ILOVALAR.
MAISHIY ZO’RAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARNING SOTSIOPSIHOLOGIK
MUAMMOLARI MAVZUSIDAGI SOTSIOLOGIK TADQIQOT DASTURI.
Muammoning qo’yilishi va uning nazariy tahlili
:
Demokratiya tamoyillari asosiga qurilgan mamlakatimizda har bir fuqaroning
shaxsiy dahlsizligi va erkinliklari kafolati ta’minlangan .Afsuski zamonaviy
jamiyatda hali hanuz ma’naviy salohiyatsizlik tufayli ,turli ijtimoioy psihologik
iqtisodiy gender kamsitish va bir qancha sababalar ta’sirida ayollarga nisbatan
zo’ravonlik holatlari uchrayapti.Azaldan xalqimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgan
va qadrlangan ayollar hozirda ijtimoiy ko’makka muhtoj demografik guruhga
aylanib borayotir.Ana shunday muammoli holatlar bu borada ko’p qirrali
o’zgarishlarni talab qilmoqda. va o’z yechimini kutyapti.