Муаммолари республика илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 41,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet422/438
Sana02.07.2022
Hajmi41,23 Mb.
#733202
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   438
Bog'liq
Ганиев Парпиев тўплам 1 ҚИСМ 25 05 2022

Karimov M.U.
Termiz davlat universiteti 
e-mail: 
uralovnuriddin1991@gmail.com
  
 
Yer yuzida yod elementi tabiiy zahiralari kamligi, mavjud zahiralarning neft 
suvlari, ba`zi tabiiy sho`r shuvli hududlarda tarqalganligi, bulardan unumli 
foydalanish, ular ustida tadqiqotlar olib borish hamda ishlab chiqarish ishlarini 
amalga oshirish dolzarb muammolardan biri sanaladi. 
Neft uyumlarining chekka neft suvlarida organik kislotalar, benzol, fenol va 
ogʻir karbonsuvlarning konsentratsiyasi yuqori boʻladi. Neft uyumlari bilan bevosita 
tutashgan suvlar (chekka va ostki)ning minerallashuvi (200 g/l gacha va undan 
ziyod), gazga toʻyinganligi, metan va benzol miqdori oʻziga xos xususiyatlarga ega. 
Koʻpincha neft suvlari shifobaxsh mineral suv sifatida yoki undan yod, brom, bor, 
radiy, bariy, stronsiy va boshqa olishda foydalaniladi[1]. 
Yod miqdori kamida 10 -18 mg/l bo'lsa, yod ishlab chiqarish uchun bog'langan 
suvlar istiqbolli hisoblanadi. Yod birikmalarini o'z ichiga olgan yodli er osti sho'r 
suvlari asosida yod olish texnologiyasini ishlab chiqishda bir qator, jumladan, 
quyidagi yo'nalishlarda ilmiy yechimlarni asoslash kerak: -burg'ulashda yod 
ionlarining 
kinetikasi 
va 
oksidlanish 
mexanizmining 
optimal 
texnologik 
parametrlarini aniqlash. -kislotali muhitda suv; yod kontsentratlaridan yodni 
cho'ktirish uchun oksidlovchi moddalarni tanlash va optimal jarayon sharoitlarini 
aniqlash, shuningdek, molekulyar kristalli yodni ajratish texnologiyasini ishlab 
chiqish [2, 3]. 
Ajratuvchi voronkada fazalarni ajratgandan so'ng, organik qism 0,01 n Na
2
S
2
O
3
bilan titrlangan. Respublikamiz hududida, asosan, Fargʻona, Buxoro-Qarshi, 
Surxondaryo artezianlari havzalarida hamda Ustyurt platosida joylashgan bir qancha 
sanoat yodli yer osti suvlari topilgan. Surxondaryo artezian havzasida kuchli vodorod 
sulfidli va yodli suvlarning 3 ta konlari aniqlangan va oʻrganilgan. Ularning hosil 
boʻlishi neft konlari va neftli jinslar bilan ham bogʻliq. Surxondaryo neft konlari suv 
havzasida 39-76 °C haroratda va pH 5,1-6,7 bo`lganda sho'rlik darajasi 142,9-283,0 
g/l, ga teng bo`lganda yod miqdori 17,4-24,34 mg/l, brom 313,2-426,4 mg/l ekanligi 
aniqlangan[4]. 
Ushbu tadqiqot ishining ob'ekti Surxondaryo viloyatining termal suvlari, 
xususan, Xudog' konining Kattaqum-2 qudug'i, Uchqizil er osti sho'r suv konlari, 
anion turi bo'yicha Kakaydi va O'rtabuloq er osti sho'r suv konlaridagi yod va brom 
tadqiqotlari olib borilgan. Elementar yod va brom, yod-xlor ionlarining tarkibi 
ekstraksiya-titrimetrik usulda amalga oshirilgan[5]. 


507 
Neft suvlari tarkibida mavjud bo`lgan yod ionlarini qo`shimcha reagentlar 
sarflamasdan organik moddalar bilan birikma hosil qilib cho`ktirgan holda ajratib 
olish imkoniyati mavjud. Buning uchun geksametilentetramin bilan yodli eritmasi 
bilan hosil qilgan cho`kmasini keltirish mumkin. Buning uchun quruq urotropinning 
infraqizil spektri olindi (1-rasm). 
1-rasm. Urotropinning infraqizil spektri. 
Ishni bajarishda dastlab 0,3 g urotropin 19,7 g suvda eritib olindi, so`ngra 
konsentratsiyasi 40 mg/l bo`lgan yodli eritmadan 350 gramm olindi va reaksiya xona 
temperaturasida cho`kma to`liq ajralguncha olib borildi. Olingan cho`kma inftaqizil 
spektri quyida keltirildi (2-rasm). 
2-rasm. Urotropinning yodli cho`kmasi. 
Bunda dastlabki olingan spektrlardan biroz farqli holat qayd etildi. Nur sindirish 
ko`rsatkichlari biroz chapga siljigan hamda 785-730 sm
-1 
sohada yodli ion 
mavjudligini ko`rsatdi. Bu esa yod ioni mavjud birikmalarga ham avval xlorli 
birikma va so`ngra urotropin eritmasi orqali ta`sir etib, cho`kma holda ajratib olish 
imkonini beradi. 

Download 41,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish