Muayyan sharoitda yashadigan (ijtimoiy-madaniy. moddiy, iqtisodiy-siyosiy, biologik) xususiyatlarga ega bo‘lgan odamlar guruhiga aytiladi. Odamlarning o‘zaro kelishib birgalikda yashaydigan joy, bu joyga birgalikda sog‘liq muommlarini hal qilishi uchun odamlar jamoasiga tibbiyot xodimi zarur. Boshqacha qilib aytganda jismoniy va geografik joy: qo‘shnilar, ko‘cha. mahalla, maktab hududi, kollej va litseylar. Odamlarning aniq yoki maxsus guruhi – bir xil sifatli xususiyatlar bilan jamoada yashovchi odamlar guruhidir. Jamoani jismoniy va geogrfik joy deb emas, balki muayyan muhitda (moddiy, ijtimoiy, geografik muhitda, umumiy madaniyat, me’yorlar va tizim bilan birga) yashaydigan odamlar guruhi sifatida anglash zarur. Sog‘lom jamoa tavsifi: 1. Jamoa aholisida jamoaga mansubligini kuchli his qilish. 2. Kelajakdagi hayotiy sharoitlarni hisobga olib, tabiiy resuslardan samarali foydalanish. 6 3. Kamchilik va kichik guruhlarning fikri hurmat qilinadi va ularning faoliyatida ishtirok etishlari rag‘batlantiriladi. 4. Favqulodda vaziyatlarda tadbirlar o‘tkaziladi. 5. Muammolar hal qilinadi. 6. Aloqa o‘rnatishning ochiq turi yo‘lga qo‘yiladi. 7. Har qanday odam ijtimoiy resuslarni to‘ g‘ri qo‘llashi uchun hamma narsa o‘ylab rejalshtirilgan. 8. Nizolarni qonun asosda hal qilishning samarali usullari mavjud. 9. Qaror qabul qilishda jamoa aholisining ko‘p jihatdan qatnashishi rag‘batlantiriladi. 10. Farovonlikning yuqori darajasi ustuvorligi. Hayot – bu nima? 1. Odamlarning bu dunyoda yashashi. 2. Yashash uchun zarur mablag‘larni boshqarish kabi moliyaviy tomonlari mavjud. Odamlarning yashashiga hayot anamnezi (tarixi), bunday odamlarning qadriyatlari va shaxsiy fikrlari, turmush tarzi va turmush odatlari, mintaqaviy xususiyatlari, turmush sharoitlari va ijtimoiy me’yorlari kabi turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni hayot – bu keng ma’nodagi o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, odamning qachon, qayerda va kim bilan bo‘lish xohishini, nima bilan shug‘ullanish istagini (ish, ijtimoiy roli) va havotning maqsadi nima ekanligini aks ettiradi. Jamoada hamshiralik ishining ta’rifi 1) Jamoda hamshiralik ishining JSST bo‘yicha ta’rifi (1974- yil 30-iyun). Jamoada hamshiralik ishi – oilaviy hamshiralik parvarishi bo‘lib uning birligi oiladir; jamoaning sog‘liq bo‘yicha ehtiyojlarini aniqlaydi. Oilalarda hamshiralik parvarishini olib boradi, uning obyekti – oila hisoblanadi. Jamoada hamshiralik 7 ishi jamoalaming sog‘liqni saqlash tarkibiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va tibbiy xodimlarning bu tarkibini a’zolari sifatida burchlarini bajarishdan iborat. 2) Jamoada hamshiralik ishining R. Friman bo‘yicha ta’rifi (1970-yilAQSH). Jamoada hamshiralik ishi muayyan uyshmalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va bu uyshmalar faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy zaxiralarni hamda ijtimoiy shariotlaming o‘zgarishini rag‘batlantiradi va tartibga soladi. Jamoada hamshiralik ishi uyshmalar va ularning sog‘iigiga hamda ushbu uyshmalarning sog‘lig‘ini yaxshilashga taalluqli bo‘lgan parvarish tizimining islohotlariga qaratilgan.
Jamoada hamshiralik ishining madsadi – rivojlanish bosqichi va sog‘liq darajasidan qat’i nazar, jamoada yashovchi barcha odamlarga yordam ko‘rsatish, ularning o‘z kuchlari bilan sog‘liqni saqlashi va yaxshilashiga o‘rgatishga qaratilgan. Buning uchun hamshira sog‘liqni saqlash tarkibining a’zosi sifatida, sog‘liq g‘oyasiga asoslanib, shaxs, oila, qo‘shnilar, guruhlar va jamoa sog‘lig‘ini saqlashni amalga oshiradi, zarur bo‘lgan sharoitlarni tartibga soladi. Jamoada hamshiralik ishi fani – yuqorida aytilgan ta’riflarga ega bo‘lishning asosiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi fandir va bu fan «tibbiyot», «etika», «ijtimoiy sog‘liqni saqlash», «sotsiyologiya» kabi turli fanlarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘rganadi.
Jamoada hamshiralik ishi faninig madsadi va vazifalari. Jamoada hamshiralik ishi fanining madsadi Jamoada hamshiralik ishining madsadi – rivojlanish bosqichi va sog‘liq darajasidan qat’i nazar, jamoada yashovchi barcha odamlarga yordam ko‘rsatish, ularning o‘z kuchlari bilan sog‘liqni saqlashi va yaxshilashiga o‘rgatishga qaratilgan. Buning uchun hamshira sog‘liqni saqlash tarkibining a’zosi sifatida, sog‘liq g‘oyasiga asoslanib, shaxs, oila, qo‘shnilar, guruhlar va jamoa sog‘lig‘ini saqlashni amalga oshiradi, zarur bo‘lgan sharoitlarni tartibga soladi. Jamoada hamshiralik ishi fani – yuqorida aytilgan ta’riflarga ega bo‘lishning asosiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi fandir va bu fan «tibbiyot», «etika», «ijtimoiy sog‘liqni saqlash», «sotsiyologiya» kabi turli fanlarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘rganadi. Jamoada hamshiralik ishi fanining vazifalari Shaxs, oila va uyshmalarning sog‘ligi bo‘yicha muammolarni erta aniqlash. 8 Shaxs, oila va uyshmalarga taalluqli parvarish rejalarini tuzish (hamshiralik jarayoni). Shaxs, oila va uyshmalarning o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish qobiliyatini hisobga olib, hamshira xizmatlarini ko‘rsatish. Shaxs, oila va uyshmalarning mustaqil kasalliklarni oldini olish tadbirlariga ko‘maklashish. Shaxs, oila va uyushmalarni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha qobiliyatlarini shakillantirish. Jamoada hamshiralik ishining tarkibiy qismlari Jamoada hamshiralik ishining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi. 1. Odamlar, atrof-muhit, sog‘liq, hamshiralik ishi. Jamoada hamshirlik ishining tarkibiy qismlari – odamlar guruhi, atrof-muhit, sog‘liq va hayot sifatlari, parvarish (ijtimoiy parvarish) va boshqalar. Jamoada ishlaydigan hamshiraning roli – obyekti (shaxs, oila, guruh, jamoaning barcha aholisi) bilan aloqani saqlab, muhit sharoitlarini boshqarish hamda obyektlarning sog‘lom turmush tarzining saqlanishi va yaxshilanishini tekshirish. Buning uchun obyektlarning ehtiyojlarini to‘g‘ri tushunib yetish va ushbu ehtiyojlarga muvofiq ravishda rejani tuzish, amalga oshirish va baholash bo‘yicha qobiliyatlarni va ko‘nikmalarni ishlab chiqish.
Jamoada hamshiralik ishi faoliyat ko‘rsatish joylari tibbiy punktlar, qishloq vrachlik punkti, shahar oilaviy poliklinikalari, uy, maktab, korxona va boshqalar. Jamoa hamshiralari faoliyat obyektlari - shaxs, oila, odamlar guruhlari va butun jamoa. Shifoxonada hamshiralik ishi va jamoada hamshiralik ishini bir-biri bilan taqqoslaganda jamoada hamshiralik ishi faoliyati kengdir va u sog‘liqninig turli darajasidagi barcha odamlarni, hamda turli faoliyat ko‘rsatish joylarini qamrab oladi. Bundan tashqari, asosiy fanlarning keng ko‘nikmalariga ega.
Jamoadagi sog‘liqni saqlashda hamshiralik ishi Qishloq vrachlik punkti, oilaviy poliklinikadagi faoliyati: QVP - bu qishloq aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimidagi birlamchi bo‘g‘in bo‘lib, mazkur muassasada aholiga shifokordan dastlabki va birinchi shifokorlik yordami ko‘rsatiladi hamda kasalliklarni oldini olish maqsadida profilaktik emlash va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Poliklinika - aholi zichligi yuqori bo‘lgan katta shaharlarda yashovchi odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimidagi birlamchi bo‘g‘ini. Ushbu muassasada aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatiladi, o‘tkir va surunkali kasalliklarning davolanishi, kasalliklarni oldini olish maqsadida emlashlar va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi. Jamoa sog‘lig‘ini saqlashda hamshiralik ishi obyektlari QVP, oilaviy poliklinika xizmatlaridan foydalanuvchi barcha bemorlar, ularning oilalari hamda jamoaning hamma fuqarolarijamoadagi sog‘liqni saqlash hamshiralik ishi obyektlari hisoblanadi. Uydagi hamshiralik parvarishi 1. Oilaviy poliklinikadagi hamshira faoliyati. Ambulator bemorga hamda uyda davolanayotgan bemorga va uning oilasiga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, kasalliklarning oldini olish choralari, kasalliklarning erta aniqlanish va davolanish ishlari o‘tkaziladi. Uydagi hamshiralik parvarishining obyektlari. Bolalar, kattalar, har qanday yoshdagi keksa odamlar va ular-ning oilalari, sog‘liq darajasidan qat’i nazar barcha odamlar, nogironlar hamda ularning oilalari uydagi hamshiralik parvarishining obyektlari hisoblanadi.
Maktabdagi hamshiralik parvarishi 1. Maktab, litsey, kollejdagi faoliyati. 12 Sog‘liq haqidagi bilimlar va ko‘nikmalarni egallash, o‘quvchilar, o‘smirlar, hamda bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich, o‘rta va maxsus maktablarning o‘quvchilari jismoniy va ruhiy rivojlanishini baholash va ularning sog‘lom rivojlanishiga yordam ko‘rsatadi. 2. Maktabdagi hamshiralik parvarishi obyektlari. O‘quv yurtlarining o‘quvchilari va talabalari hamda ularning o‘qituvchilari maktabdagi hamshiralik parvarishining obyektlaridir. Ishlab chiqarishdagi hamshiralik parvarishi 1. Korxonalar, ish joylaridagi faoliyati. Ish sharoitlarini tayyorlash, shoshilinch yordam ko‘rsatish, kasalliklarning (kasb kasaliklari) oldini olish tadbirlari o‘tkaziladi, kasalliklarni erta aniqlash (tibbiy ko‘rik), davolash va sog‘liqni mustahakamlashda yordam ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishdagi hamshiralik parvarishining obyektlari ishchilar va ularning oila a’zolaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |