Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
41
bog‘lanadi. Chunki tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til
tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi
bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi
vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni
o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday
aloqalar mavjud.
Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U
inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini
taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika
bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va
so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir
kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning
shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir.
Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun
umuniy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-
tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan
o‘z grammatikasiga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan
grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan
o‘rganadigan obyektining tabiati asos qilib olinadi.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi
va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini
e’tiborga olganda, til-ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun
xizmat qiladi. Ikkinchidan ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan til
muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi.
Uchunchidan Til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni,
shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va
tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana
shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin
bo‘ladi. To‘rtinchidan til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi
hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi. Ana shu
xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani bilan
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
42
umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi.
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi.
Demak, til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni
ifodalab bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira
olmaydi.
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongingizda paydo
bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har
qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali voqe
bo‘ladi.
Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos
bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan
bog‘liqdir.
Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa
deb tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar
miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni
so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari
bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun
ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, tafakkur
mantiq ilmining o‘rganish ob’yektidir.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud ,
o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til
ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida
shakllangan .
Til birliklari - fonema , morfema, so‘z , gap bir butun holda ,
mantiqiy tushunchalar (his-sezgi , idrok , tafakkur ) bilan uzviy
bog‘liqdir .
Do'stlaringiz bilan baham: