Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
ROʻZIMATOVA J. Andijon viloyati Oltinkoʻl tuman 4-maktabi oʻqituvchisi 
Voyaga yetayotgan avlodni barkamol, kelajakda Oʻzbekistonni mustaqilligini mustahkamlash 
uchun ularni kreativligini rivojlantirish koʻplab amalga oshirilayotgan islohotlarni natijaliligini 
ta’minlashning garovi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilar kreativligi va tafakkur xususiyatlari oʻrtasida 
oʻzaro aloqalar mavjud. Qizlar va oʻgʻil bolalar kreativligi oʻrtasida sifat va miqdor farqlar mavjud. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarga nisbatan differentsial yondoshuvni tadbiq qilish ularni kreativligini 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Kreativlik intellektga bogʻliq boʻlmagan holatda ­ individning yangi tushunchalar yaratuvchi 
va shakllantiruvchi malakalaridir. Kreativlik shaxsning ijodiy koʻrsatkichlari bilan belgilanadi. 
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini boshqarish uchun maktab rahbariyati, 
boshlangʻich sinf oʻqituvchilari boshlangʻich ta’limda davlat ta’lim standartlariga asosan 
oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan talablarni aniq va ravshan bilishlari lozimdir. 
Vazirlar Mahkamasining 2017­ yil 6­apreldagi 187­ qaroriga binoan xalqaro ta’lim 
standartlari me’yorlariga javob bera oladigan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi 
Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan Boshlangʻich ta’lim matematika oʻquv fani boʻyicha 
oʻquv dasturida oʻquvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan. Unda 
topqirlikka doir masalalar, mantiqiy mashqlar, geometrik shakllar yasash va ularni bir­biridan 
farqlash, rasmlar, modellardan, atrofdagi narsalardan eng sodda shakllarni topa olish, vaqtni idrok 
etish va koʻz bilan chamalashga, aqliy topqirlikka doir oʻyinlar; amaliy ishlar, rivojlantiriuvchi 
mashqlar, matematik oʻyinxona, matematik fokuslar, arifmetik musobaqalar, she’riy masalalar, 
hazil masalalarni qoʻllashga yoʻllanmalar berilganki, fanni oʻqitishda oʻquvchilarning qiziqishlari 
albatta, ularning ijodiy faoliyatlarini faollashtiradi. 
Boshlangʻich ta’limda ta’lim­tarbiya jaroyonining asosi qoʻyiladi. Boshlangʻich sinf 
oʻquvchilari qiziquvchan, yangiliklarga oʻch, qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan, faol boʻladilar. 
Oʻquvchilarda kreativlikni shakllantirishda ta’lim­tarbiya jarayonida oʻquvchilarda quyidagi shaxs 
xususiyatlarini shakllantirish lozim: 
­ tashabbuskorlik (oʻquvchi oʻzini turli faoliyatlarda namoyon qila olishi, yangiliklarga 
intilishi va oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashishi); 
­ mustaqillik (erkin fikrlash, oʻz xatti­harakatlariga oʻzi javobgar boʻlishi, bilim olishga, kasb 
egallashda erkin tanlov); 
­ mas’uliyatlilik (bilim olishda, kasb egallashda topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish orqali oʻz­
oʻzini tarbiyalab boradi); 
­ qat’iylik (maqsad sari intilishni, tanlagan kasbida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib 
oʻtishga va qunt bilan oʻrganishga oʻrgatadi); 
­ biror bir maqsadga erishish motivi (oʻquvchida optimistik ruhni, oʻz oldiga qoʻygan 
maqsadiga erishish yoʻllarini qidirish, izlanish imkonini beradi); 
­ qiziquvchanlik (oʻquvchini faolikka undaydi, bilim olish, kasb egallashda faoliyat 
yoʻnalishini tanlashga yordam beradi); 
­ oʻz­oʻziga boʻlgan ishonchni, oʻz­oʻziga boʻlgan bahoni oshirish (bu sifatlar ham 
oʻquvchining hozirgi va kelgusi hayoti, faoliyati uchun oʻta muhimdir.
Agar oʻquvchining oʻz­oʻziga boʻlgan bahosi, ishonchi past boʻlsa, u oʻzini jamiyatda 
keraksiz odam, qoʻlidan hech ish kelmaydigan noshud odamdek his qiladi, bilim olish va kasb 
egallashga boʻlgan qiziqishlari boʻlmaydi); 
­ tortinchoqlikni yoʻqotish, muloqatchanlikni, kirishimlilikni rivojlantirish (bilim olish va 
kasb egallash sirlarini oʻrganishda, yoʻnaltirilgan kasbi boʻyicha faoliyat yuritishda, odamlar oldida 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
324 
oʻzini yaxshi his qilishda, jismoniy nuqsonidan uyalmaslik, atrofdagilar bilan munosabatga 
kirishishda oʻta muhimdir);
­sabr­toqatlilik va boshqa shaxs sifatlarini tarbiyalash ham maqsadga muvofiq hisoblanadi 
(bilim olishdagi va kasb­hunarni egallashdagi uchraydigan qiyinchiliklarni, toʻsiqlarni yengishda va 
tanlayotgan kasbining sir­asrorini oxirigacha oʻrganishiga yordam beradi)
Oʻgʻil bolalar va qizlar orasida kreativlik darajasida katta farq mavjud. Boshlangʻich maktab 
davrida qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan tezroq psixologik yetuklikni namoyon etadilar. Oʻgʻil 
bolalar qizlarga nisbatan past darajadagi kreativlikni namoyon etadilar. Aksariyat oʻgʻil bollar 
oʻrtacha kreativlikka egadir. Ushbu xolat boshlangʻich ta’limdagi ayrim muammolar bilan 
bogʻliqdir. Masalan, boshlangʻich ta’limda ayol oʻqituvchilarni koʻp boʻlib oʻgʻil bolalar 
kreativligini rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqdalar. Demak, kreativlikni rivojlantirish 
masalasida oʻgʻil bolalarga alohida e’tibor qaratib, ularni xususiyatlariga mos boʻlgan yondoshuvni 
qoʻllash lozim. Lekin, oʻqituvchilar ikkala jins qobiliyatini tenglashtirishga emas, balki ularni har 
xilligi, sifatiga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Qobiliyatni miqdor emas, sifat nuqtai 
nazaridan yondoshish koʻzlangan maqsadga erishishga sharoit yaratadi. Boshlangʻich sinf 
oʻquvchilarini kreativligini rivojlantirish uchun oʻqituvchilar ularni obrazli fikrlashga undashi
muammoni aniq ifodalashi; fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urgʻu 
berib ajratgan holda ifoda etishi; xushmuomalali va ziyrak boʻlishi, “Faraz qiling”, “Tasavvur 
eting”, “Ijodiy parvoz eting ...” va shu kabi soʻz birikmalaridan foydalanishi kerak boʻladi. 
Shuningdek, oʻqituvchi oʻquvchiga oʻz psixologik ta’sirini nigoh orqali oʻtkazishi, har bir javob va 
taklif uchun ragʻbatlantirishi kerak.
Kreativlikni rivojlantirish uchun oʻqituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishlari maqsadga muvofiq. Shuningdek, oʻqituvchi oʻquvchilar orasida sogʻlom raqobat 
muxitini yaratishi, buning uchun musobaqalar uyushtirishi, oʻquvchilarda intizomlilikni tarbiyalashi 
kerak. Pedagog ta’lim­tarbiya jarayonida sabr­toqatli, sezgir, donishmand, yumshoq va shu bilan 
birga talabchan boʻlishi, oʻquvchi xarakteri va irodasini rivojlantirishda jamoani rolini bee’tibor 
qoldirmasligi zarur. Maqsadga intilgan, mexnatsevar oʻquv jamoasi bolaga ijobiy ta’sir koʻrsatadi 
va unda shaxsiy va jamoaviy extiyojlarni solishtirish xususiyatini rivojlantiradi. Oʻquvchi jamoaga 
taqlidi orqali oʻzidagi salbiy xususiyatlarni osonroq bartaraf etadi. 
KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY - AXLOQIY 
KAMOL TOPTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI 
SABIROVA N., Xorazm VXTXQTMOHM fil.f.d. (PhD) 
Ilgarilar milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan 
ham qandaydir “illat” qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf­odat va udumlarga 
diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supirib tashlandi Ota­bobolarimizning qimmatli pand­ 
nasihatlari eskilikka yo‘yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy 
ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Xalq ikki o‘t orasida 
kuyib yondi: bir tomonda ota­bobolarimizning ming yillardan beri amal qilib kelayotgan an’analari, 
urf­odatlari, to‘ylar, bayramlar, marosimlar, ikkinchi tomondan “ma’muriy buyruqbozlik”, “siyosiy 
ziyraklik” asosida zo‘rlab tekshirtirilgan. “Yangi urf­odatlar” nikohni nishonlash, qadah ko‘tarib 
ko‘pchilik oldida o‘pishish, kelin­kuyovlarning raqsga tushishi, ota­ona, qavmu­qarindosh va 
hokazo. Ovro‘pacha madaniy hayotga tezroq ko‘niktirish uchun ko‘p asrlik tarix, ma’naviy me’ros 
bitilgan alifbo ham shosha­pisha o‘zgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga yetib bordiki, arab alifbosida 
bitilgan kitoblarni hammasi diniy deb yo‘qotildi. Xullas, qalb ixtiyori singari urf­odatlar va 
an’analar ham ma’naviy xazina durdonalari, ga’mxo‘r fikrli xalq farzandlari ham yo‘qotildi. Bugun 
asossiz ravishda unitilib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga intilyapmiz. Xalq an’analari, 
madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
325 
Bunga to‘liq javob berish uchun an’analarning o‘zi nima? degan savolga javob izlab ko‘raylik.
“An’ana” ­ asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan avlodga, otalardan bolalarga 
o‘tib, davom etib kelayotgan urf­odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana 
ijtimoiy va madaniy merosdir. U iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangavor, ilmiy, ommaviy an’analar 
sifatida jamiyatda ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan, shuning uchun ijtimoiy hayot va 
an’analarni o‘rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va hatti­harakatlariga ta’sir 
etilishi tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim­tarbiya ishlariga xalqimizning eng ilg‘or, 
hayotda o‘zini oqlagan, an’analarini, oila, maktab va mehnat jamoalarida qo‘llash, ulardan 
foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Shu kungacha ayniqsa vatanparvarlik, 
millatlararo do‘stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni, oilaviy tarbiya jarayoniga tadbiq etish, 
hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko‘rsatmalari asosida tarbiyalashni keng 
qo‘llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda necha millat, necha 
xalq bo‘lsa, hammasining o‘ziga xos turmush tarzi, o‘tmish hayoti va kelajagi bilan chambarchas 
bog‘liq an’analari mavjuddir. O‘zbek xalqining ham o‘z urf­odatlari, turmush tarzi, oilaviy 
marosimlari, ta’lim­tarbiya, madaniyat an’analari tarixi moziyning uzoq­uzoq asrlariga borib 
taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining, ularni 
chuqur bilimlari ma’naviyatining mag‘zi to‘qligi omilidir. Bu hamisha hamma avlod tomonidan 
e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning “Qobusnoma”sidan tortib, Al­Xorazmiy, Abunasr al 
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u­bilig, Ahmad Yugnakiyning “Xibatul­Haqoyiq” kabi jahonga mashhur 
asarlarida, Navoiyning o‘lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim”, Qori 
Niyoziyning “Hayot maktabi”, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoki axloq” asarlarida sharq 
xalqlari, xususan, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ibratli tomonlari ochib berilganki, ular qalam orqali, 
xalqimizga xos xalqimizga xos bo‘lgan ota­onaning hurmati, insoniylik, oqibat, mehr­shafqat, 
mehmondo‘stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani ulug‘lay olish, farzandga mehrli va fidoiy bo‘lishlik 
kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo‘lsa, ajab emas. 
Qadim zamonlardan, hatto o‘zbek xalqining yozuvi bo‘lmagan paytlardanoq yosh avlodni 
tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o‘rin 
tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham 
xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o‘rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy 
manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Har bir xalq o‘zining milliy an’analariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga egadir. 
An’analar xalqimizning asrlar osha to‘plagan milliy boyligi bilan, shuningdek uning yangi sharoitda 
yangi mazmun bilan boyitilgan, yangidan­yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va 
hayotbaxshdir. Masalaga shunday yondoshilgandagina an’analar insonlarning turmushi va 
madaniyati asosi sifatida hozirgi zamon kishilari axloqiga ta’sir etishi mumkin. An’analarning 
vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqning dono fikrlari, axloq 
mezonlari o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod­ajdodlarimiz tomonidan tarixiy 
sharoitda vujudga kelgan ilg‘or an’analarni o‘zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nihoyatda 
zarurdir. Nihoyatda mazmuniga ko‘ra ilg‘or umuminsoniy, shakliga ko‘ra milliy an’analar qaror 
topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama­qarshiliklar jarayonida yaratildi va sayqal topdi. 
Ayrim an’analar qanday bo‘lsa, o‘sha holida ko‘rinishida uzoq vaqt saqlanib qoladi, 
boshqalari o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi, uchinchilari esa yangilariga uyg‘unlashadi, taqsimlashadi. 
Oilaviy an’analarga bolalarning tug‘ilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, urf­odatlar, bolalar 
tarbiyasiga taaluqli bo‘lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, 
qoidalar, metodik usullar va boshqalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra oilaviy an’analar 
nisbatan yashovchandir. Ayniqsa umumxalq ko‘rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. 
Urf­odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo‘lsa, u xalqqa shuncha tez singadi va 
shuncha uzoq yashaydi. Masalan, hozirgi kunda mavjud bo‘lgan an’analarning ko‘pi uzoq tarixga 
ega. Biroq ular o‘z davrida qanday yaratilgan bo‘lsa, shundayligicha qolgan deb bo‘lmaydi. Hayot 
ularga o‘zining yangi­yangi xislatlarini, davr silsilasini kiritgani aniq. Har davrning vujudga 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
326 
keltiradigan yangi an’anasida yangi avlodvakillarining milliy xususiyatlari, shuningdek, ularning 
o‘tmishi haqidagi yorqin xotiralari, mehnatkashlar ommasining kelajak uchun intilishi o‘z aksini 
topib boradi. Oilaviy an’analar ham bundan mustasno emas.Boshqa xalq an’analari kabi oilaviy 
an’analar ham shu xalqning tarixi, uning turmush sharoiti va hayot tarzi bilan bog`liq o‘tmish va 
kelajak aks etadi. Shu ma’noda o‘zbek xalqining oilaviy an’analari qimmatli va azizdir. Ular faqat 
mazmuniga ko‘ra qiziqarli bo‘lib qolmasdan, balki bolalar bilan yoshlarni mehnatga jalb qilishdagi 
tarbiya usullari va shakllari bilan ham hayotbaxshdir. Yangi davr, yangi sharoitda ular yangicha 
mazmun bilan boyib bordi. O‘rta Osiyoning boshqa xalqlarida bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining 
inqilobdan oldingi hayoti haqida so‘z ketganda bironta oliy o‘quv yurtining bo‘lmagani haqida ko‘p 
gapiriladi. Bu faktni inkor etganimiz holda boshqa sharq xalqlari kabi o‘zbek xalqida ham avlodlar 
tarbiyasiga ta’sir etuvchi, kishilarni odamiylik, ezgulikka yetaklovchi “Xalq dorilfununlari” 
bo‘lganligini, ularning xalqqa ta’sir kuchi g‘oyat katta bo‘lganini e’tirof etmoqchimiz. Biz azal­
azaldan xalqimizga ko‘pchilik ishtiroki bilan o‘tadigan hasharlar, bolalarning turli o‘yinlari, bolalar 
ijodi, choyxona suhbatlari, uchrashuvlar, gap­gashtaklar, to‘y va marakalar, mavsumiy bayramlar, 
gul va lola sayillari, “boychechak” aytish, qovun sayillari, “yangi mehmon tug‘ilishi”ni nishonlash, 
qizlar majlisi, kelinlarning qaynota va qaynona oldidagi “yuz ochdi”lari, “kelin salom”lar, 
“sumalak”, echki o‘yini, uloq o‘yini, kurash, mehmonda bo‘lish, mehmon kutish kabi ko‘plab 
marosimlarni nazarda tutib, ularning hammasi ham xalq tarbiyashunosligining durdonalari sifatida 
avlodlarni o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan “o‘zbekona”, “sharqona” tarbiyalashda muhim rol o‘ynagan. 
Xalq pedogogikasining umrboqiyligi, o‘lmasligiga sabablaridan yana biri uning avloddan avlodga 
yetkazish shaklining antiqaligidadir. Hatto xalqimiz hozirgidagidek ommaviy axborot vositalariga 
ega bo‘lmagan qadim zamonlarda ham xalq pedagogikasi xalq og‘zaki ijodiyoti yo‘li bilan qanot 
qoqqan. Uning tarbiyaviy ta’siri bolalarga ona allasi bilan singib ketgan. O‘zbek xalqining asrlar 
mobaynida to‘plagan xalq og‘zaki ijodi xazinasi g‘oyat boydir. U xalqimiz manaviy madaniyatining 
oltin xazinasi hisoblanadi. Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida to‘plangan, shakllangan 
dono fikrlarni quyi avlodlarga og‘zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, matallar shaklida 
singdirishga, hikmatlar bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va 
matallar orqali bolalarni, ota­onalarning, kattalarning maslahatlariga diqqat­e’tibor bilan quloq 
solishni o‘rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna olishga intilgan. Ertaklar faqat bolalargagina 
ta’sir ko‘rsatib qolmasdan, balki ota­onalarning o‘ziga ham, ularning hayot tarziga, va 
ishonchlariga, axloqiy qiyofaga ham ta’sir etadi. Xalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan avlodga 
o‘tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar, ashula va topishmoqlar bolalarni 
tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga va haqgo‘ylikka undaydi. Xalq og‘zaki ijodida inson 
hayotining hamma qirralari aks etgan. Ularda ota­onalarning, bolalarning tarbiyasi, parvarish qilish 
borasidagi yo‘l­yo‘riq va usullari ham o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun hozirgi paytda tarbiyaga 
ta’sir ko‘rsatuvchi xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Xalq og‘zaki ijodida 
bolalarni sofdillikka, oddiylikka undash bilan birga, ulardan ichi qoralik, chaqimchilik va boshqa 
salbiy sifatlar qoralangan. “Manmanlik qilma netarsan, obro‘yingdan ketarsan”, “Sen o‘zingni 
maqtama, seni birovlar maqtasin”, “Egilgan boshni qilich kesmas”, “Mevali daraxtning mevasi 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi”, “Baxilning bog‘i ko‘karmas”, 
“Birovga choh qazisang, o‘zing yiqilasan”, “Egri o‘ltirib, to‘g‘ri gapir”, “Ko‘rpangga qarab oyoq 
uzat” singari xalq maqollarida pand­nasihat ifoda etilgan. Ko‘plab maqol va mattallarda bilimli 
bo‘lish ulug‘lanadi, bilimsizlik qoralanadi. “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni”, “Ilmi 
yo‘qning ko‘zi yumiq”, “Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar”, “Ko‘p o‘qigan, ko‘p bilar”, “Olim 
bo‘lsang, olam seniki”, “O‘qigan o‘g‘il ­ otadan ulug‘” va hokazo . 
Vatanparvarlik, vatanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan. Vatanparvarlik 
sifatlarni shakllantirish muhim o‘rin tutgan. Oilaviy tarbiyada xalq pedogogikasi an’analar, ertak, 
maqol, topishmoq va matallar shaklida o‘z ifodasini topgan, va u tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositasi 
sanalib, tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan. Ayniqsa inson va uning tarbiyasi o‘z­o‘zini 
tarbiyalash va qayta tarbiyalash bolalikning yosh davrlari, ularning dangasalik va injiqliklari, 
o‘yinlari, qizlar tarbiyasi haqida ajoyib matal, maqollar yaratilgan bo‘lib, ular xalq 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
327 
pedogogikasining saboqligining yorqin namunasidir. Xalq donishmandligida ota­onalar haqida 
ularning bolalar bilan munosabatlari. Onaning madaniyati, tarbiyaviy ta’siri, donoligi atroflicha 
yoritilgan. Masalan, oilada hamma kishi, bir kishiga ­ otaga itoat etgan. Otaning yoki onaning gapi 
ikki qilinmagan. Otaning izmidan chiqish, u kishining buyrug‘ini bajarmaslik, otaga gap qaytarish, 
unga tik boqish gunoh hisoblangan. Ota farzandining nojo‘ya ishi, qilig`i, gapi uchun urishishi 
mumkin bo‘lgan. Lekin farzand otaga tik boqmagan, otaga yoki onaga qo‘l ko‘tarmagan.Shu 
sababli bunday tartibli oilalarda, bebosh o‘g‘il, nopok qiz bo‘lmagan. Hadisda yozilganidek 
“Otaga itoat qilish, tangriga itoat qilishdir”. Uning oldida gunoh qilish tangri oldida gunohdir. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, xalq donishmandligi, an’analar avlodlardan­avlodlarga 
o‘tishi jarayonida shakl jihatdan o‘zgarishlarga uchraydi. Lekin o‘z mazmuni, tarbiyaviy ta’sirini 
yo‘qotmasdan hozirgi va keyingi avlodlarga xizmat qiladi. 
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASHDA 
INNOVATSIYANING TUTGAN O‘RNI 
SANAKULOVA A.R., TVXTXQTMOҲM katta o‘qituvchisi 
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini 
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. 
O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin 
ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa 
ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyatning ustunligi har 
tomonlama samaralidir.
Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta 
ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol 
qatnashishiga, bilimlarni egallashga undaydi. Innovatsion texnologiyalar o‘qish motivini 
rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim 
saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam 
sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, dars o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof­muhit 
bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish 
qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. 
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyat orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni 
o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini 
bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish, e’tiqodini 
shakllantirish, o‘quvchilarning mustqali mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma 
va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida 
chinakam ehtiros bo‘ladi. Ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, 
usul va vositalarni tanlashga to‘g‘ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars 
jarayonini oldindan ketma­ketligini mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi predmetning o‘ziga 
xos tomonlarini, o‘quv jarayoni va sharotini, o‘quvchilarning ehtiyoji va imkoniyatlarini, bilim 
saviyasini, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi lozim. 
Darsning turli bosqichlarida har xil innovatsion texnologiyalardan foydalanish mumkin. 
Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarni, islohot, o‘qitishni zamonaviylashtirish, 
takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirilmoqda. Ta’lim jarayonida interaktiv 
metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirdigan innovatsion usuldir. 
O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z­o‘ziga baho berish, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish 
jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi. Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
328 
yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Intrerfaol usulda o‘tilgan darslarda 
o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy 
fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash 
qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohada yuritishga, muammolarni o‘z vaqtida yecha 
oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o‘quvchi 
shaxsini rivojlantirish o‘z­o‘ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya’ni o‘quvchining: 
O‘zi mustaqil mutolaa qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi; 
O‘z­o‘zini anglab yetishga, anglab tarbiya topishga; 
O‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; 
O‘quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga; 
O‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g‘animat bilishga; 
O‘quv mehnatiga o‘zida xohish, istak uyg‘ota olishga; 
Har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga; 
Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh 
maqsad qilib olishga o‘rganmog‘i zarur. 
Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zini­o‘zi rivojlantirish texnologiyasini 
yaratish pedagogika, didaktika fani oldida yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. 
“Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti”da “Bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish 
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z­o‘zini 
anglash salohiyatini shakllantirishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va 
nafosatdan zavqlana olishga o‘rgatish bilan birga, predmet haqidagi tushunchalarini, faoliyatlarini 
kengaytirish, ularning erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash ko‘nikma va malakalarini 
egallashlariga erishish boshlang‘ich ta’limining asosiy maqsadi” sifatida qayd etilgan. 
Olimlar innovatsion jarayonlarning tuzilishini o‘rganib, yangilik kiritishning “hayotiy davri” 
deb alohida tushuntirib o‘tganlar. Bu jarayon yangilikni yaratish va ijro etishni ta’minlovchi 
faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Hozirgi davrga kelib, ilmiy adabiyotlarda 
quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish mumkin: 
1.
Yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi yoki yangilikning yuzaga kelishi bosqichi, uni shartli 
ravishda fundamental va amaliy­ilmiy tekshirishlar natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi 
deb ataydilar. 
2.
Kashf etish bosqichi, ya’ni moddiy yoki ma’naviy namuna ko‘rinishidagi yangilik yaratish. 
3.
Yaratilgan yangilikning amalda qo‘llanishi uni qo‘shimcha ishlab mukammallashtirish 
orqali amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritish orqali yuqori samaradirlikka erishish bilan 
yakunlanadi. 
4.
Faqatgina yangilikni qabul qilish sharti bilan amalga oshirish. 
5.
Yangilikning tarqalishi, uning yangi sohalarga keng tatbiq etishni amalga oshirish. 
6.
Yangilkning biror sohada hukmron bo‘lishi , bunda, xususan, yangilik o‘z yangiligini 
yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi. 
7.
Yangilk qo‘llanilishining doirasi qisqarib, uning yangi mahsuldorligi bilan almashadi. 
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonlar bir­birini ketma­ket almashtirib, muntazam 
rivojlanib, soddalashtirilgan tizim asosida ifodalaydi. Innovatsion jarayon bu bosqichda ketma­
ketlikka va o‘zaro bog‘liqlikka rioya qilishi shart emas. 
Har bir interfaol metod ta’lim­tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi 
va o‘quvchilar, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni 
qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir 
o‘quvchining ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur 
shart­sharoit yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’limiy 
yoki tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni 
ta’minlasa­da, biroq, ularning har biri ta’lim yoki tarbiya jarayonida mahsuldorlikni ta’minlash 
bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli o‘qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
329 
o‘rganilayotagn mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan masalaga e’tibor qaratishlari 
maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, interfaol metodlarning samaradorligi yanada oshadi, qachonki, 
ularni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy 
tajribalari inobatga olinsa. Bu o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va 
intuitsiyaga ega bo‘lishni talab etadi. 
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida faoliyat olib borayotgan 
o‘qituvchilardan har bir interfaol metodning mohiyati, xususiyati, qo‘llanilish shartlari bian batafsil 
tanishib chiqish, amaliy ahamiyatini to‘g‘ri baholay olish talab qilinadi. Darsda interfaol
metodlarni qo‘llashning asosiy mohiyati – mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar o‘quv­ 
bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etayotgan muammolar,
voqea va hodisalarni rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish
yo‘llarini izlab, eng maqbul yo‘lni izlab topadi. Interfaol metodlar qo‘llanilganida o‘quvchilar
tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatini tahlil qilish, murakkab muammoli
vaziyatlarini hal etish, o‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish,
munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini
egallaydi. 
BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARI SAMARADORLIGINI 
OSHIRISHGA INNOVATSION YONDASHISH 
SANAKULOVA A.R., TVXTXQTMOXM katta o‘qituvchisi, 
SANAKULOVA S., TSHXTXQTMOXM katta o‘qituvchisi 
Respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdan ko‘zlangan muhim vazifalardan biri 
o‘qitishning ilg‘or, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, interfaol usullarini joriy etish 
orqali har tamonlama yetuk, mustaqil fikrlovchi, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari 
ham uzoq o‘tmishdayoq olib borgan tadqiqodlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida yoshlarni 
tarbiyasiga alohida etibor berib, ularni mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalash yo‘l­yo‘riqlarini 
ko‘rsatib o‘tganlar. Bunga Muso al­Xorazmiy, Ahmad al­Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon 
Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiylarning bizga qoldirgan boy meroslari asos bo‘ladi. Albatta, bу 
аllomalarimizning asarlaridan, bolalarni kasb­hunar tanlashga qiziqtirish, ularni o‘qishi, mehnati, 
odob­axloqi borasida aytib o‘tgan fikrlaridan o‘rinli foydalanish pedagoglar oldiga qo‘yilgan muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, boshlang‘ich sinf mehnat darslari samaradorligini 
oshirishning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi muhim vazifa ekanligini 
hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Chunki bu dolzarb masalani hal etish uchun ta’lim muassasalari, 
ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarining zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish 
zarurligini ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi texnologiya ta’limi bo‘yicha ishlarni amalga oshirayotganda 
o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini 
aniq bilish kerak. Shundagina o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bo‘lgan materiallarni tanlash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf texnologiya ta’limi darslaridagi ta’lim­tarbiyaviy 
vazifalar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limining umumiy vazifalaridan kelib 
chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi: (1­4 sinflar uchun). 
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. 
2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash 
3. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash 
4. Badiiy qurish­yasash va texnik modellashtirish.
Har bir dars mashg‘uloti xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. 
Jumladan, (1-4 sinf) o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
330 
kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, o‘quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat 
tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda 
kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga tayyorlash, o‘ziga 
topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, did­farosatli hamda mehnat qurollari, vositalari, 
jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarinio‘rgatish, texnika va mehnat ta’limi (texnologiya) 
asosida egallanayotgan kasb­hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan 
tanishtirish orqali kundalik hayotda qo‘llay olish layoqatini rivojlantirib boradi. 
Boshlang‘ich sinf texnologiya fanlarini, ilmiy­metodik adabiyotlarni o‘rganish natijalari shuni 
ko‘rsatadiki, mehnat fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘qitishning yangi usullaridan foydalanib, 
aniq amaliy ishlanmalarga tayangan holda tashkil etish lozim. Shundagina o‘quvchilarda kasb­hunar 
tushunchalarini shakllanish darajasi jadal kechadi. Bu esa, o‘z navbatida, boshlang‘ich ta’limda 
texnologiya ta’limi yo‘nalishidagi dapsliklarning jiddiy ravishda qayta ishlab chiqilishini taqozo etadi. 
Kelgusida yaratiladigan o‘quv qo‘llanmalar, ayni paytda mavjud qo‘llanmalardan tuzilishi va 
mazmuni, o‘quv materiallarining takomillashganligi bilan farq qilishi lozim. Bugungi kunda 
boshlang‘ich ta’limning nazariy jihatlari ishlab chiqilgan, biroq nazariya bilan amaliyotning uzviy 
birligi zaruratdir. Boshlahg‘ich texnologiya ta’limi mazmunining asosiy tashkil etuvchilari hisoblangan 
fundamental va amaliy xarakterdagi o‘quv materiallari har bir ta’lim muassasasining ta’lim va 
ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqadi. O‘quv materiallari milliy qadriyatlar zamirida yetakchi nazariya 
va qonuniyatlar atrofida umumlashtiriladi.Boshlang‘ich ta’lim muassasalarida texnologiya ta’limi 
uchun har bir sinflarda 34 soatdan vaqt ajratilgan. Texnologiya ta’limi bo‘yicha mavjud bo‘lgan o‘quv 
reja, dasturlarni va darslik, o‘quv qo‘llanmalarni qiyosiy tahlil etish, ta’lim texnologiyalar asosida 
mehnat ta’limini amalda joriy etish hamda predmetlararo bog‘lanish asosida mehnat ta’limi o‘qitish 
usullarini o‘rganish shundan dalolat beradiki, o‘quvchilarda kasb­hunar tushunchalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar haligacha tashkil etilmagan. Shu bois mehnat darslariga 
yangicha integrattsion yondashgan holda darslarni tashkil etishni quyidagi darslar misolida ko‘rib
chiqamiz. 
Mavzu: Qog‘ozni oddiy usullarda buklab maketlar yasash (2-sinf) 
O‘qituvchiga tavsiya: Qog‘ozni oddiy va murakkab usullarda buklash. Qog‘ozni oddiydan 
murakkab usulda buklab, buklash chiziqlari va burchaklar hosil qilish. Buklash chiziqlari orqali har 
xil maketlar yasash (baliqcha, stakan, buzoq boshi, kuchukcha, pigvincha, quyoncha, cho‘chqacha, 
sichqoncha, qayiqcha, xo‘tikcha, lola, qo‘ziqorin, savatcha, ilon, tuzdon, qurbaqa, oqqush, quloqli 
shapka, soyabonli shapka, qaldirg‘och).
Boshlang‘ch ta’limda texnologiya darslarini olib borilishi.
1-soatlik dars ishlanmasinamunasi 
Mavzu 
Qog‘ozni oddiy usullarda buklab maketlar yasash (2-sinf) 
Darsning maqsad 
va vazifalari 
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga suvdavaquruqlikdayashovchihayvonlar 
(baliqcha, kuchukcha) haqida tushuncha berish. Qog‘ozni buklash usulida
baliqcha va kuchukcha shaklini yasashni o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Hayvonlarga ozor bermaslik, mehnat darslarida 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Qog‘ozni buklash asosida qurish­ yasash 
ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kasb turlari haqida ma’lumot berish va 
qiziqishni shakllantirish. 
Darsning jihozlari 
Ko‘rgazmali vositalar:baliqcha, kuchukcha maketini qurish­yasash 
bosqichlaridan namunalar, slaydlar.
Ish jihozlari: Rangli qog‘oz to‘plami, qaychi, qalam, chizg‘ich, yelim,
latta. 
Dars jarayonini 
amalga oshirish 
Uslub: Og‘zaki bayon qilish, tushuntirish, tahlil qilish, ko‘rgazmalilik, 
“Aqliy hujum”, amaliy ish.


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
331 
texnologiyasi 
Shakl:Amaliy mashg‘ulot 
Baholash:5 ballik tizimda baholash 
Dars jarayonini 
amalga oshirish 
bosqichlari 
Natija: 
Tashkiliy qism: 10 daqiqa 
Darsga tayyor bo‘lish 3­daqiqa 
Uy vazifalarini tekshirish 7­daqiqa
Asosiy qism: 28 daqiqa
Aqliy hujum 5­daqiqa 
Yangi mavzu bayoni etish3­daqiqa
Amaliy ish 15­daqiqa 
Kasblar bo‘yich ma’lumot 5­daqiqa 
Yakuniy qism: 7- daqiqa
O‘quvchilar ishini baholash 5­daqiqa
Topshiriqlar berish 2­daqiqa
Amaliy ish bosqichlari o‘rganilgandan so‘ng, o‘quvchilarni kasb­hunarga yo‘naltirish ishlari 
olib boriladi. Baliqlar bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari to‘g‘risida boshqotirma beriladi. 
O‘quvchilar boshqotirmani mustaqil bajaradilar.Masalan,belgilar o‘rniga harflarni qo‘yib baliq 
tutuvch kasb egasi nomini toping. 
Boshqotirma natijalari e’lon qilingan so‘ng, o‘quvchilarga baliqchi to‘g‘risida ma’lumotlar 
beriladi. 
Baliqchi fursat kutar, 
Baliqchi baliq tutar.
Baliq tutish vaqti bor,
Bunga berar e’tibor. 
Tashlar qarmoq yoki to‘r
Ov bo‘lishi uchun zo‘r.
Izlar baliq ko‘p joyni
Daryo, ko‘l yoki soyni. 
Qayiqda daryo kezar
Yaxshi ov joyin sezar. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari 
va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehnati hisoblanadi. Har bir dars mashg‘ulotida o‘quvchilarni 
kasblar bilan tanishtirish, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, zamonaviy 
texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda o‘ziga topshirilgan har qanday 
ishni uddalay bilish, mehnatning o‘ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o‘z 
ishini va o‘rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o‘rgatish orqali kelajakda 
kasb egallashga zamin yaratishdir. 
КОМПЕТЕНТНОСТНЫЙ ПОДХОД В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ 
САНАКУЛОВА С.Х., ТШХТХҚТМОҲМ катта ўқитувчиси 
 
Современная жизнь предъявляет человеку жёсткие требования − это высокое качество 
образования, коммуникабельность, целеустремлённость, креативность, качества лидера, а, 
самое главное, умение ориентироваться в большом потоке информации. Подготовка 
личности к жизни закладывается в школе, поэтому требования к образованию сегодня 
меняют свои приоритеты: изменяются цели и содержание образования, появляются новые 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
332 
средства и технологии обучения, но при всём многообразии урок остаётся главной формой 
организации учебного процесса. 
Современное 
образование 
претерпевает 
изменения. 
Изменился 
и 
характер 
педагогической деятельности учителя. Это обусловлено расширением информационного 
пространства, появлением инновационных подходов.
Речь идет о компетентностном подходе учителя к процессу образования. Педагоги 
понимают, что одних знаний, умений, навыков недостаточно, нужно осваивать 
деятельностные технологии, изменять содержание уроков. 
Цель компетентностей – помочь ребёнку адаптироваться в социальном мире. Так как 
обучение идёт не только в школе, а под воздействием семьи, друзей, работы, культуры. Как 
помочь ребёнку стать компетентным? Этого можно добиться при использовании новых 
технологий, которые направлены на необходимость мыслительной деятельности и 
коммуникативность, где учитель выступает как учитель­сценарист, режиссер, партнёр. 
Наиболее удачными, на мой взгляд, являются технологии, связанные с различными формами 
интерактивного обучения, проектной деятельностью, нестандартными уроками 
В качестве задачи системы образования была отмечена необходимость формирования 
целостной системы универсальных умений, способности учащихся к самостоятельной 
деятельности и ответственности, т.е. ключевых компетенций.
Работая по этой программе, как учитель старатся развивать у своих учеников основные 
ключевые 
компетенции, 
такие 
как 
учебно­организационную, 
интеллектуальную, 
информационную. 
Большое влияние на развитие ключевых компетенций у учащихся оказывает игра.
Игра – ведущий вид деятельности для дошкольного возраста, все следующие периоды
со своими ведущими видами деятельности не вытесняют игру, а продолжают включать её в
процесс развития. 
Игровая деятельность в учебном процессе позволяет реализовать дидактические, 
воспитывающие, развивающие и социализирующие цели. 
­дидактические 
цели: 
расширение 
кругозора, 
познавательная 
деятельность, 
применение знаний в практике, формирование определённых умений и навыков, 
необходимых в практической деятельности, развитие универсальных учебных действий,
развитие трудовых навыков; 
­воспитывающие: 
воспитание 
самостоятельности, 
воли, 
сотрудничества, 
коллективизма, коммуникативности. 
­развивающие: развитие, внимания, памяти, речи, мышления (умения сравнивать,
сопоставлять, находить аналогии), творческие способности, умение находить оптимальные
решения, развитие мотивации; 
­ социализирующие: приобщение к нормам и ценностям общества, адаптация к 
условиям среды, стрессовый контроль, саморегуляция, обучение общению. 
В своей работе педагог широко использует дидактические игры. В процессе изучения 
и использования на практике дидактических игр у педагога сложилась классификация 
дидактических игр по уровню деятельности учащихся: 
1. Игры, требующие от детей исполнительской деятельности. 
2. С помощью этой группы игр дети выполняют действия по образцу или указанию. В 
процессе таких игр ученики знакомятся с простейшими понятиями, овладевают счётом, 
чтением, письмом. В этой группе игр можно использовать такие задания: придумать слова, 
числовые выражения, выложить узор, начертить фигуру подобную данной. 
3. Игры, в ходе которых дети выполняют воспроизводящую деятельность. 
4. К этой группе относятся игры, способствующие формированию вычислительных 
навыков, навыков правописания. 
Игры, в которых запрограммирована контролирующая деятельность. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
333 
1. К ним можно отнести: игры, в которых ученики выполняют проверку чьей­то 
работы. 
2. Игры, требующие от детей преобразующей деятельности. 
3. В этих играх нужно преобразовать слова, числа, задачи в другие, логически 
связанные с ними. 
4. Игры, включающие элементы поисковой деятельности. 
5. Дети должны выявить закономерность, которая является ключом к данному заданию. 
Ученики очень любят игры данной группы. Им нравится сравнивать, анализировать. 
Находить общее и различия, интересен поиск недостающего. 
Интеллектуальная игра направлена на развитие у детей познавательных интересов, 
тесно связывается с учебным процессом. В каждом классе есть группа учеников, которая 
относится к разряду "незаметных и тихих”. Коллективный командный дух, желание 
одержать победу очень часто преображает этих робких детей и дает им возможность 
показать себя с неожиданной стороны, раскрыть дремлющие способности. 
Строим дом.
Цель: познакомить детей со строительными профессиями, обратить внимание на роль 
техники, облегчающей труд строителей, научить детей сооружать постройку несложной 
конструкции, воспитать дружеские взаимоотношения в коллективе, расширить знания детей 
об особенностях труда строителей, расширить словарный запас детей: ввести понятия 
«постройка», «каменщик», «подъемный кран», «строитель», «крановщик», «плотник», 
«сварщик», «строительный материал». 
Оборудование: крупный строительный материал, машины, подъемный кран, игрушки 
для обыгрывания постройки, картинки с изображением людей строительной профессии: 
каменщика, плотника, крановщика, шофера и т. д.
Возраст: 3–7 лет.
Ход игры: воспитатель предлагает детям отгадать загадку: «Что за башенка стоит, а в 
окошке свет горит? В этой башне мы живем, и она зовется? (дом) ». Воспитатель предлагает 
детям построить большой, просторный дом, где бы могли поселиться игрушки. Дети 
вспоминают, какие бывают строительные профессии, чем заняты люди на стройке. Они расс­
матривают изображения строителей и рассказывают об их обязанностях. Затем дети догова­
риваются о постройке дома. Распределяются роли между детьми: одни – Строители, они 
строят дом; другие – Водители, они подвозят строительный материал на стройку, один из 
детей – Крановщик. В ходе строительства следует обращать внимание на взаимоотношения 
между детьми. Дом готов, и туда могут вселяться новые жители. Дети самостоятельно 
играют.
Высокую эффективность приносят интеллектуальные игры, если они проводятся не от 
случая к случаю, а в системе. Содержание образования в современной школе должно быть 
ориентировано на создание условий для саморазвития, самореализации и успешной 
социализации детей в обществе, что является главной целью деятельности педагога 
начальной школы. Одним из примеров работы по применению игровых технологий в рамках 
развития личности младших школьников является использование социализирующих 
проектов, раскрывающих становление творческой личности.
Использование метода проекта помогает проверить эффективность работы по 
формированию самостоятельности.
Игровой проект как никакой другой дает возможность детям делать что­то интересное 
самостоятельно, в группе или самому, максимально используя свои возможности; это 
деятельность, позволяет проявить себя, попробовать свои силы, приложить свои знания, 
принести пользу и показать публично достигнутый результат; эта деятельность, направлена 
на решение интересной проблемы, сформулированной самими учащимися. 
Новый подход к образованию соответствует современному представлению об уроке, 
где учитель вместе с учащимися на равных ведет работу по поиску и отбору научного 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
334 
содержания знания, подлежащего усвоению. Только в этом случае знание становится 
личностно значимым, а ученик воспринимается учителем как творец своего знания. Именно 
такие уроки позволяют сегодня реализовать новые образовательные стандарты и 
соответствовать современным характеристикам. 
Современный урок должен быть интересен, информационно насыщен, а материал 
понятен учащимся. Задача учителя – найти такие способы организации образовательного 
процесса, которые бы не только соединяли теоретические знания и практические умения 
учащихся, но и способствовали формированию их мировоззрения в целом. 
TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI 
OSHIRISH YO‘LLARI 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish