Muassasasi hamkorligi mazmuni



Download 464,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.06.2021
Hajmi464,6 Kb.
#72166
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-maruza matni-2



10-mavzu. BOLA TARBIYASIDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM 

MUASSASASI HAMKORLIGI MAZMUNI 

REJA: 

10.1.  Oila,  mahalla  va  ta'lim  muassasasi    hamkorligi  kontseptsiyasi  va  uning 

mohiyati. 

10.2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi  hamkorligini 

amalga oshirish mexanizmi. 

10.3.  Oila,  mahalla  va  ta'lim  muassasasi    hamkorligida  tashkil  etiladigan 

pedagogik faoliyat mazmuni. 

 

Tayanch  tushunchalar:      oila,  mahalla,  ta'lim  muassasasi,  ta'lim 

muassasasining  oila  bilan  olib  boradigan  faoliyati,  oila,  mahalla  va  ta'lim 

muassasasi hamkorligi. 

 

10.1. Oila, mahalla va ta'lim muassasasi  hamkorligi kontseptsiyasi va 

uning mohiyati 

Oila,  mahalla  va  ta'lim  muassasasi    hamkorligi  kontseptsiyasi.  Huquqiy 

davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  yo'lini  tanlagan  mamlakatimizda  oila,  mahalla 

va ta'lim  muassasasi  hamkorligi  va unda shaxs tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatuvchi 

milliy  qadriyatlar  yil  sayin  qadr  topib,  nufuzi  oshib  bormoqda.  Buning  asosiy 

sababi  davlatimiz  tomonidan  ijtimoiy  institutlarga  har  tomonlama  e'tibor 

qaratilayotgan  bo'lsa,  ikkinchi  tomondan  mustaqillik  bergan  imkoniyat  tufayli 

qo'lga kiritilgan milliy qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma'noda olib 

qaralganda,  ijtimoiy  inostitutlar  va  uning  muammolari  bo'yicha  ilmiy  asoslangan 

tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo'lib qolaveradi. 

Tarbiya  jarayoni  ishtirokchilari  sa'yi  harakatlarini  birlashtirish  maqsadida 

1993  yilda  ishlab  chiqilgan  “Oila,  mahalla  va  ta'lim  muassasasi  hamkorligi”  

Kontseptsiyasi  yoshlarni  istiqlol  g'oyalariga  sadoqatli,  ma'naviy  barkamol, 

vatanparvar  qilib  tarbiyalashda  keng  jamoatchilik  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

borasida dasturulamal bo'ldi. 

“Oila,  mahalla,  ta'lim  muassasasi    hamkorligi”  Kontseptsiyasining  asosiy 

maqsadi yosh avlodni  ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'zbek xalqining boy milliy, 

madaniy, tarixiy an'analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 

samarali,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyaning  ishlab  chiqilib,  amaliyotga  joriy 

etish,  shaxsni  tarbiyalash  va  uni  har  tomonlama  kamol  toptirishning  ustuvorligini 

ta'minlash,  ota-onalar,  pedagoglar  va  mahalla  faollarining  umumiy  hamda  milliy 

pedagogik  madaniyatni  oshirish,  respublika  fuqarolari  orasida  milliy  mafkuraviy 

tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir. 




Kontseptsiyada  jamiyat  taraqqiyotining  ma'naviy-axloqiy  negizi  bo'lgan 

milliy  va  umuman  insoniy  qadriyatlar,  milliy  va  umuminsoniy  tarbiyaning  o'zaro 

aloqasi  hamda  muhim  yo'nalishlari  belgilab  olingan.  Chunonchi,  mahalla,  oila  va 

ta'lim  muassasasi  hamkorligida  milliy  tarbiya  yo'nalishda  yoshlarning  o'zlikni 

anglash,  vatanparvarlik,  milliy  g'urur,  millatlararo  muloqot  madaniyati,  milliy 

mafkuraviy  onglilik,  milliy  odob,  fidoyilik  kabi  fazilatlarni  o'zlashtira  olishlari 

zarurligi  ko'rsatilgan  bo'lsa,  umuminsoniy  yo'nalishda  hamkorlikdagi  pedagogik 

faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa 

tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga e'tibor qaratilgan. 

Oila, mahalla va ta'lim muassasasi  hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida 

yo'lga qo'yiladi: 

1.  Ta'lim 

va  tarbiya  sohasida 

hamkorlik  jarayoni 

ishtirokchilari 

harakatlarining ish birligi. 

2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg'unligi. 

3. Hamkorlik  jarayoni  sub'ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas'uliyati. 

4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi. 

5. Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi. 

