Reja:
1. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.
2. Shaxs rivojlanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Barkamol shaxs tarbiyasining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari.
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya‘ni biologik omil hamda muhit, ta‘lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma‘lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi.
Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘pi biologic omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya‘ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e‘tibor bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tug‘ma hususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, еtuk inson bo‘lib voyaga еtishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. Oilaning sog‘lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llabquvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi.
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit ta‘sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma‘lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta‘lim tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash, samarali o‘qitish uchun bola rivojlanishiga doiro‘zgarishlarni, yosh davrlarga xos hususiyatlarni bilish va hisobga olish lozim. Chunki ularning o‘sishi, rivojlanishi, ruxiy jihatdan taraqiy etish turli yosh davrlarda turlicha bo‘ladi. O‘qituvchi, tarbiyachi bolani har tomonlama bilishi lozim. Bolaning yoshi, individual hususiyatlarini doimo o‘sishda, rivojlanishda, o‘zgarishda olib qarash va fikr yuritish lozim.
Tibbiyot, bolalar anotomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi, pedagogika fanlari tavsiyalariga ko‘ra bolalarning yosh davrlarini quyidagicha guruhlashtirish qabul qilingan.
- Go‘daklik davri-tug‘ilgandan to 1 yoshgacha bo‘lgan davr.
- Yasli davri-1 yoshdan 3 yoshgacha
- Maktabgacha tarbiya yoshi-3 yoshdan 6-7 yoshgacha
- Maktab yoshidagi kichik o‘quvchilar-6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha
- O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar)- 12 yoshdan 15-16
yoshgacha
- Maktab yoshidagi katta o‘quvchilar (o‘spirinlar)- 16 yoshdan 18 yoshgacha
Ma‘lum bir yosh davriga xos bo‘lgan anotomik, fiziologik va ruxiy hususiyatlar yosh hususiyatlari deb ataladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, yosh hususiyatlari va davrni ikkinchi bir yosh hususiyatlaridan ajratuvchi chegara yo‘q.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma‘lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud. Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta‘lim tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta‘lim-tarbiya-shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste‘dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste‘dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba‘zan kishi bir soha bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro‘yobga chiqadi. Bunday hodisalar ko‘proq hali kishining qobiliyatlari to‘la ro‘yobga chiqmagan va shakllanib bo‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin.
Qobiliyat va iste‘dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste‘dodli kishilar o‘z iste‘dodlari-iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (yeramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir еlkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o‘z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o‘z kamchiliklarini bartaraf etish uchun irodalilik va qat‘iyatlilik ko‘rsatadi: u og‘ziga mayda toshlar va spool parchalarini solib so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she‘rlar o‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |