Mavzu: Dars ta’limini tashkil etishning asosiy shakli.
Reja:
1. Darsning turlari va tuzilishi.
2. O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.
3. Yangi pedagogik texnologiyalar.
Dars-jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli
foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bolalarda jamoa bo‘lib ishlay
olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik
o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi.
Dars ta‘limning boshqa shakllaridan o‘zining ichki va tashqi hususiyatlariga ko‘ra
farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma‘lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar
guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni ma‘lum xonada o‘tkazish kabilar
darsning tashqi hususiyatlari, darsning maqsadi, ta‘lim mazmunini his qilish,
qiziqish, anglash, tushunish uning ichki hususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki
xil tashqi va ichki hususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi.
Darsga qo‘yiladigan talablar:
Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi.
1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash
2. Darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami,
shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish.
3. Darsni tashkil etishga oid ta‘lim metodlarini, vositalarini tanlash,
o‘quvchilar bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni
ta‘limga tatbiq etish.
4.Ta‘lim qoidalarini (ilmiylik, faollik, izchillik, fanlararo aloqa va h.k)
og‘ishmay amalga oshirish.
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
1.Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar
chiqarish.
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
3.Bolalarda o‘qishga oid ijodiy motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qisho‘rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.
4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi.
1.Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish.
2.Darsning bosqichlariga (dars bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi, darsda
amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga) rioya
qilish.
3.Dars tezligini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to‘laqonli foydalanish.
Darsni tashkil qilish shakli o‘quvchilarning o‘zaro aloqalariga bog‘liq
bo‘lib, u maqsadlarga, o‘quv materiallari hususiyatlariga, ta‘lim metodlariga va
o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq, bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida
o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni
didaktikada «o‘quv jarayoni» deyiladi. O‘quv jarayonining tarkibi uch qismdan
iborat deb qaraladi;
1. Motivatsiya.
2. Bilish faoliyati.
3. Boshqarish faoliyati.
O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan
iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiyadan (diqqatni tortish, ichki tuyg‘u, istak,
zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy
harakatlantiruvchi kuch - o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki
motivatsiya bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur
o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur
va bog‘lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi
didaktik prinsip-bu ta‘limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan
bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |