Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

 
 Adabiyotlar 
1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”. Toshkent sh. , PF-
5099-son 30. 06. 2017.
2. S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi” 
Toshkent sh. 2007. 
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING ENG YANGI 
TEXNOLOGIYALARDA YUZAGA KELISH TRENDLARINI O’RGANISH 
D.R. Raxmatov
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali 
 
Bugungi kunda inson shunchaki bitta tugmani bosish orqali e-mail, audio 
yoki video orqali har qanday ma’lumotni uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga 
ega, lekin u ma’lumotni qay darajada xavfsiz almashilinmoqda yoki boshqa 
insonga axborot qanchalik xavfsiz yetib borayotganligi haqida hech o’ylab 
ko’rganmikan? Bu savolning javobi kiber xavfsizlikda yotadi. Hozirda internet har 
kunlik hayotning eng tez o’sayotgan infratuzilmasidir. Hozirgi texnika dunyosida 
eng so’nggi texnologiyalar inson yashash tarzini o’zgartirib yubormoqda. Lekin 
yangi chiqayotgan texnologiyalar tufayli biz axborotimizni eng samarali yo’l bilan 
ham xavfsiz saqlay olmaymiz va shuning uchun kiber jinoyatlar kundan-kunga 
ko’payib bormoqda. Hozirda 60% dan ortiq moliyaviy kelishuvlar internet orqali 
amalga oshiriladi, shuning uchun bu soha katta miqdordagi kelishuvlar uchun eng 
yaxshi sifatli xavfsizlikni talab qiladi. Kiber xavfsizlikning ko’lami faqatgina 
axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon 
kabi boshqa ko’pgina turlarga bo’linadi. 
Kiber jinoyat kompyuterda o’g’irlik va jinoyatda asosiy qurol qilib olgan har 
qanday noqonuniy harakatdir. AQSH Adliya vazirligi uning ta’rifini kengaytirib 
shunday ataydi: “Kiber jinoyat dalil to’plash uchun kompyuterni qo’llaydigan har 
qanday noqonuniy harakatdir”. Kiber jinoyatlarning keng ko’lami kompyuter 
orqali yanayam kengaydi. Masalan, tarmoqqa bostirib kirish, kompyuter viruslarini 
tarqatish va mavjud jinoyatlarning kompyuterga asoslangan variantlari: shaxsiy 


30 
ma’lumotlarni o’g’irlash, zo’ravonlik va terrorizm hozirgi kunda insonlar va 
davlatlar uchun katta muammoga aylandi. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, kiber 
jinoyat kompyuter va internetni qo’llagan holda shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash, 
kontrabanda sotish va notog’ri kodlar bilan operatsiyalarni buzishdir. Kundan-
kunga texnologiya inson hayotida muhim rol o’ynayotgani kabi kiber jinoyat ham 
texnologik rivojlanishlar bilan o’sib boraveradi. 
Ma’lumotlarni maxfiyligi va xavfsizligi har bir tashkilot himoya qiladigan 
asosiy xafvsizlik choralari hisoblanadi. Biz har qanday ma’lumot kiber yoki onlayn 
shaklda saqlanadigan dunyoda yashayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar bizni oilamiz va 
do’stlarimiz bilan xafvsiz muloqot qila oladigan saytlar bilan ta’minlaydi. Bu 
holda kiber jinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlarni insonlarning shaxsiy ma’lumotlarini 
o’g’irlashda va foydalanishda davom etadilar. Nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki 
bank kelishuvlarida ham barcha xavfsizlik choralari ko’rilishi lozim. 
Android operatsion sistemalarida ham kiber hujumlarni kuzatishimiz 
mumkin, afsuski, juda keng ko’lamda. Stol kompyuterlari, smartfonlar bilan bir xil 
operatsion tizimga ega va bu platformalarni buzish uchun bir xil quroldan 
foydalaniladi. Mac kompyuterlar uchun talab soni o’sishda davom etmoqda, lekin 
shaxsiy kompyuterdan kamroq ko’lamda. Windows dasturlari foydalanuvchilariga 
virtual dasturlarni Windowsni ishlatayotgan har qanday dasturda rivojlantirish 
imkoniyatini beradi va shuning uchun Android va boshqa dasturlar uchun zararli 
dasturlar ishlab chiqarilishi davom etmoqda va quyidagilar kiber xafvsizlikda 
kutilayotgan trendlarni yuzaga keltirmoqda 
Veb dasturlarda ma’lumotlarni ajratib olish va noto’g’ri kodlarni kiritish 
orqali qilinayotgan hujumlarni ko’rishimiz mumkin. Kiber jinoyatchilar o’zlari 
rivojlantirayotgan veb serverlar orqali noto’g’ri kodni tarqatadilar. Lekin 
ko’pchilik e’tibor qaratadigan ma’lumot o’g’irlashga oid hujumlar ham katta 
tahdiddir. Hozir biz veb serverlar va veb dasturlarni himoya qilishga e’tibor 
qaratishimiz kerak. Veb serverlar kiber jinoyatchilarga ma’lumotlarni o’g’irlash 
uchun eng qulay platformadir. Shuning uchun har bir inson jinoyatga o’lja bo’lib 
qolmaslik uchun muhim kelishuvlar vaqtida xavfsiz brauzerlardan foydalanishlari 
kerak. 
Biz asta sekin jamiyatga kirib borayotganimiz uchun kompaniyalar shaxsiy 
ma’lumotlarni himoya qilish uchun yangi yo’llar topishlari zarur. Axborot 
vositalari kiber xavfsizlikda muhim rol oynaydi va ko’plab shaxsiy kiber 
hujumlarni taqdim etadi. Axborot vositalari insonlar orasida tarqalishi jadal 
bo’lmoqda va hujum xavfini oshirmoqda. Ijtimoiy axborot vositalari va ijtimoiy 
tarmoqlar deyarli har bir inson tomonidan foydalanilayotgani uchun kiber 
jinoyatchilarga shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlashga katta platforma 
bo’lib xizmat qiladi. Biz shaxsiy ma’lumotlarimizni tez unutib qoldiradigan 
dunyoda kompaniyalar tahdidlarni aniqlashda, haqiqiy vaqtda javob berishda va 
kiber hujumlarni qaytarishda tezkorliklarini isbotlashlari kerak. Odamlar ijtimoiy 
tarmoqlarga tez berilib ketgani uchun xakerlar ularni o’zlari talab qilgan 
ma’lumotni olishda vositachi sifatida qo’llaydilar. Shuning uchun insonlar kerakli 
ma’lumotni yo’qotmasliklari uchun ijtimoiy tarmoqlarda tegishli choralarni 


31 
ko’rishlari zarur. Ijtimoiy tarmoqlar biznesga ko’rsatadigan katta yordami 
insonlarda ma’lumotni millionlab odamlarga ulashish imkoniyati bo’ladi.
Ijtimoiy tarmoqlar kiber jinoyatda kompaniyalarga qarshi ishlatilishi 
mumkinligiga qaramay kompaniyani mashhurligida muhim rol o’ynagnani uchun 
kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to’xtata olmaydilar. Aksincha 
haqiqiy zarar yetkuncha ularni ogohlantiradigan yechimlarga ega bo’lishlari kerak 
bo’ladi. Kompaniyalar buni tushunishlari kerak va ijtimoiy muloqotlarda 
risklardan nariroq bo’lish uchun yetarli darajada yechim va texnikalari bo’lishi 
kerak. Har bir inson ma’lum qoidalar va to’g’ri texnologiyalarni qo’llagan holda 
ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilishi kerak. 
Kiber etika hech narsa emas, lekin internetning kodidir. Biz bu kiber etikalarni 
o’rgansak, bizda internetni xavfsiz va to’g’ri yo’lda qo’llash imkoni paydo bo’ladi. 
Quyida ularning ba’zilari berilgan: 
• Internetni boshqalar bilan muloqot qilish yoki fikr almashish uchun 
ishlating. E-mail va tezkor xabarlashish, do’stlar va oila a’zolari bilan aloqada 
bo’lish, kasbdoshlar bilan muloqotda bo’lish va shahardagi yoki dunyodagi 
odamlar bilan fikr almashishning eng yaxshi yo’li. 
• Internetda zo’ravonlik qilmang. Odamlarga laqab qo’ymang, ular haqida 
yolg’on gapirmang, ularning shaxsiy rasmlarini tarqatmang va ularga zararli 
boshqa narsalarni amalga oshirmang. 
• Internet har qanday sohada ma’lumot topishingiz mumkin bo’lgan 
dunyoning eng katta kutubxonasidir, shuning uchun undan to’g’ri va qonuniy 
yo’lda foydalaning. 
• Boshqalarning akkauntiga ularni parollaridan foydalanib kirmang. 
• Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kim bilan ulashmang. Aks holda ularda 
ma’lumotingizni noto’g’ri qo’llashga imkoniyat paydo bo’ladi va bu janjal bilan 
tugashi mumkin. 
• Internetdaligingizda soxta akkauntlar bilan boshqalarni aldashga 
urinmang, agar akkaunt egasida muammo bo’lsa, sizda ham paydo bo’ladi. 
• Doimo ko’chirilgan ma’lumotdan foydalaning va faqatgina ruxsat 
berilgan o’yin va videolarni yuklab oling. 
Yuqorida har bir inson internetdan foydalanganda amal qilishi kerak bo’lgan 
etika qoidalari keltirib o’tildi. Biz kibermakonda qoidalarga rioya qilganimiz kabi 
hayotda ham rioya qilishimiz zarur. 
Dunyodagi texnologiyalar rivojlangani va tarmoqlar muhim kelishuvlarga 
erishayotgan paytda kompyuter xavfsizligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Kiber jinoyatchilik har yili rivojlanib boradi, tarqaladi va o’z o’rnida kiber 
xafvsizlik ham jadal sur’atlarda rivojlanadi. Eng so’ngi va zamonaviy 
texnologiyalarning kiber qurollari va tahdidlari bilan birga infratuzilmalarini 
qanday himoyalashda balki yangi platformalar va texnologiyalar talab qilinishi 
lozim. Kiber jinoyat uchun mukammal yechimlar yo’q, lekin biz kelajakdagi 
kibermakonni himoyalash uchun uni minimallashtirishga harakat qilishimiz kerak. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish