Adabiyotlar
1.
“Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart
-
sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-
tadbirlari to`g`risida”. Toshken
t sh. , PF-
5099-son 30. 06. 2017.
2.
S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi”
Toshkent sh. 2007.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH
YO`NALISHLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI OMILLARI
G’.G. Pulatov
1
, S.F. G’aniyev
1
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg’ona filiali
Bugungi kunda axborot xavf
sizligini ta’minlash bilan bog`liq qator
yechilmagan muammolar mavjud. Global axborot tarmog`i Internetning
foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan
maxfiy bo`lmagan ma’lumotni olishlari mumkin.
Global tarmoqda ma’lumotlar almashishining multikanalli keng polosali
radio, optik tolali, to`g`ridan ko`rish oralig`ida esa infraqizil kanallarning
birgalikda ishlatilishi deyarli cheklanmagan o`tkazish qobiliyatini ta’minlaydi.
Transfer sekundiga million baytlardan oshib ketadi.
Mutaxassislar yaqin yillar ichida haqiqiy dunyoning kompyuter modelini,
shunday virtual tizimni yaratish imkoniyatlari to`g`risida fikr bildirlarki, unda biz
faol yashashimiz va virtual jismlar bilan turli murakkab harakatlarni bajarishimiz
mumkin. Bundan hayol qilinadigan dunyoning eng oddiy timsoli hozirdayoq
murakkab kompyuter o`yinlarida mavjuddir. Lekin kelgusida gap o`yinlar
to`g`risida emas, balki bizning kundalik hayotimizning virtual haqiqiyligi
to`g`risida ketadi, unda bizning atrofimizda, masalan, ehtiyojga qarab avtomatik
ulanadigan va uziladigan, joylashgan joyimizni faol kuzatib boradigan, doimo,
vaziyatga qarab, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan, ma’lumotlarimizni faol
qabul qiladigan va ko`plab maishiy asboblarni va qurilmalarni boshqaradigan
yuzlab kompyuter qurilmalari o`rab turadi.
28
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta’minotini jadallashuvi,
tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma’lumotlarni muntazam yig`ib borilishi,
uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi
kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot
jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma’lumotlarni
yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning
asosida ma’lumotlarni berish
avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza
qilish faoliyati axborot ta’minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal
etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega
kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus
bilimlar orqali ta’minlanadi.
Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga ta’sir qiladi.
Kompyuter tizimlari: “do`stona interfeysli” kompyuter bil
an ishlashda abonentlar
videokanal bo`yicha virtual hamsuhbat ob’yektni ko`radilar, ular bilan tabiiy nutq
tilida, audio va videotushuntirishlar, maslahatlar, yo`l-yo`riqlar ko`rsatib, muloqot
qilish mumkin bo`ladi. Shaxsiy kompyuterdan faol foydalanuvchilarlarning
asablariga salbiy ta’sir etadigan “kompyuter yolg`izligi” yo`qoladi.
Eng muhimi o`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqada
abonent, o`quvchining psixologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga
oladigan shaxsiy virtual o`qituvchi bilan muloqot qiladi. Hozirda masofadan turib
ta’lim berish usuli qo`llanmoqda, ammo axborotni tinimsiz va tobora jadal ortib
borayotgani mavjud bilimlarni yoshlar yoki ta’lim oluvchilar ongiga singdirish,
tajriba va bilimlarini yuksaltirishda qo`shimcha chora-tadbirlarni talab etadi.
Savdoda har qanday tovar savdo yorlig`iga biriktirilgan magnit kodi bilan
emas, balki aktiv kompyuter jadvalchasi bilan birga ilova qilib qo`yiladi, bu
jadvalga haridor masofadan turib murojaat qiladi va unga zarur hamma
ma’lumotlarni beradi: nima, qayerda, qachon, qanday, qancha va qaysi narxlarda,
va hokazo.
Bunday virtual tizimlarni yaratish uchun zarur bo`lgan texnik ta’minotlar
taxminan quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
-
arzon, oddiy, ixcham kompyuterlardan; multimedia vositalaridan;
-
kompyuterni bir-biri bilan va tarmoq bilan aloqasi uchun miniatyur qabul
qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar;
-
taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari, tarmoqlar va shu kabilar
bo`lishi mumkin.
Ko`rsatilgan tashkil etuvchilarning hamda ularning eng oddiy timsollarini
yaratish uchun ko`plab dastlabki shart-sharoitlar hozirdanoq mavjuddir. Lekin
muammolar ham mavjud. Ularning eng dolzarblaridan bizning har birimizning
butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo`lib qolmasligi
uchun ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligidir. Bu borada axborot
xavfsizligini quyidagicha tushinish mumkin. Mentalitetimizga yod bo`lgan
buzg`unchi axborotlarni global tarmoq orqali bostirib kelishi va jamiyatimiz
azolarini, ayniqsa yo
sh avlodni ma’naviy zararlashidir. Axborot hurujlarining
aynan shu usuli g`araz niyatli dushmanlarni ko`proq jalb qiladi, chunki yadro
29
bombasidanda xavfli bu qurol ekologik muammolarni keltirib chiqarmaydi.
Shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni xavfsizligi ham m
uhim masaladir, garchi
mamlakatimizda ishonchli himoyalangan axborot tarmoqlari tashkil etilgan va
rivojlantirib kelinmoqdaki, axborot tizimlarining yanada rivojlanishi bundanda
kiber bardoshli himoya uslublarini ishlab chiqish undashi taxminlardan holi emas.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, axborot tizimlarini tobora rivojlanib
borayotgan davrida, bu yutuq va yangiliklar bilan bir qatorda mavjud xavf-
xatarlarga ham texnik-dasturiy, ham mustaxkam milliy mafkuraviy immunitet
hosil qilish bilan doimo tayyor turmog`imiz, sergaklikni unutmay, dunyo
sivilizatsiyasida muhim o`ringa ega bo`la oladigan yoshlarni, yuksak salohiyatli va
bilimli, eng asosiysi, yuksak ma’naviy insonlar qilib tarbiyalamog`imiz shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |