1.Innovatsiya nima uchun kerak?
Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.
"Innovatsiya" soʻzi koʻp yangraydigan boʻlib qoldi, uni elektron va bosma nashrlarda, radio orqali, aksariyat vazirliklar yillik ish dasturlarida ham uchratish mumkin. Eʼtibor bersam, yaqinlarim davrasida ham bu soʻz tez-tez jaranglay boshlabdi. Bu atamaning maʼnosi nima va uning kundalik hayotimizga singdirilishi mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar muhim?
Toshkentdagi Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etilishi haqida eʼlon qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʻlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʻlmaydi. Bu sohadagi oʻzgarishlarni xalqimizga keng targʻib qilmasak, odamlarda koʻnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʻlolmaymiz", degan edi.
Joriy yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili", deb eʼlon qilingach, mamlakatda "innovatsiya" soʻzi koʻp yangray boshladi: oynai jahonda ham, elektron va bosma nashrlarda ham, radio orqali ham, hatto, aksariyat vazirliklar yillik ish dasturlarida ham aynan shu vaqtgacha bizga deyarli notanish boʻlgan "innovatsiya" soʻzini uchratish mumkin.
"Innovatsion gʻoya" berish topshirigʻini olgan aksariyat fuqarolar bu soʻzning maʼno-mazmuni, mohiyatini toʻliq anglagani yoʻq. "Innovatsion gʻoya berishim kerak ekan. U nima oʻzi?" degan savol bilan bir-biriga murojaat qilayotgan fuqarolar soni bugun koʻpaygani rost.Chunki bugun innovatsion gʻoyalar, yangiliklar — mamlakatning rivojlanish darajasini belgilab bermoqda.
Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakili Xideki Mori Oʻzbekiston Respublikasi 2030 yilga kelib daromadi oʻrtadan yuqori boʻlgan mamlakatga aylanishini prognoz qilgan edi.
Innovatsiyalar ahamiyatini baholash oʻta murakkab. Bugungi kunda siz-u bizning hayotimizni oʻzgartirgan innovatsiyalarning aksariyati ilmiy laboratoriyalarda dunyoga kelgan. Olimlar koʻplab organizmlarning genetik tarkibini aniqlashga muvaffaq boʻldilar, bu esa biotexnologiyalar — organizmdagi genetik materiallarni boshqarish haqidagi fanning rivojlanishiga olib keldi.
Shuningdek, yangi texnologiyalar jinoyatlar surishtiruvini oʻtkazish va jinoyatchilarni izlash usullarini oʻzgartirmoqda.
Innovatsion oʻzgarishlarning aksariyat qismi hayotimizga sanoat tovarlari bilan kirib keladi va hayot tarzimizni yaxshilashga, yengillashtirishga qaratilgan. Misol uchun, elektron-nurli televizor va monitorlardan suyuq kristalli ekranlarga oʻtish. Uyali aloqa vositalarining kirib kelishi yana bir yaxshi innovatsion yangilikka misol boʻla oladi. Umuman, yoppasiga xaridor qiziqishiga sabab boʻlayotgan tovarlar borki, singdirilgan innovatsiyaga misol tarzida qoʻllasa boʻladi.
Deylik, chang yigʻuvchi xaltasi boʻlmagan changyutgichlar (bu ajoyib kashfiyot uy bekalarimiz tomonidan munosib baholanishi, shubhasiz), raqamli fotoapparatlar va videokameralar va boshqa koʻplab tovarlar ortida innovatsion yangiliklar turadi.
Eslatib oʻtmoqchiman, 2020 yil oxirida Parlamentga yoʻllagan murojaatnomasida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi ilm-fan ahvolini qattiq tanqid qilgan va 25 yil davomida mamlakat ilm-fan bilan shugʻullanmaganini, balki borini yoʻq qilganini aytgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |