O'qituvchi: “Nima uchun zanjirning reostatli qismidagi lampochkaning asta sekin yonib borishini kuzatmaymiz?”.
Talabalar: “Hoynahoy bu holatda induksiya EYUK juda kichik yoki u zanjirning g'altakli qismiga nisbatan juda qisqa muddatda ta'sir qiladi”.
O'qituvchi: “Nega shundayligini tushuntiring”. O'qituvchining qisman yordami bilan talabalar bu savolga ham to'g'ri javobni to'pishga erishadilar.
Bunday texnologiya asosida tashkil etilgan mashg'ulotlar natijasida talabalar qaysidir muammoni yechimini topishdan avval uning sabablari aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularni o'rganish va bartaraf etish uchun zarur bo'lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o'z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.