Kontseptsiyada  yoshlarni  tarbiyalashda  oila,  mahalla  va  ta'lim  muassasasi  

hamkorligiga  erishish  muayyan  bosqichlarda  amalga  oshirilishi  ko'rsatilgan.  Ular 

quyidagilardir: 

1-bosqich.  Yosh  ota-onalarga  farzand  va  uning  tarbiyasi  haqida  falsafiy, 

tibbiy tushunchalarni 

berish  va  bu  masalalarga  tibbiyot  xodimlari,  obro'li  xotin-qizlarni,  ota-

onalarni  jalb  qilib,  “Yosh  onalar  va  otalar  maktablari”  faoliyatini  yo'lga  qo'yish 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

2-bosqich.  Farzandning  maktabgacha  bo'lgan  davridagi  jismoniy,  aqliy  va 

ma'naviy  rivojlanishini  ta'minlash  borasida  ularga  rasm  chizish,  voqealarni  bayon 

qilish,  o'ziga  o'zi  xizmat  qilish,  harf  tanish,  qo'shiq  aytish  va  raqs  tushish,  turli 

o'yinlarda  ongli  qatnashish  tushunchalarini  singdirish  va  mustaqil  ravishda  bilim 

olish  ko'nikmalarini  shakllantirish  yuzasidan  maktabga  tayyorlash  guruhlari, 

“Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish. 

3-bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, 

ma'naviy va ijtimoiy shakllanishini ta'minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy 

imkoniyatlarini  aniqlash,  o'z  xatgi-harakatlariga  javobgarlik  hissini  tarbiyalash, 

bo'sh  vaqtini  to'g'ri  tashkil  qilishni  o'rgatish,  atrof-muhitga  ongli  munosabatda 

bo'lib, do'stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish. 

4-bosqich.  O'smirlarning  (11-16  yosh)  qiziqishini,  bilimga  chanqoqlik  va  akl 

zakovatini  hisobga  olgan  holda  ijtimoiy  faoliyatga  tortish,  jismonan  baquvvat 

bo'lishini  ta'minlash,  maishiy  mehnat  faoliyati  orqali  turli  kasblarga  yo'naltirish, 




o'smirlar  guruhlari  va  jamoatchilik  orasida  o'z  o'rnini  topa  olishiga  ko'maklashish, 

o'z  xatti-harakatlari  uchun  jamiyat,  qonun  va  ota-onalari  oldida  javobgarlik 

tuyg'usini  shakllantirish,  ijtimoiy  faolligi  va  mustaqil  dunyoqarashini  yuzaga 

keltirish. 

5-bosqich.  Yoshlarni  (16  yosh  va  undan  yuqori)  dunyo  andozalariga  mos 

bilim  olishlari,  kasb  tanlashlari,  mustaqil  hayotga  tayyorgarliqlarini  ta'minlash. 

Ularning  imkoniyatlari  darajasida  ta'lim  olishlariga,  tanlagan  kasblari  bo'yicha  ish 

bilan  ta'minlanishlariga,  iqtisodiy  mustaqil  bo'lishlariga  shart-sharoit  yaratish. 

Vatan,  Davlat  va  jamiyat  oldidagi  fuqarolik  burchlarini  ado  etishga  javobgarlik 

hissini to'la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash. 

O'zbekistonda  sog'lom  avlodni  tarbiyalashda  oila-mahalla-ta'lim  muassasasi 

hamkorligini  ta'minlash  samaralarining  garovidir.  Bu  borada  hukumat  tomonidan 

amalga oshirilayotgan ustivor yo'nalishlar quyidagilardan iboratdir: 

-  oila,  mahalla,  ta'lim  muassasalari  hamkorligini  ta'minlashning  huquqiy 

bazasini  takomillashtirish,  hamkorlikning  kuchayishiga  qaratilgan  uslubiy 

ta'minotni mustahkamlash; 

- oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish; 

-  o'quvchi  yoshlarga  ta'lim  berish,  ularni  tarbiyalash,  iqtidorli  yoshlarni 

qo'llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo'yicha kasbga yo'naltirish; 

-  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  oilalarni  moddiy  va  ma'naviy  jihatdan  qo'llab-

quvvatlash; 

-  voyaga  yetmagan  o'smirlar  va  yoshlar  o'rtasida  xuquqbuzarlik  va 

nazoratsizlikning  oldini  olish  bo'yicha  profilaktik  tadbirlar  samaradorligini 

oshirish; 

-  yoshlar  o'rtasida  sog'lom  turmush  tarzini  targ'ib  qilish,  ularni  jismoniy 

tarbiya  va  sport  bilan  shug'ullanishga  keng  jalb  etish  orqali  sog'lom  oilaga 

tayyorlash; 

-  barkamol  avlodni  tarbiyalashga  qaratilgan  ma'naviy-ma'rifiy  tadbirlarni 

mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish; 

-  sog'lom  avlodni  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalari  va  zamonaviy 

axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalanish. 

 


Download 464,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish