Ekspertlar(ekspertkomissiyalari) Litsenziyalovchi organ tomonidan aniqlanadi
LitsenziatO‘zbekiston Respublikasi rezidenti-
yuridik yoki jismoniy shaxslar
Axborotni muhofazaqilish sohasidalitsenziyalovchi idoraO‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Litsenziya da’vogariO‘zbekiston Respublikasi rezidentlari - yuridik yoki jismoniy shaxslar
Litsenziya da’vogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch kun ichida xabardor qilishi shart (16-modda).
O‘zbekistonRespublikasidaaxborotnikriptografikmuhofazaqilish(AKMQ)sohasidafaoliyatnilitsenziyalashtizimi Litsenziyalash talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-sonli qarori1 bilan tasdiqlangan «Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»ning II bo‘limida keltirilgan.
Axborotni muhofaza qilish sohasida faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari
Axborotni muhofaza qilish sohasida faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va kriptografik himoya vositalarini qo‘llash kiradi.
Litsenziyalash talablari va shartlari
Axborotni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tizimining me’yoriy-xuquqiy bazasi
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №46- 47. – 471-м.
Axborotnimuhofazaqilishshsohasidagifaoliyatnilitsenziyalashtiziminingme’yoriy-xuquqiybazasiniquyidagilar tashkil qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil-17 iyuldagi 102-sonli qonuni1 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222-II-sonli qarorining 1- ilovasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi
«O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 614-sonli qarori2 bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi Nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21- noyabrdagi 242-sonli qarori3 bilan tasdiqlangan «Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-noyabr kunidagi «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli qarori4 bilan tasdiqlangan
«Davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning IV bo‘lim 24 bandiga muvofiq davlat idoralarining axborot tizimida qo‘llaniladigan axborotni himoyalash dasturiy-texnik vositalari litsenziyalangan va sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Maxsulotni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatsiyalashning Milliy tizimi (SMT) asosida amalga oshiriladi.
SMT faoliyatini reglamentatsiya qiluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy akt bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabr kunidagi
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi 1006-XII
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №29- 30. – 295-м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №14.
– 140-м.
3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №46- 47. – 471-м.
4 Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2005.
– №47-48. – 355-м.; 2011. –№ 45-46. – 472-м.
sonli qonuni1 hisoblanadi.
Ushbu qonunning 1-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan: