Mudarija kirish I. Bob. Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma’lumot



Download 0,71 Mb.
bet1/6
Sana23.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#843546
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\' va O\' mashqlaridan,.......


MUDARIJA
KIRISH


I. BOB. MASHINASOZLIK CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT………………………………………………………………………4

    1. Mashinasozlik chizmalari haqida………… ……………………………………..4

    2. Mashinasozlik chizmalarining turlari………………………………………..…....11



II. BOB. MASHINASOZLIK CHIZMALARIGA O’LCHAMLAR QO’YISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ………….………….…..23
2.1. Mashinasozlik chizmalariga o’lchamlar qo‘yish………… …..……………..23
2.2 Mashinasozlik chizmalariga o’lchamlar qo’yishning o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….25


X U L O S A……………………………………………………………………..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..….30
Mashinasozlik chizmalariga o’lchamlar qoyishning oziga xos xususiyatlari
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab har bir sohada sobitqadamlik bilan ish yuritish boshlandi, binobarin ta’lim sohasida ham. Ayniqsa, so‘ngi yillarda umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’limni tubdan isloh qilish va uni rivojlantirishga, jamiyatda o‘qituvchi va ustozlaming mavqeyini, obro‘yini yanada ko‘tarish masalalariga shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bilan katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2017-2021 yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, jumladan, jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat ’iy hayotiy nuqtayinazariga ega, Vatanga sodiqyoshlami tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolikjamiyatini rivojlantirish jarayonida ularnuig ijtimoiy faolligini oshirish» kabi vazifalar qo‘yildi’. Bunday intellektual salohiyatli mutaxassislami voyaga yetkazishda muhandislik grafikasi fanlarining ham o ‘z o ‘mi va amaliy ahamiyati mavjud. Inson faoliyatining deyarli hamma sohalari uchun zarur bo‘lgan chizm alami o‘qish va bajarish ishlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik o ‘zi uchun qulay bo‘lgan bilish vositasiga ham ega bo‘ladi. Shunga asosan hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizmaga g‘ oyat katta e’tibor berilib, unga bir qator talablar ham qo‘yilmoqda. Bu talablarning barchasini bilish va chizmani bajarishda qabul qilingan turli belgilami, qoidalami o ‘zlashtirish va uni tushunish, albatta, maxsus tayyorgarlikni hamda mukammal grafik savodxonlikni talab qiladi. Demak, chizmalar chizish va grafik masalalami yechishni har bir inson, ayniqsa, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassis yaxshi bilishi, uni o'zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bu esa, ta’lim tizimida har bir ta’­ lim yo'nalishlari va sohalariga m o‘ljallangan fan va maxsus kurslar, asosan, chizmachilik fanini o‘rganish va o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 1 http:strategy.regulation.gov.uz. 3 Chizma - qayta tiklanish xususiyatiga ega bo‘lgan konstruktorlik hujjatidir. Ya’ni, buyumning aniq shakli buzilmagan holda va o‘lchamlarini to ‘liq ko'rsata oladigan tekislikdagi k o ‘rinishidir. Mazkur chizma asosida buyumni qayta tiklash, tayyorlash mumkin bo‘ladi. Bunday chizmalami tuzish va uni o ‘qish qoidalari chizmachilik fanida o‘rganiladi. Chizmachilik fani mazmuniga ko‘ra quyidagi beshta bo‘limdan iborat: «Geometrik chizmachilik», «Proyeksion chizmachilik», «Mashinasozlik chizmachiligi», «Qurilish chizmachiligi», «Topografik chizmachilik». Talabalar, sizlar chizma geometriya fanida figuralarni matematik nuqtayi nazardan nazariy o ‘rganasizlar. Chizmachilik fanida esa ularni tekislikda chizish yo‘li bilan amaliy о ‘ rganasizlar. Shuning uchun geometrik figuralarni avval nazariy bilim olish yo‘li bilan so‘ngra, chizmalarini amalda chizish orqali anglash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Demak, chizmachilik fanining grammatikasi chizma geometriya deb qaralsa, chizma geometriyaning asosi geometriya fani ekan. Har bir konstruktor u yoki bu buyumni loyihalash jarayonida o‘zining eng oliy darajasi - ijodiy faoliyatini ishga solishda, avval geometriyadan olgan bilimlarini hisobga olgan holda eng optimal qaror qabul qiladi. Chunki har bir loyihalanayotgan buyumda texnik, texnologik va iqtisodiy masalalar shartlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Ma’Iumki, har qanday ixtiro qilinayotgan buyumning turli grafik tasvirlari chiziladi, mustahkamliligi va chidam liligi faqat uning geometriyasi orqali matematik modellash yo‘li bilan aniqlanib, sinovdan o‘tkaziladi. Bo‘lajak texnika mutaxassisi, chizmachilik fani o‘qituvchisi, istalgan soha vakili, hattoki oddiy bir inson ham buyumlarning chizmasidan uning ishlash prinsipi, undan foydalanish va iloji bo‘lsa, uni ta’mirlashni bilishi lozim. Buning uchun mutaxassis grafik savodxon bo‘lishi kerak. Chizmachilik fani o'quvchi va talabalami grafik savodxonlikka o‘rgatadi. Talabaning fan doirasida egallagan nazariy bilimlari buyumning chizmasini tuzishga qaratilgan grafik ishlar orqali mustahkamlanadi. M ashinasozlik chizm achiligidan bajariladigan grafik ishlar mazmunidan kelib chiqqan holda grafik vazifalami qanday bajarishga oid namunali chizmalar va variantlar to‘plamiga ehtiyoj mavjud.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish