Muassasa va maktab pedagoglarining hamkorlikdagi pedagogik kengashi va seminar ishtirokini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning shaxsiyatini rivojlantirish va tarbiyalashda professional yordam ko’rsatishda psixolog, shifokor katta e’tibor beradi. Birinchi sinf o’quvchilarini yangi o’quv sharoitiga moslashtirish muammosi ayniqsa dolzarbdir. Ushbu masalani atroflicha o’rganib chiqib, mutaxasislar birinchi sinf o’quvchinnig jamiyatdagi moslashuviga ta’sir etuvchi omillaridan biri va bolalar bog’chasi va maktab ishining uzluksizgi degan xulosaga kelishdi.
Pedagogik jamoalar oldida turgan birinchi va asosiy vazifa bolani bolalar bog’chasidan maktabga o’tkazish jarayoni uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Bolalar bog’chasi va maktab ishining uzlluksizligi ta’limning yagona tizimidir.
Maktabga tayyorlov guruhi ta’limiy ish rejasi maktab boshlang’ich sinf o’quvchisi bilan hamkorlikda tuzish.
Maktabga tayyorlov guruhi ta’limiy ish rejasini maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi bilan hamkorlikda maktabga tayyorlov bolalarining yosh xususiyatlari imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib “Ilk qadam” dasturi asosida rivojlanish soxalarining indikatorlariga tayangan holda boshlang’ich sinf o’qituvchisinnig maslahatlari e’toborga olinib yillik ish reja oy va hafta mavzulariga bog’langan holda tuzib olinadi.
DMTT dan maktabga qadam qo’yadigan tarbiyalanuvchilar kerakli bilimlar egallab boradilar.
Maktab hovlisiga
Boshlang’ich sinf xonasiga
Kutubxonasiga
Sport maydoniga va sport zaliga
Kamalak bolalar tashkiloti xonasiga.
DMTT tarbiyalanuvchilarini yozgi sog’lomlashtirish oylarida maktabning sport maydoniga sport zaliga olib kirib kerakli jixozlarni tanishtirib o’yinlar, musobaqalar o’tkaziladi. Boalarni maktab hovlisidagi ko’rinish daraxtlar gullarni estetik jihatdan zavq berishini tuzuntirib ko’rsatib o’taman.
Kutubxonaga olib kirib turli mavzudagi kitoblarni kutubxonachi ishtirokida bolalarga tushuntirib ertak kitobni o’qib, rasmlarini ko’rsatib, ijobiy, salbiy qahramonlarni holatini suhbat asosida fikrlarni tinglash.
Bolangiz maktabga tayyormi? Ota-onalar uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisi ishtirokida yig’ilish.
DMTT da maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi N.Shokirova boshchiligida mavzu asosida tushuncha berdi. U o’z so’zida MTT ga qatnagan bola bilan uydan kelgan bolaning bilim ko’rsatgichlarida farq borligini ta’kidladi. Shuning uchun MTT ga qamram olinish jarayonida tarbiyachilar, mahalla, ota-onalar bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’yilishi ahamiyatga ega. DMTT tarbiyachisi tayyorlov guruhni rivojlanish soxalarini indikatorlariga mos ravishda, markazlarda faoliyatda bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish zarurdir.
Bolalarni savodga tayyorlash, elementar matematika faoliyatini bog’lab olib boorish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |