Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

Табиий фанларни ўрганишга ижобий муносабатда бўлинг! 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
238 
Ёдда тутинг: 
1.
Қизиқувчан бўлинг. Саволлар беринг ва нима учун шундай эканлигини билиб олинг. 
2.
Ижодкор бўлинг. Муаммони ҳал қилишнинг янги йўлларини таклиф қилинг. 
3.
Ростгўй бўлинг. Кузатиш ва натижаларни ўзгартирмасдан қайд этиб боринг. 
4.
Холис бўлинг. Топганларингизни исботлаш учун далил ва маълумотлар қидиринг. 
5.
Очиқ фикрлайдиган бўлинг. Бошқаларнинг фикрини қабул қилинг. Агар бирор нарса 
ўйлаганингиздан бошқачароқ эканлиги аниқланса, ўз фикрингизни ўзгартиришга тайёр 
туринг. 
6.
Қатъиятли бўлинг. Муаммонинг ечимини топмагунча, унинг устида ишланг. 
7.
Масъулиятли бўлинг. Атроф­муҳит ҳақида қайғуринг. 
Ўқитувчи ўқувчиларнинг табиий фанларга бўлган қизиқишини ошириши фаннинг 
назарий асосларини гапириб, кўрсатиб бериши орқали эмас, балки ўқувчиларнинг амалий 
фаолияти, фаоллигини ошириш орқали таъминланишини тушуниб етиши ва ўқувчиларга 
бундай имкониятни яратиб бера олиши керак.
Демак, PISA 2015 тадқиқотига муносиб тайёргарлик кўришда табиий фанлар бўйича 
саводхонлик табиий йўналишдаги фанларни ўқитишнинг мақсади этиб белгиланиши, 
ўқувчиларнинг 
фаннинг 
мазмунига 
оид, 
методологик, 
эпистемик 
билимларини 
шакллантириш ва амалда қўллай олиш, фанга бўлган қизиқишларини кучайтириш, уларнинг 
тадқиқотчилик, танқидий ва таҳлилий, ижодий фикрлаш кўникмаларни ривожлантириш 
керак. Бунинг учун, аввало, ДТСни халқаро талаблар даражасида қайта кўриб чиқиш зарур. 
PISA тадқиқотида юқори ўринларни эгаллаб келаётган бир қатор давлатларнинг ўқув 
дастурларини таҳлил қилиш, ўқитиш тизимининг энг маъқул жиҳатларини ўрганиш ва 
амалиётга жорий этишга алоҳида эътибор қаратилиши керак.
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA FANINI O`QITISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI. 
TO'QQULOVA D.J., NISHANBAYEVA A.A., Toshkent viloyati CHDPI talabalari 
 
Bugungi kunda biologiya fanini o'qitishda o'quvchilarni biologik bilim salohiyatini oshirish, 
ularni bu fanga yanada qiziqtirish va tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo'lish, tabiat 
boyliklaridan oqilona foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishda turli innovatsion texnologiyalar 
va metodlardan foydalanish, ayniqsa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
o'quvchilarni ijodiy va mustaqil fikirlashini rivojlantirishda yuqori samara beradi. 
Organayzer inglizcha “tashkil etuvchi, grafik tashkil etuvchi” ma'nosini bildiradi. Axborot 
texnologiyalari sohasi atamasi sifatida ishlatiladi. Aniqrog'i, Power­point va shu kabi dasturlarda 
tayyorlanadigan vizual ko'rgazmali namoyish usuli hisoblanadi. Tahliliy ma'lumotlarni ko'rgazmali 
taqdim etish usullari va vositalari sifatida organayzerlar (grafik tashkil etuvchilar)ning vazifasi 
muhim hisoblanadi. Ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish usullari va vositalari: grafik tashkil 
etuvchilar. Ushbu bo'limda ma'lumotlarni tarkiblashtirish va umumlashtirish usul va vositalari
o‘rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o`rtasida aloqa va 
aloqadorlikni o`rnatish; ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash; muammolarni hal 
etishni rejalashtirish kabi masalalar o`rganiladi.
Grafik tashkil etuvchi – fikriy jarayonlarni ko`rgazmali taqdim etish vositasi. Ular ma’lumotlarni 
tarkiblashtirish va tarkibiy bo`lib chiqish usul va vositalari, o`rganilayotgan tushunchalar 
(hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o'rtasida aloqa va aloqadorlik o‘rnatishga o‘rgatadi. 
Dars o`tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish zarur bo`ladi. 
Ulardan o`z vaqtida va o`rnida foydalanishga harakat qilish kerak. Murakkab mavzuni o`quvchilar 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
239 
ongiga osongina yetkazish uchun “Insert”, “Toifali, konseptual, BBB, Klaster” sxemasi, T­
jadvallar, “Venn” diagrammasi, “Swot­tahlil jadvali, “Kuchlar tahlili” grafigi, “Nima uchun?”, 
“Qanday?”, “Baliq skeleti”, “Kaskad”, «Piramida», «Nilufar guli» kabi organayzerlardan 
foydalaniladi. .[1]
Hozirgi kunda o`quvchilarni bir fanga qiziqtirish,dars davomida ular diqqatini ushlab turish 
pedagoglarda bir oz mushkul holatlarni yuzaga keltirmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish uchun 
quyidagi grafik organayzerlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Venn diagrammasi ikki va 
uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama­qarshi qo’yish 
uchun qo’llaniladi. 
O`quvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 
Quyida ushbu metodni biologiya darslarida qo’llash mumkin bo’lgan namunalar keltirilgan: 
Prokariotlar bilan Eukariotlarni umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi 
diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin 9­sinf biologiya darsida Prokariot va Eukariot 
hujayra mavzularini o`tib bo`lgach, mavzularni umumlashtirish maqsadida “Venn diagrammasi” 
qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi. 
Venn diagrammasida ikkita organizm belgilari taqqoslanadi: 
O`quvchilar bunda 1­raqamda berilgan javoblar faqat Prokariot organizmlar uchun o`ziga xos 
xususiyatlar ekanligini , 2­raqamda berilgan javoblar faqat Eukariot organizmlar uchun o`ziga xos 
xususiyatlar ekanligini, 3­raqamda berilgan javoblar esa ham Prokariot organizm uchun ham 
Eukariot organizm uchun umumiy xususiyatlar ekanligini bilib olishadi. Bu metod bilan 
o`quvchilar mustaqil fikrlay oladilar, bir organizmni ikkinchi organizm bilan taqqoslaydilar, tahlil 
qiladilar. Venn diagrammasi metodini barcha sinflarda bir­biriga bog`liq mavzularni tahlil qilish 
o`xshash tomonlarini solishtirish, farqini taqqoslash va mustahkamlash uchun foydalanishda 
yaxshi samara beradi.[2 ] 
Insert — lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo'lib, o'quvchilar tomonidan o'quv materialidagi 
asosiy g'oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo'llaniladi. 
O'quvchilarni Insert yordamida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ularga 
o'rganiladigan o'quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O'quvchilar har bir jumlani o'rganib 
chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
240 
Ta’lim­tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi: 
• o'quvchilar kichik guruhga ajratilishi, lekin Insert vositasida dastlab har bir o'quvchi yakka 
tartibda ishlashi va jadvalni to'ldirishi,guruh a’zolari belgilangan muddatda ishlashni 
yakunlaganlaridan so'ng, fikrlarini taqqoslashi; 
• o'quv bahsi orqali kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bo'lishini ta’minlashi, 
ya’ni jadvaldagi keyingi ikki ustun bo'yicha bir xillikka erishishi; 
• o'qituvchi o'quv materiali asosida tuzilgan savol­topshiriqlari va kichik guruh a’zolarining 
jadvaldagi belgilari asosida o'quv bahsini tashkil etishi lozim. 
Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a’zolari o'rtasida so'ng kichik guruhlar 
bilan o'zaro o'quv bahsi o'tkazilishi,bahsda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni 
to'ldirish,bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan o'qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim 
samaradorligiga xizmat qiladi. 
Insertdan foydalanilgan o'qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbayi funksiyasi 
birmuncha kamayib, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. 
Shu sababli, o'qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.[3] 
Biologiya dars jarayonlarida grafik organayzerlardan foydalanishning mohiyati shundaki, o`quv 
jarayonida barcha o`quvchilar bilim olish jarayoniga jalb qilinadi. Bunda, darslarda ta’limning 
interfaol 
metodlaridan 
foydalanishning 
muhim 
tarbiyaviy 
ahamiyati 
shundan 
iboratki,o’quvchilarda yashirinib turgan qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqaradi hamda 
ularda o’z imkoniyatlariga ishonch bilan yondoshishni tarbiyalaydi, o`quvchilarni hamkorlikda 
faoliyat ko`rsatishga undaydi.Biologiya darslariga bo'lgan qiziqishni yanada shakllantiradi,olgan 
bilimlarini mustahkamlashga imkon yaratadi. 
KEYS TEXNOLOGIYASIDAN INFORMATIKA DARSLARIDA 
FOYDALANISH IMKONIYATLARI 
TURMANOV Q.A., Qoraqalpog’iston Respublikasi XTXQTMOHM katta o`qituvchisi
Zamonaviy ta’lim turli tuman texnologiyalaridan, shu jumladan, faol va interfaol o‘qitish 
uslublardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunday texnologiyalaridan biri keys­tenologiyasidir. 
Informatika va AKT kursining ayrim bo‘limlarini o‘qitishda ana shu texnologiyadan foydalanish 
dars samaradorligini oshirishi mumkin.
Keys­texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilarga real tashkilotning faoliyatida 
duch kelinadigan yoki realga o‘xshash modellashtirilgan aniq bir vaziyatning tavsifi beriladi. 
O‘quvchilar darsdan oldin muammo bilan tanishib chiqishlari va uning yechish usullarini o‘ylab 
qo‘yishlari lozim. Guruhda amaliyotdan keltirilgan holatni jamoaviy muhokamasi amalga oshiriladi.
Keys texnologiyasini ta’lim­tarbiyada foydalanish qator ustunliklarga ega. Avvalo bu uslubni 
foydalanish jarayonida o‘qitish urg‘usi o‘quvchilar tomonidan tayyor bilimlarni egallashga emas, 
balki bilimlar ishlab chiqishga qaratiladi. Murakkab masalalarni o‘rganishda jarayonning 
«quruqligi» va his­tuyg‘usizligi yo‘q qilinadi. O‘quvchilar muammoni yechishning hayotiy muhim 
tajribasini egallash, nazariya va konsepsiyani haqiqiy turmush bilan solishtirish imkoniyatini 
oladilar. Olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalari oshadi. Shuningdek, o‘quvchilarda 
boshqalarni eshita olish va tushunish, jamoada ishlash rivojlanadi.
Keys texnologiyalari hozirda kun sayin axborot oqimining hajmi ko‘payotgan vaqtlarda 
axborot bilan ishlash uchun, bir hodisani o‘ziga turli nuqtai nazar aytilayotgan paytlarda muqobil 
yechimlarni solishtirish uchun ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi. Turmushda o‘quvchilarga masalani 
ifodalashni, mantiqan fikrlashni, shaxsiy xulosalar qilishni, javoblarni asoslashni, o‘zining fikrini 
himoya qilishni bilish suvdek zarur.


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
241 
"Keysli" yondashuvni foydalanish ma’ruza materiallarini oddiy bayon qilishga qaraganda 
anchagina ustunliklarga ega.
Keyslarning ustunligi nazariyani va amaliyotni optimal birlashtirish imkoniyatidan iborat 
bo‘lib, o‘quvchilarni bilim olishga o‘rgatishda yetarlicha muhim hisoblanadi. Keys­uslubini o‘quv­
tarbiya jaryonida foydalanish turli­tuman axborot manbalari bilan ishlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga imkoniyat beradi. Keysda bayon qilingan muammoni yechish jarayoni – bilish 
faoliyatining jamoaviy tabiatiga ega bo‘lishni ko‘zda tutadigan ijodiy bilish jarayonidir. Uslub 
o‘quvchilarning fanda ma’lum bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy faoliyatining 
imitatsiyasini ta’minlaydi. Bu uslubni, shuningdek, yangi bilimlar olishda ham qo‘llash mumkin. 
Ko‘pgina xorijiy davlatlarda keys­uslubi nafaqat pedagogik uslub sifatida, balki tadqiqot uslubi 
sifatida ham foydalaniladi. 
Axborot texnologiyalarini o‘rganishda keyslarni foydalanish ob’yektni tekshirishni tashkil 
qilishga o‘rganish, kirish va chiqish hujjalari bilan ishlash, tushunish, yaratish, tahlil qilish va ularni 
qayta ishlashni bilish, shuningdek, strukturalanmagan axborotlar bilan ishlash – uni izlash, 
tekshirish, rasmiylashtirish va saqlash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarda o‘zlarining amaliy 
faoliyatida to‘qnashadigan axborot texnologiyalari sohasidagi amallar va protseduralarni amalga 
oshirish zarur ko‘nikmalarni rivojlanadi.
Bunday yondashuvda o‘quvchilar haqiqiy vaziyatlarni va predmetni o‘rganishda muhim 
ko‘rsatmalarni yuqoriroq darajada tushunish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Haqiqatda predmet tilini 
o‘rganish haqiqiy hayotga moslashtiriladi. Lekin axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi 
bilan muammoli vaziyatlar o‘zgaradi va keyslarni doimiy ravishda yangilab turish lozim.
Shunday qilib, keys­uslubi informatika darslarida o‘quvchilarni axborot ob’yektlariga 
qiziqishini rivojlantirish, informatikani o‘rganishga motivatsiyasini kuchaytirish, axborotlarni tashkil 
etish va taqdim etish, axborotli ob’yekt yaratish, axborot uzatish va kommunikatsiya, 
ijtimoiylashtirishni 
rivojlantirishning 
axborot­kommunikatsion­texnologik 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish masalalarini yechishga imkoniyat beradi.
Keys texnologiyasining barcha ustunliklariga qaramay, ularni o‘quv tarbiya jarayonida 
foydalanish barcha muammolarni hal qilmaydi va u ta’lim­tarbiya jarayonining almashtirib 
bo‘lmaydigan vositalari qatoridan joy olmasligi lozim. Yangi pedagogik texnologiyalardan 
foydalanilganda har bir mashg‘ulotning maqsadini, vazifalarini, material tabiatini, o‘quvchilarning 
imkoniyatlarini hisobga olmoq zarur.
Keys texnologiyasini foydalanishning kamchiliklari:
Ushbu texnologiyaning keys yaratishdagi qiyinchiligi. Nazariy qismni ham, amaliy qismini 
ham tanlashga ko‘p vaqt ketishi. Ta’lim muassasalarida foydalanilayotgan mavjud keyslar ichida 
predmet va o‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga olmagan, real daliliy va uslubiy xatolarga ega 
bo‘lgan sifatsiz keyslarning ko‘pligi. Ana’naviy darslarda u yoki bu materiallarni tuzatish, uni 
osonlashtirish, boshqa usulda yechish imkoniyatlari mavjud.
Keyslarni yaratishda aniq guruh o‘quvchilarining xususiyatlarini hisobga olish mumkin emas, 
shuning uchun bunday hollarda o‘qituvchining roli juda zarur.
Haqiqiy hayotdan olingan dalillar asosida muammolik vaziyat yaratish, ushbu uslubning 
boshqa uslublardan farqli tomonidir. Keys­uslubi nafaqat muammoni ifodalash, balki yechish ham, 
shuningdek, ifodalangan muammoni tashuvchisi sifatida chiqishi mumkin bo‘lgan aniq vaziyatni 
tanlashni ham ko‘zda tutadi. 
Eng yuqori samaraga o‘qitishning an’anaviy va innovatsion texnologiyalarni tanlashda tizimli 
yondashilsa, ularni to‘g‘ri birlashtirilsa, bir­birlarini to‘ldirsagina hamda guruhiy va guruhlararo 
munozaralarni to‘g‘ri rahbarlik qilinsagina erishish mumkin. Ushbu uslub o‘quvchilarning 
informatika darslarida faollashtirish, olgan bilimlarini turli vaziyatlarda qo‘llay olishi, bilish 
imoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkoniyat beradi deb xulosa qilish mumkin. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
242 
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MATEMATIKA O’QITUVCHILARINING 
KASBIY KOMPOTENTLIGINI O’QUV-METODIK TOPSHIRIQLAR YORDAMIDA 
TAKOMILLASHTIRISH 
UMAROVA M., Namangan viloyati XTXQTMOHM o’qituvchisi 
Matematika o’qituvchilarining metodik tayyorgarligida ijodiy ta’lim tamoyilining samarali 
vositalaridan biri maktabda matematika o’qitish muammolarini yechish bo’yicha ijodiy­metodik 
ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan metodik topshiriqlar tizimi hisoblanadi. 
Zaruriy metodik ko’nikmalar tinglovchilar bilan o’tiladigan amaliy mashg’ulotlarda ularning 
ijodiy faoliyati asosida rivojlanishi mumkin. Malaka oshirish kursida «Matematika o’qitish 
metodikasi» modulining asosiy mavzulari bo’yicha matematika o’qituvchilarining metodik 
ko’nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan o’quv­metodik topshiriqlar tizimi taklif qilinadi. 
Har bir mavzu bo’yicha: 

ta’lim mazmuni va maqsadlari tizimi aniqlashtiriladi; 

mos o’quv topshiriqlari taklif etiladi; 

har bir topshiriqning bajarish bosqichlarini aniqlovchi metodik masalalar qo’yiladi; 

topshiriqlarga metodik ko’rsatmalar taklif etiladi; 

har bir o’quv topshirig’iga kerakli adabiyotlar ro’yxati tavsiya etiladi; 

hisobot shakli belgilanadi. 
O’quv topshiriqlarining ta’limiy–shakllantiruvchi mohiyati ularning:
a) tinglovchilarning maqsadga yo’naltirilgan o’qitishni ta’minlashi; metodik masalalarni 
yechishning keng tarqalgan umumiy usullarini, berilgan o’quv materialini tanlash, tashkillashtirish 
va tavsiya qilishga asoslangan real jarayonni modellashtirishi;
b) matematika o’qituvchisining matematika o’qitish jarayoni bosqichlari bo’yicha faoliyatini 
amalga oshirishi; u yoki bu usulning ilmiy asoslangan, maqsadga muvofiqligini tushunishini 
farazlovchi metodik madaniyatni shakllantirishi bilan aniqlanadi. 
Topshiriqlarni tayyorlashda: 
a) nazariy va amaliy ta’limning uzviy bog’lanishini ro’yobga chiqarishga, matematika 
o’qituvchilarining izlanuvchanlik faoliyatini rivojlantirishga;
b) o’qitishning reproduktiv va produktiv metodlaridan oqilona foydalanishga, o’qitishning 
innovatsion usullarini kiritishga;
v) o’qitishning individual, guruh va jamoa shakllari muvofiqlashuviga;
g) hisobot shakli va natijaviy faoliyatni baholashga;
d) matematika o’qitishning hozirgi holatiga alohida e’tibor berilishiga. 
O’quv­metodik topshiriqlar mazmuni matematika o’qitish metodikasi dasturiga mos, bunda 
ijodiy faoliyatni shakllantirish asos qilib olinishi kerak.
Maktab matematika o’qituvchisining loyihalashtirish va konstruktiv faoliyati uning boshqa 
faoliyatlaridan oldin boshlanib, o’qituvchi tomonidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. 
Mavzu bo’yicha tinglovchilar tomonidan topshiriqni bajarish bosqichlarini quyidagicha 
tasavvur qilish mumkin: 
1. Topshiriqning maqsadi va talablari bilan tanishish. 
2. Matematika o’qitish metodikasi bo’yicha o’quv qo’llanmalaridagi nazariy materiallar bilan 
ishlash. 
3. Matematika o’qituvchisining o’quv yili boshlanishi, o’quv mavzusi bo’yicha darslar tizimi 
va navbatdagi darsga tayyorlanishdagi faoliyatini aniqlash. 
4. Maqsadlarni amalga oshirish va aniq sinf uchun matematikadan namunaviy yarim yillik 
kalendar reja ishlab chiqish:
a) matematikani o’qitish bo’yicha me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish; 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
243 
b) o’quv dasturlari, darsliklar va boshqa hujjatlarda aniqlangan matematika ta’limi mazmunini 
o’rganish; 
v) boshqa manba (o’quv­metodik adabiyotlar)larni o’rganish; 
g) matematika jurnali va o’qituvchilar uchun qo’llanmalardagi mavjud yarim yillik rejalar 
mazmunini o’rganish; 
d) aniq sinf uchun matematikadan yarim yillik o’quv rejasi variantini yaratish. 
5. Tadqiq qilinayotgan muammo bo’yicha bilimlarni tizimlash va natijalarni himoya qilish. 
Berilgan o’quv topshirig’ini bajarish jarayonida tinglovchi o’rganilayotgan mavzuning nazariy 
mazmunini o’zlashtirish bilan birgalikda o’quv, o’quv­metodik adabiyotlar va me’yoriy hujjatlar 
ustida ishlash ko’nikmalarini takomillashtiradi, maktab matematika darsligi mazmunini 
rejalashtirish bo’yicha o’qituvchi faoliyatini tadqiq qiladi, bu metodik faoliyatni ijodiy 
o’zlashtirishga imkon yaratadi. 
2­metodik masalani hal qilishda tinglovchilarni guruhlarga shunday ajratish maqsadga 
muvofiqki, bunda har bir guruhda bir xil sinflarda dars beruvchi o’qituvchilar ijodiy uyushmasini 
tashkil etish, har bir guruh ishi uchun mas’ul vakilni tanlash zarur. 
Topshiriqning bajarilishi ko’p balli tizimda baholanadi. Har bir tinglovchi jamoa, guruh va 
individual ishlarda umumiy muammoni muhokama qiladi. Tinglovchi hal qilayotgan masalalarning 
yechish yo’llari va yechimini muhokama qilishadi. Jamoa bo’lib va individual bajarilgan ijodiy ish 
modelini himoya qilishda qatnashadi. Bu tinglovchilarning mashg’ulotlarga tayyorgarligi 
darajasiga, guruh va o’zining muvaffaqiyatga erishishga birgalikdagi kechinmalar, ijodiy ishlash, 
musobaqa muhitini yaratishga, butun mashg’ulot davomida faol ishlashga tayyor bo’lishga, o’quv­
metodik masalani yechishda tinglovchilarning auditoriya va uydagi mustaqil ishlari uyg’unligiga 
erishishga imkon yaratadi. 
O’qituvchi tayyorgarligida mavzular bo’yicha rejalashtirish asosiy o’rinda turadi. Mavzuiy 
rejani tuzish tuzuvchidan matematika o’qitish metodikasidan nazariy bilimlarga va matematika 
o’qitish tajribasiga ega bo’lishni talab qiladi. Bunda metodik qo’llanmalar va ko’rsatmalarni 
o’rganish, tahlil qilish va foydalanish zarur bo’ladi. 
Shu sababli matematika fanining turli mavzularini mantiqiy­didaktik tahlil qilish, o’qitish 
metodlari, vositalari va shakllarini o’rganish, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish 
bo’yicha o’quv faoliyatini maqsadli tashkillashtirish o’qituvchiga matematika o’qitish metodik 
tizimining har bir komponenti mohiyati va xususiyatlarini anglashga yordam beradi. Shuningdek, 
darslarni bunday tashkil etish metodik adabiyotlarda mavjud mavzuiy rejalashtirish sxemalarini 
taqqoslash ko’nikmasini rivojlantirishga, aniq mavzu bo’yicha o’zining mavzuiy rejasini oldindan 
o’ylab ko’rish va tuzishga, nazariy va metodik bilimlaridan maktab matematikasining asosiy 
mavzulari (mazmun yo’nalishlari) bo’yicha ta’lim maqsadlariga mos o’qitish texnologiyasini ishlab 
chiqish va amalga oshirishda majmuali foydalanishga imkon beradi. Bu esa tinglovchilarning 
kasbiy kompotentligini rivojlantirishga yordam beradi. 
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA 
KONSENTRATSIYAGA DOIR MASALALAR YECHISH USULLARI. 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish