Uchinchidan, akkreditatsiya qarori ishga oluvchilar va bо‘lajak xodimlar о‘rtasida о‘ziga xos “kо‘prik” vazifasini о‘taydi. Ishga oluvchilar bо‘lajak xodimlarning ma’lumoti tо‘g‘risidagi hujjatlarni baholashda tegishli oliy ta’lim muassasasi va uning о‘quv dasturlari akkreditatsiyalangan maqomiga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda maktab konsultantlari kasbga yо‘naltirishda akkreditatsiya maqomidan, muhim omil sifatida, bо‘lajak talabalarga muayyan ta’lim muassasasi va о‘quv dasturini tavsiya etishda foydalanadi.
Nihoyat, akkreditatsiya jarayoni ta’lim muassasasi uchun ta’lim mezonlari va ta’lim sifatini yaxshilashga yuqori talablar qо‘yish uchun zarur.
Akkreditatsiya jarayoni о‘z-о‘zini attestatsiyalashdan boshlanadi. Bunda ta’lim muassasalari о‘zining ahvoli va faoliyatini, о‘z tayyorlov dasturlarini erishilgan muvaffaqiyatini va uning о‘z oldiga qо‘ygan avvalgi maqsadlariga mosligini har tomonlama aniqlash maqsadida baholaydi. О‘z-о‘zini attestatsiyalashda qatnashchilar – ta’lim olayotganlar, о‘qituvchilar, ma’muriyat, sobiq talabalar uyushmasi, xomiylik kengashi, qator hollarda mahalliy jamoa keng doirasi manfaatlari obyektiv tarzda tadqiq etiladi. Mazkur tadqiqot attestatsiya komissiyasi tomonidan, shu jumladan о‘qituvchilar tarkibi bо‘yicha tadqiqot natijalari ham ularning о‘z-*о‘zini attestatsiyalashi asosida umuman ta’lim muassasasini baholashga asos bо‘ladi. Akkreditatsiya komissiyasi yana о‘qituvchi xodimlar tashqi attestatsiyani о‘tkazadi va uning natijalarini о‘z-zini attestatsiyalash natijalari bilan taqqoslanadi. Tashqi attestatsiya nozirlar guruhi tomonidan о‘tkaziladi, bular ta’lim tizimi mutaxassis xodimlardan iborat attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiradi.
Ta’lim muassasalari, shu jumladan о‘qituvchi xodimlar tashqi attestatsiyasi va о‘z-о‘zini attestatsiyalash deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda о‘tkaziladi. Har ikki tur attestatsiya о‘z afzallik va kamchilik tomonlariga ega bо‘lgan holda, bir-birini tо‘ldiradi va ta’lim muassasasi haqida tо‘liq tasavvur beradi.
Tashqi attestatsiya davlat ta’lim standartlarini joriy etishda ta’lim muassasasini hosil tekshirish kafolatini beradi. U о‘quv-tarbiya jarayoni butkul muammolarini ochishga va unda yaxshi tomonga о‘zgarish yasash keng istiqbolini ta’minlashga xizmat qiladi.
О‘z-о‘zini attestatsiyalashda ta’lim muassasasidagi ish maromini buzishga hojat yо‘q. О‘z-о‘zini attestatsiyalash asosiy e’tiborni о‘qituvchilar malakasiga qaratadi va ularga tashqi attestatsiyadan farqli о‘laroq kamroq ruhiy ta’sir о‘tkazadi. Shu bilan birga о‘z-о‘zini attestatsiyalar ozmi kо‘pmi muntazam jarayon hisoblanadi va ta’lim muassasasini har qanday faoliyat turiga taaluqli bо‘lishi mumkin. Lekin о‘z-о‘zini attestatsiyalash ta’lim muassasasi va uning о‘qituvchilari tarkibining faoliyati obyektiv baholanishini kafolatlamaydi. Attestatsiyada va о‘z-о‘zini attestatsiyadan о‘tkazishda (ta’lim muassasasi va о‘qituvchilar tarkibini) talabalar va ularning ota-onalaridan sо‘rab о‘tkazish muhim о‘rin tutadi. Talabalar bevosita ta’limiy xizmat talabgorlari hisoblanadilar.
Rivojlangan mamlakatlarda attestatsiya va о‘z-о‘zini attestatsiyalash bir-biri bilan turlicha muddat va funksiyaviy bog‘liqlikka ega. U, norveg ma’rifatparvari Trond Alevik tasnifiga kо‘ra, bir vaktda, ketma-ketlikda yoki birgalikda о‘tkazilishi mumkin.
Bir vaqtda (parallel) о‘tadigan attestatsiya va о‘z-о‘zini attestatsiyalashda tashqi idora hamda ta’lim muassasasi har biri о‘z bahosini beradi. Tekshiruv sо‘ngida natijalarni almashadilar va ularni qiyoslaydilar.
Ketma-ket attestatsiyada va о‘z-о‘zini attestatsiyalashda avval ta’lim muassasasi о‘z faoliyatini baholaydi, sо‘ng tashqi idora bulardan о‘z nazoratida asosi sifatida foydalanadi.
Birgalikdagi attestatsiyada tomonlar baholash jarayoni xususida kelishib oladilar. Bunda manfaatlar turliligi va shu bilan bir vaqtda barcha nuqtai nazarlar e’tiborga olinadi. Hozirgi vaqtda kо‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda attestatsiya va о‘z-о‘zini attestatsiyalashni ketma-ket yoki birgalikda о‘tkazishga harakat qilinadi, bunda ta’lim oluvchilar va ular ota-onalari sо‘rovini о‘tkazishga katta e’tibor beradilar.
О‘zbekistonda ta’lim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazishda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish pedagog xodimlar va ta’lim muassasasining attestatsiyalash boshqarmasi о‘tkazgan davlatattestatsiyasi qо‘shib olib boriladi. Agar ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan ta’sis etilgan bо‘lsa, unda u attestatsiyadan о‘tguniga qadar akkreditatsiyadan о‘tgan hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimini davlat attestatsiyasidan о‘tkazish О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. U quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- ta’lim muassasalarini, ularning о‘quv, metodika, ilmiy va tarbiyaviy faoliyati natijalari О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, davlat ta’lim standartlari va bashqa meyoriy hujjatlarining talablarga muvofiqligi aniqlanadi;
- ta’lim muassasalari rahbarlarini, ular kasbiy sifatlarini va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini bajarish ;
- pedagog mutaxassislar, ular kasbiy sifatlarini, о‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqiy faoliyatlari oqibat-natijalarini obyektiv baholash maqsadida.
Davlat attestatsiyasi 5 yilda kamida bir marta о‘tkaziladi.
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash bо‘yicha mamlakatimiz modelining kamchiligi bо‘lib, о‘z-о‘zini attestatsiyalashning mavjud emasligi hisoblanadi. Bu esa о‘ziga xos xususiyatga ega о‘z-о‘ziga tashxis qо‘yishdir. Rivojlangan mamlakatlarda mazkurtartib natijalariga kо‘ra ta’lim muassasasini rivojlantirish yillik rejasi tuziladi va amalga oshiriladi. Bu О‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi uchun ham maqsadga muvofiqdir.