Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Adabiyotlar 
1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”. Toshkent sh. , PF-
5099-son 30. 06. 2017.
2. S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi” 
Toshkent sh. 2007. 
 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH 
YO`NALISHLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI OMILLARI 
G’.G. Pulatov
1
, S.F. G’aniyev
1

1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Farg’ona filiali 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog`liq qator 
yechilmagan muammolar mavjud. Global axborot tarmog`i Internetning 
foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan 
maxfiy bo`lmagan ma’lumotni olishlari mumkin.
Global tarmoqda ma’lumotlar almashishining multikanalli keng polosali 
radio, optik tolali, to`g`ridan ko`rish oralig`ida esa infraqizil kanallarning 
birgalikda ishlatilishi deyarli cheklanmagan o`tkazish qobiliyatini ta’minlaydi. 
Transfer sekundiga million baytlardan oshib ketadi.
Mutaxassislar yaqin yillar ichida haqiqiy dunyoning kompyuter modelini, 
shunday virtual tizimni yaratish imkoniyatlari to`g`risida fikr bildirlarki, unda biz 
faol yashashimiz va virtual jismlar bilan turli murakkab harakatlarni bajarishimiz 
mumkin. Bundan hayol qilinadigan dunyoning eng oddiy timsoli hozirdayoq 
murakkab kompyuter o`yinlarida mavjuddir. Lekin kelgusida gap o`yinlar 
to`g`risida emas, balki bizning kundalik hayotimizning virtual haqiqiyligi 
to`g`risida ketadi, unda bizning atrofimizda, masalan, ehtiyojga qarab avtomatik 
ulanadigan va uziladigan, joylashgan joyimizni faol kuzatib boradigan, doimo, 
vaziyatga qarab, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan, ma’lumotlarimizni faol 
qabul qiladigan va ko`plab maishiy asboblarni va qurilmalarni boshqaradigan 
yuzlab kompyuter qurilmalari o`rab turadi.


28 
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta’minotini jadallashuvi, 
tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma’lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, 
uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi 
kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot 
jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma’lumotlarni 
yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning asosida ma’lumotlarni berish 
avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza 
qilish faoliyati axborot ta’minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal 
etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega 
kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus 
bilimlar orqali ta’minlanadi.
Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga ta’sir qiladi. 
Kompyuter tizimlari: “do`stona interfeysli” kompyuter bilan ishlashda abonentlar 
videokanal bo`yicha virtual hamsuhbat ob’yektni ko`radilar, ular bilan tabiiy nutq 
tilida, audio va videotushuntirishlar, maslahatlar, yo`l-yo`riqlar ko`rsatib, muloqot 
qilish mumkin bo`ladi. Shaxsiy kompyuterdan faol foydalanuvchilarlarning 
asablariga salbiy ta’sir etadigan “kompyuter yolg`izligi” yo`qoladi.
Eng muhimi o`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqada 
abonent, o`quvchining psixologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga 
oladigan shaxsiy virtual o`qituvchi bilan muloqot qiladi. Hozirda masofadan turib 
ta’lim berish usuli qo`llanmoqda, ammo axborotni tinimsiz va tobora jadal ortib 
borayotgani mavjud bilimlarni yoshlar yoki ta’lim oluvchilar ongiga singdirish, 
tajriba va bilimlarini yuksaltirishda qo`shimcha chora-tadbirlarni talab etadi.
Savdoda har qanday tovar savdo yorlig`iga biriktirilgan magnit kodi bilan 
emas, balki aktiv kompyuter jadvalchasi bilan birga ilova qilib qo`yiladi, bu 
jadvalga haridor masofadan turib murojaat qiladi va unga zarur hamma 
ma’lumotlarni beradi: nima, qayerda, qachon, qanday, qancha va qaysi narxlarda, 
va hokazo.
Bunday virtual tizimlarni yaratish uchun zarur bo`lgan texnik ta’minotlar 
taxminan quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: 

arzon, oddiy, ixcham kompyuterlardan; multimedia vositalaridan; 

kompyuterni bir-biri bilan va tarmoq bilan aloqasi uchun miniatyur qabul 
qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar; 

taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari, tarmoqlar va shu kabilar 
bo`lishi mumkin.
Ko`rsatilgan tashkil etuvchilarning hamda ularning eng oddiy timsollarini 
yaratish uchun ko`plab dastlabki shart-sharoitlar hozirdanoq mavjuddir. Lekin 
muammolar ham mavjud. Ularning eng dolzarblaridan bizning har birimizning 
butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo`lib qolmasligi 
uchun ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligidir. Bu borada axborot 
xavfsizligini quyidagicha tushinish mumkin. Mentalitetimizga yod bo`lgan 
buzg`unchi axborotlarni global tarmoq orqali bostirib kelishi va jamiyatimiz 
azolarini, ayniqsa yosh avlodni ma’naviy zararlashidir. Axborot hurujlarining 
aynan shu usuli g`araz niyatli dushmanlarni ko`proq jalb qiladi, chunki yadro 


29 
bombasidanda xavfli bu qurol ekologik muammolarni keltirib chiqarmaydi. 
Shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni xavfsizligi ham muhim masaladir, garchi 
mamlakatimizda ishonchli himoyalangan axborot tarmoqlari tashkil etilgan va 
rivojlantirib kelinmoqdaki, axborot tizimlarining yanada rivojlanishi bundanda 
kiber bardoshli himoya uslublarini ishlab chiqish undashi taxminlardan holi emas.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, axborot tizimlarini tobora rivojlanib 
borayotgan davrida, bu yutuq va yangiliklar bilan bir qatorda mavjud xavf-
xatarlarga ham texnik-dasturiy, ham mustaxkam milliy mafkuraviy immunitet 
hosil qilish bilan doimo tayyor turmog`imiz, sergaklikni unutmay, dunyo 
sivilizatsiyasida muhim o`ringa ega bo`la oladigan yoshlarni, yuksak salohiyatli va 
bilimli, eng asosiysi, yuksak ma’naviy insonlar qilib tarbiyalamog`imiz shartdir.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish