O‘qituvchi: To‘g‘ri, Shoikromday mehnatkash, sabr-qanoatli odamda ham faqat o‘zini o‘ylash, xudbinlik, shafqatsizlik kabi illatlarini nima yuzaga chiqardi?
O‘quvchilar: Urush. «Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi» deganda yozuvchi haq edi. Ana shu yomonlarning harakatlari Shoikromday yigitning ham ongiga ta’sirini o‘tkazdi.
O‘qituvchi: Endigi bosqichimizda hikoyaning boshqa personajlari hatti-harakatlarini chuqurroq o‘rganib tahlil qilsak. Bu bizga qotillikni keltirib chiqargan ba’zi sabablarni topishimizda yordam beradi. Izquvarlar va zukkolar qotillikka dahldor bo‘lgan isbot va dalillarni keltirishi bu ishimizga aniqlik kiritadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |