Qoralovchilar guruhi: Shoikrom - bemehr inson. U keksayib qolgan onasidan, o‘lim to‘shagida yotgan ukasi Shone’matdan haftalab xabar olib turmaydi. Hatto kechasi bezovta bo‘lib yig‘layotgan chaqaloqning, o‘z bolasining ovozi ham unga yoqmaydi.
Oqlovchilar guruhi: Bu fikringizga qo‘shilmayman. Shoikrom la’nati urush tufayli kambag‘allashib ketgan. U ertadan yarim kechagacha Tekstilda ishlaydi. Horg‘in holda ishdan qaytadi. Umri xola chiqqan kuni choy ichib o‘tirib, onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini ko‘rib eziladi. Ukasidan xabar ololmaganidan afsuslanib xo‘rsinadi. Ocharchilik, qashshoqlikda uchta bolani boqish og‘irligidan urushda o‘lib ketishni afzal ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |