2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
chechen tili.
Bu til Chechen respublikasida yashovchi
xalqlarning davlat tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi
so‘zlashadi;
b)
ingush tili
(bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi,
ular Ingush respublikasida yashaydi);
g)
basbi tili
. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush
Respublikalarida yashaydi.
3. Dog‘iston guruhiga Dog‘iston respublikasida yashovchi
xalqlarning tillari kiradi:
a) avar
tili.
Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b)
dargin tili
. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v)
lazgin tili.
Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d)
lak tili.
Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e)
tabassaran tili
. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham
dog‘iston guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati
Dog‘iston Avtonom Respublikasida yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |