1.3. Vaziyatli masala
Toshkent shahridagi OTMdan birining auditoriyalaridan biriga dars jarayonidan
tashqi ko‘rinishi shubhali bir yosh yigitning kirib qolgani kuzatilgan. Dars olib
borayotgan o‘qituvchi uning darsda o‘tirishiga ruxsat bergan. Notanish yigit dars
asnosida o‘qituvchiga diniy savollar bilan murojaat qilgan, ayrim savollarga
o‘qituvchi javob olmasligi o‘zaro kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. Mazkur
yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb
baholangan.
SAVOLLAR
1. Bu vaziyatda o‘qituvchining tutgan yo‘li to‘g‘rimi?
2. Prozelitizm haqida nimalarni bilasiz?
3. Bu o‘rinda notanish yigit tomonidan qaysi me’yoriy-huquqiy xujjatlarning
talablari buzilgan?
4. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‘lsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |