Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
SHAZADAYEV F., Nizomiy nomidagi TDPU о‘qituvchisi, 
XUJAYOROVA S., talaba 
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qо‘llash ta’lim metodlarning 
samaradorligini oshirishga, о‘qituvchi faoliyatining о‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratini 
takomillashtirishga, pedagogik tizimning tarkibiy о‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa 
pedagogik jarayonlarni axborotlashtirish va boshqarishda ta’lim ishtirokchilari oldiga о‘ziga xos 
vazifalarni qо‘yadi. 
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil 
etish: 
­ masofaviy о‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa–о‘qituvchilar, 
kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini; 
­ о‘qituvchilar о‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini; 
­ ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik 
faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida о‘qituvchining pedagogik faoliyatida: 
­ ta’limning texnologik asosi tez rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab jarayon 
yengillashadi; 
­dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus malakalar 
shakllanadi; 
­ masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bо‘lgan talablar va о‘quv 
materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bо‘ladi; 
­ ta’lim jarayonida о‘quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashadi, dars jarayoni 
samaradorligi о‘qituvchidan о‘quvchiga kо‘chadi; 
­ о‘quv jarayonini tashkil etishda, о‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi; 
­ zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida о‘qituvchining har bir 
о‘quvchi bilan teskari aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi. 
Jamiyatning har bir a’zosi, о‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot 
resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi 
intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, о‘qituvchi ham о‘z kasbiy va 
pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. 
Har bir о‘qituvchi faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun 
avvalo о‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi lozim. Zamonaviy axborot 
texnologiyalari о‘z muhitida axborot ob’yektlarini, ularning о‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, 
tarqatish, qayta ishlash, tо‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining 
tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. 
Hozirgi kunda о‘qituvchi ta’lim­tarbiya jarayonida о‘quvchilarning imkoniyatlari va 
talablarini inobatga olishi zarur. О‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi 
shaxsga yо‘naltirilgan xarakterda ega bо‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga 
e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bо‘lishi kerak. 
Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi 
jihatlarda ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qо‘llash samarali bо‘lishini ta’kidlash 
lozim: 
­ ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish; 
­ dars jadvallarini tuzish; 
­ muassasa о‘qituvchilari hamda о‘quvchilar bо‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan 
foydalanish; 
­ о‘qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish; 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
270 
­о‘quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferensiya, virtual 
maslahatlar, muhim axborotlarni о‘qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi 
ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish; 
­ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali 
bog‘lanish sharoitini yaratish; 
­ boshqa о‘quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy bog‘lanishni tashkil 
etish; 
­ Internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash. 
Ta’lim muassasasining о‘quv faoliyatida esa: 
­ axborot va axborot texnologiyalarini majburiy о‘rganishni tashkil etish; 
­ barcha fanlar bо‘yicha о‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish; 
­ kompyuter testlari yordamida о‘quvchilarning о‘zlashtirishini nazorat qilish; 
­ kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxonalardagi kitoblarga Internet 
orqali buyurtma berish; 
­ о‘qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa о‘quv qо‘llanmalarini 
nashrga tayyorlash; 
­ Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, о‘quvchilar tomonidan ma’ruzalar va 
referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish; 
­ о‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish; 
­ maxsus ensiklopedik lug‘atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang­barangligi – о‘quvchining 
qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib taklif etilayotgan hollardan tanlash 
imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham о‘z aksini topishi zarur. О‘qituvchining 
har xil sathli о‘qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday 
muammoning yechimi bо‘la oladi. XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini 
axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan: 
­ о‘qitish va о‘qish jarayonining;
­ ta’lim muassasasi boshqarilishining;
­ ta’lim muassasasi bо‘linmalarining; 
­ ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. 
Xulosa shuki, ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imko­
niyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qо‘llashning eng 
muhim kо‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 
SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA TARIXIY MA’LUMOTLARNING O‘RNI 
SHIXOVA I.O., XVXTXQTMOHM katta o‘qituvchisi, 
YAXSHIMURATOVA F.Y., Qo‘shko‘pir tumani 13-maktab o‘qituvchisi 
Matematika murakkab va mushohadalarga, ma’lumotlarga boy fan bo‘lib uni o‘zlashtirish 
o‘quvchilarimiz uchun murakkablik qiladi. Mavzularning ko‘pligim, tushuntirish metodlarining bir 
xilligi, sinfda berilgan ma’lumotlarni haddan tashqari ko‘pligi o‘chilarning o‘zlashtirish 
samaradorligini pasaytiradi. Buning uchun esa barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilarida sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlar idan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimdir. 
Binobarin, sinfdan tashqari ta’lim har bir ta’lim oluvchida ta’limiy faollikni yuzaga keltirib, uning 
oddiy o‘quvchi yoki axborotlarni qabul qiluvchi bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymay, balki faol sub’yekt 
sifatida bilimlarni puxta va tezkor o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Ta’lim sifatini oshirish 
bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridi blib bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday 
bosqichga yetib bordiki, bu bosqichda inson aql­zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi 
malakasi hal qiluvchi rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldi. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
271 
Ta’lim jarayonini tashkil etish, uni yetarli materiallar bilan ta’minlash, o‘quv jihozlaridan maqsadli 
foydalanish, o‘quvchi fikrini darsga doimiy jalb etish o‘qituvchidan katta mahorat, bilim va 
ko‘nikma talab etadi.
Ushbu maqola orqali biz ba’zi bir murakkab mavzularni oson va tez tushunish usullari ustida
to‘xtalmoqchimiz. Ma’lumki, o‘quvchilarimiz hajm mavzusini o‘rganishda qator qiyinchiliklarga 
uchraydilar. Shu bois mazkur mavzuni tushuntirish barorida qadimiy o‘lchov birliklaridan
foydalanib, ularni amalda bajarish mazkur mavzuni yaxshi o‘zlashtirishiga olib keladi.Uni 
quyidagicha tushuntirish yaxshi natija beradi. 
Hajm ­o‘lchov birliklarini metrli tizimga o‘tkazishda hajm birligi XBTda metr kub 
(m
3
) SGS tizimida santimetr kub(sm
3
), ya`ni 1 m
3
=10
6
sm

bo‘lishiga qaramasdan, amalda ko‘proq 
hajm birligi­litr qo‘llaniladi. Bunday qilinishiga sabab 4 °s da 1 kilogramm suvning egallagan 
hajmi 1 litrga yoki 1,000028 dm
3
hajmga teng (Il=ldm
3
) bo‘lganidandir. 
Qadim zamonda insonlar sochiluvchi narsalarning jumladan bug`doy va arpa donlarining 
vaznini tortmasdan, ularni biror hajmga ega bo‘lgan vosita, ya`ni hajm o‘lchovi bilan o‘lchar edilar. 
Shunday yo‘llar bilan donlarning miqdori o‘lchanar edi. Suyuqlik hajmlari ega ma`lum sig`imga 
ega bo‘lgan idishlar yordamida o‘lchanadigan bo‘ldi. Mana shunday yo‘llar bilan bobolarimiz hajm 
o‘lchash uchun bir qator hajm o‘lchovlarini hamda hajm o‘lchov birliklarini kashf etdilar. 
Kaylaja­hajm o‘lchov birligi; Ishlatilish davri va joyiga qarab qiymati har xil bo‘lishiga 
qaramasdan 10­asrdan Eronda, O‘rta Osiyoning ba`zi joylarida va boshqa joylarida qo‘llanilgan 
. 1 Kaylaja 1,875 kg bug`doyga ­ yoki 2,5 1 ga teng bo‘lgan. Sharqiy Eronda l Kaylaja 1523,4 
g bug`doy yoki 21 ga , Ozorbayjonda 1 ­Kaylaja 1,354 kg bug`doyga yoki 1,75 1 ga, Falastinda l 
Kaylaja 6,31 ga teng bo‘lgan. Abu Ali Ibn Sinoning ma`lumotiga ko‘ra l Kaylaja 1275g 
narsa sig`adigan o‘lchov idish bo‘lgan, agar shu narsani bug`doy desak, u holda 1 
Kaylajaning hajmi taxminan 1,65­1,75 1 ga to‘g`ri keladi. 
Kapgir (arabcha, forscha­arabcha )­osh taqsimlashda taxminiy hajm o‘lchov birligi vazifasini 
bajaruvchi oshpazlik anjomi; shartli ravishda: 2 kapgir=l lagan oshga teng bo‘lib bugungi kunda 
ham hayotda keng tarqalgan.Oilada, bazm, to‘ylarda,oshxonalarda bugungi kunda ham keng 
foydalaniladi.Mazkur hajm o‘lchov birligi orqali katta va kichik qozon, lagan,idish
tovoqlarning ham hajmlarini aniqlashimiz mumkin. 
Piyola­hajm o‘lchovi, narsalarning taxminiy hajmlarini o‘lchashda qo‘llaniladi. Asosan 
100,150,200,250,300 va 400 sm 
3
hajmli piyolalar bo‘ladi. Mazkur hajm o‘lchov birliklaridan 
foydalanib ixtiyoriy idishning hajmini topishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan 2 kg gurunchni 
olchash uchun 100glik piyoladan 20 marta ,200 grammlikdan 10 marta,250 grammlikdan 8 
marta,400glikdan 5 ta kerak bo‘ladi. 
Sarjin­hajm o‘lchov birligi. Juda qadimdan paxsa devor va o‘tinlarning hajmini o‘lchashda 
qo‘llanilib kelingan. O‘lchami aslida bo‘yi 4 qari, balandligi 2 qari, eni l qari deb qabul qilingan. 
Shunda 1 Sarjin= l qari x 2 qari x 4 qari=8 kub qariga teng bo‘lgan. Agar 1 qarining 0,5 m ga teng 
ekanligi hisobga olinsa, unda 1 kub qari=(0,5 m) 
3
= 0,125 m
3
ga teng,. Demak, 1 sarjin eni 0,5m, 
bo‘yi lm va uzunligi 2 m bo‘lgan narsaning hajmiga, ya`ni 1 m
3
(1 sarjin= 1 m
3
)ga teng ekan. 
Bu kabi qadimiy o‘lchovlar o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshiribgina 
qolmasdan balki narsa va predmetlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish layoqatini shakllanishiga 
olib keladi. Bu esa matematikaning hayot haqidagi fan ekanligini yana bir bora isbotlaydi. 
МАТЕМАТИК ТАФАККУРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ 
ШИXOВА И.O., ШАРИПОВА Б.Б.,

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish