yeming tortish kuchini kesadigan bo‘yoq o‘ylab
topilsa-yu,
shu bo‘yoq bilan bo'yalsa tamom — “Volga” bolalaming
pufagiday osmonga qarab intilaveradi! Uning ichida o‘tirgan
odam derazadan qo'lini chiqarib yelpig‘ich bilan uni xohlagan
tomoniga yurgizishi mumkin! Hamma gap mana shu bo'yoqni
topishda!
Muhayyo kulaverib bukchayib qoldi.
- Faqat bo‘yoqqa qarab qolibsiz-da!.. Yo‘q, Anvaijon
aka,
sizga yashagani xalal bergan, olamni ko‘zingizga tor
qilib ko'rsatgan odamlar emas, bitta Marg'uba ammangiz!
Bitta ammangizdan qochish uchun uchar avtomobil ixtiro
qilishning hojati bormikin?
- Nega bitta ammam bo'lar ekan, urf-odatimiz-chi? Uchar
avtom obil qochish uchun kerak bo‘ lm asa,
R ahim jon
aytm oqchi, odamni x o ‘rlayd igan , odam ning nafasin i
bo‘g‘adigan urf-odatlarimizni bombardimon qilish uchun
kerak!- Jek Londonning xayoliy bir hikoyasi bor edi shekilli,—
dedi Anvar.- Hikoya qahramoni xayoliy yo'llar bilan Amerikada
kapitalizmni yiqitib, o‘miga boshqa tuzumni quradi. Lekin Amerika
xalqi
0
‘shanaqa xayoliy qurollami o‘ylab topguncha boshqa bir
xalq oddiy miltiq bilan kurashib kapitalizmni yiqitdi.
Biz ham
shu yo'ldan borib, avtomobilni uchar qiladigan bo‘yoq
topilmaguncha ro‘para kelgan oddiy tayoqni ko‘tarib jangga
kirishimiz osonroq!
- Qani o‘sha oddiy tayoq?— dedi Muhayyo.
Anvar uning qo'lini ushladi.
- Jasorat!
Muhayyo qip-qizarib yergaqaradi.
- Mening qo‘limdan nima keladi...
- Qoiingizdan hech narsa kelmaydimi? Hech narsa kerak
emas, menga faqat xalal bermasangiz bo'ldi! M arg‘uba
ammam
mendan kechib yuborishi mumkin, bu juda ham
katta musibat emas! Lekin sizning ota-onangiz sizdan
kechishmaydi, qo'rqmang!
Muhayyo hamon yerga qaraganicha
eshitilar-eshitilmas
dedi:
- Dadam durustlar, ayam eskicharoq...
Muhayyo qorong‘i tushib, teraklar orasidan zo‘riqqanday
ko‘kimtir qizil oy ko‘tarilganda ketgani qo‘zg‘aldi. Anvar
45
uni xilvat, oydinda ola-chalpoq yo'laklardan uyiga eltib qo‘ydi.
U lar ko‘chaning bu yuzidagi kattakon qayrag‘och tagida
to‘xtashdi. Muhayyo xayrlashgani qo‘l berdi.
Anvar uning
qo‘lini qattiq qisib o‘ziga tortdi, Muhayyo yaqinroq kelib
ikkinchi qo'lini uning ko‘kragiga qo‘ydi. Anvar o‘tgan safar
yuzidan o‘pgani intilganida Muhayyo xafa bo‘laman
degani
uchun yana qo‘lidan o‘pdi, qayta-qayta o'pib yuziga surkadi.
Muhayyo bu safar qo‘lini tortib olmadi, lekin xavotir olib
ko‘chaning u yuziga qaradi.
Eshik oldida onasi qop-qora
haykalday bo‘lib turar edi. Muhayyo “voy o‘lay!” deganicha
yo‘lkani qiyalab, onasining ro‘parasidan ko‘chaning u yuziga
o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: