Xarris boshchiligidagi 350 nafar fizik tomonidan 

olib borilishi ko‘zlangandi. Biroq ko‘pchilik mutaxassislar bunday sinov jiddiy 

xavf ostida amalga oshirilishini e’tirof etishdi. Shunga qaramay, olimlar qayta 

o‘tkazilgan hisob-kitoblar natijasida reaktsiya jarayonida jiddiy xavf kutilmasligini 

ta’kidlab, sinovni o‘tkazishga qaror qildilar. Biroq o‘shanda kollayder quvvatining 

pastligi tufayli kutilgan natijani olishning imkoni bo‘lmadi.  

 

 


Bizning asrimizda ayni shu masalani hal qilish uchun 2002 yilning 11 avgust kuni 

Shveysariya va Fransiya chegarasida qurilgan dunyodagi elementar 

zarrachalarning eng yirik tezlatgichi — katta adron kollayderi (KAK) ishga 

tushirildi. 

Katta Adron Kollayderi yoki Katta Adron Toʻqnashtiruvchisi (ing. "Large Hadron 

Collider", LHC) - zaryadlangan zarralarni tezlatuvchi majmua. Fransiya va 

Shveysariya chegarasida, yer sathidan 175 m pastda joylashgan. Aylana shaklida 

qurilgan tunneli uzunligi 27 km. Dunyodagi eng katta va quvvatli zarracha 

tezlatkichidir. 

 

 



 Salkam 10 milliard dollarga tushgan va juda katta quvvatga ega bo‘lgan bu 

kollayder dunyoda  

eng yirik yadro fizikasi laboratoriyasi — CERN (Consell Europeen pour la Recher-

che Nucleare)da qurildi. U o‘rtacha 100 metr chuqurlikda, uzunligi 27 kilometr 

bo‘lgan xalqa ko‘rinishidagi tezlatgich bo‘lib, unda qarama-qarshi yo‘nalishda 7 

tev (terra elektron volt, ya’ni trillion elektron volt) energiyagacha tezlatilgan 



proton das-talari to‘qnashtiriladi. Ana shunday to‘qnashish natijasida ajralgan 

energiya 14 trillion elektron voltni tashkil etadi.  

 

Bunday katta energiyaning ajralishi oqibatida ro‘y beradigan hodisalar ma’lum 



darajada “katta portlash” manzarasini tasdiqlay olishi tadqiqotchilar, fizik va 

astrofizik olimlar uchun juda muhim edi. 

 

 

 



 

 

 



Ishlash prinsipi 

Kollayderni qurishdan asosiy maqsad Higgs bozoni mavjud yoki emasligini 

aniqlashdir. Asosiy tajriba bunday oʻtkaziladi: har birining energiyasi 7 TeV 

boʻlgan protonlar yoki 574 TeV boʻlgan qoʻrgʻoshin yadrolari yorugʻlik tezligining 

99.9999991%ida qarama-qarshi tomondan uchirilib, toʻqnashtiriladi. Toʻqnashuv 

natijasida ajralib chiqqan zarrachalar qayd etiladi va ular orasidan Higgs bozoni 

xususiyatlariga ega boʻlgani qidiriladi. Higgs bozoni mavjudligi hozirgi Standart 

Model nazariyasini toʻliq tasdiqlashi kerak (Standart Model gipoteza emas, zero 

boshqa tajribalar uning katta qismi toʻgʻriligini isbotlagan). Aks holda massaning 

qayerdan paydo boʻlishi haqida yangi faraz qurib, Standart Modelga oʻzgartirish 

kiritishga toʻgʻri keladi

 



 

Bunday protonlar kollayderning 27 kilometr uzunlikdagi aylanasi bo‘ylab 

joylashtirilgan 3 mingta igna shaklidagi dasta ko‘rinishida harakatlanadi. Har bir 

to‘plam 100 milliardga yaqin protonlardan tashkil topib, to‘qnashuv “nuqta”larida 

ular bir necha santimetr uzunlikda, diametri esa 16 mikron (eng ingichka soch 

tolasi qalinligida) bo‘ladi.  



 

 

Protonlar parchalangach, vujudga kelgan kvarklar turli tomonga sochilib ketadi. 



Biroq kvarklar uzoq muddat yakka holda bo‘la olmasligi tufayli o‘ta qisqa vaqtda 

birlashib, yangi “og‘irroq” zarra ko‘rinishida katta tezlik bilan atrofga 

sochilayotganda, kollayder detektorlari tomonidan ularning parametrlari qayd 

qilib boriladi 

 

 

 



 

 

 



 

 


Xulosa: 

Katta Hadron Collaider,bu BAK (eng katta Hadron Collider, qisqartirilgan LHC) 

qisqartirilgan proton va og'ir ionlarni (qo'rg'oshin ionlarini) tezlatish uchun 

mo'ljallangan to'qnashgan nurlarning zaryadlangan zarralarini tezlatuvchi va 

ularning to'qnashuv mahsulotlarini o'rganishidir. Kollej Shveytsariya va 

Frantsiyaning chegarasida Jeneva yaqinidagi CERN (Evropa yadro tadqiqotlari 

kengashi) da qurilgan. BAK dunyodagi eng yirik eksperimental muassasadir. 

Qurilish va tadqiqotlarda 100 dan ortiq mamlakatdan 10 mingdan ortiq olim va 



muhandis ishtirok etgan ekan 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

www.Wikipedia.ru , 

www.swissinfo.ch

 , m.habr.com  

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish